350
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy
parametrlari tasdiqlanayotganda;
−
tumanlar va shaharlar byudjetlari uchun – Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Yil mobaynida aylanma kassa mablag‘laridan jalb qilingan summalar yil
oxirigacha tiklanishi lozim. Aylanma kassa mablag‘larining
yil oxiridagi miqdori
belgilangan summaga mos kelishi kerak.
Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag‘lari:
−
tegishli byudjetlarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larning yil
boshidagi qoldiqlari;
−
joriy yilning birinchi – uchinchi choraklari yakunlari bo‘yicha daromadlar
prognozining oshirib bajarilishi summalari hisobidan to‘ldiriladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlarining manbalari yetarli bo‘lmaganda tumanlar
va shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablag‘larini to‘ldirish to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari tomonidan qaror qabul qilinishi mumkin.
3.
Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadliligini tartibga solishda
Dostları ilə paylaş: