346
Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi
byudjetga qaytarilishi kerak.
O‘tkazib beriladigan daromadlar.
Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar
hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan daromadlar
ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha ma’muriy-
hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib berilishi mumkin.
O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
−
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi
byudjetlarga – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining
asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va
shaharlar byudjetlariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga
tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning hamda ular
tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar
va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o‘tkazib
beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o‘tkazib
beriladigan
daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo‘lgan
daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
O‘tkazib beriladigan daromadlarni o‘tkazish ular bo‘yicha haqiqatda tushgan
tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‘lmagan miqdorda
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: