Davlatiy moliya


vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni 
optimallashtirish; 

aktivlar qiymatini baholash; 

portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. 
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Moliya”ning mustahkam 
poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element larning yadrosi qator 
tub qonunlar va prinsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida 
qo‘llaniladi. 
“Moliya” fanining nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda 
yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan 
amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga 
ega bo‘lmoq lozim: 
1. “Moliya” fanining ta’rifi nimalardan iborat? 
2. Nima uchun “Moliya” fanini o‘rganish kerak? 
3. “moliya” fani olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” kuchlar kim 
(nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli 
ko‘rinishlari mavjud? 
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish 
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi: 
1. “Moliya” fani ta’rifi va uni o‘rganishning zarurligi; 


10 
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar; 
3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
Shaxslarning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi 
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga moliya 
deyiladi. 
Demak, “Moliya” shaxslarning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul 
resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. 
Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:
a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan
b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na 
boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni 
ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona 
anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz 
shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha 
yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak 
daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
“Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy 
tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-
kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan 
iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha 
darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga 
hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan. 
“Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar 
talabalarga 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin