Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Birinchidan
, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda barqarorlikni 
ta’minlash, mahalliy hukumat organlarining soliqlarni yig‘ish, soliq bazalarini 
kengaytirish, byudjetga tushumlar yuzasidan boqimandalarni kamaytirishga bo‘lgan 
manfaatdorligini oshirish maqsadida tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning 
ma’lum davr mobaynida (3-5 yil ichida) o‘zgarmaydigan, barqaror, yagona 
normativlarini o‘rnatishni amaliyotga tadbiq etish lozim. 
Ikkinchidan
, xarajatlar bo‘yicha vakolatlarning aniq chegaralanmaganligi bois 
ko‘pchilik xarajatlarni amalga oshirish mahalliy hududlar zimmasiga tushadi, natijada 
ko‘zlangan xarajatlarni to‘liq va samarali moliyalashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, 
yuqoridan mahalliy byudjetlarning shakllanishi va ijro etilishi ustidan qattiq nazorat 
o‘rnatilgani bilan mahalliy ijroiya organlarning mas’uliyati va javobgarligi pasayadi. 
Uchinchidan,
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga 
olgan holda yagona uslubiyot bo‘yicha byudjet transfertlarini qo‘llash, mahalliy 
byudjetlarni gorizontal va vertikal muvofiqlashtirish, quyi byudjetlar uchun yuqori 


356 
byudjetlardan moliyaviy resurslarni undirib olish amaliyotidan voz kechish, bundagi 
subyektiv omillarni bartaraf etish. 
Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlarni yaxshilash, byudjetga 
tushumlarning barqarorligini ta’minlash, mahalliy byudjetlar daromadlarini va 
daromad 
bazalarini 
mustahkamlash, 
byudjetlararo 
transfertlar 
tizimini 
takomillashtirish borasidagi horijiy tajribani o‘rganish va uning ijobiy jihatlarini 
O‘zbekiston byudjet amaliyoti sharoitiga mos holda tadbiq etish masalalari bugungi 
kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. 
21-MAVZU: BYUDJET JARAYONI 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin