366
normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan
xizmatlarning birligiga to’g’ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi
yotadi. Natural birlikni normativga ko’paytirib
har bir bosh taqsimlovchi,
taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo’yicha mablag’ xarajatlarining
summasi aniqlanadi.
ekstrapolyatsiya usuli – unga ko’ra oldingi yillarning hisobot
ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko’rsatkichlar
aniqlanadi va ular
kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi.
3.
Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash
(qabul qilish)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan taqdim etilgan
byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi
yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin
quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda)
alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan
shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat
byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda
o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat
byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan
so’ng, har ikki palata o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha
kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti
to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti
loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan
iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish) da
davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat
byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan
taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi
nazarda tutiladi
103
.
103
Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari
davlat byudjeti loyihasida ko’zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo’yicha
takliflar kiritish
huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning
ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat
byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko’rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul
qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi.
Bunda mamlakat
367
Davlat byudjeti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
asosiy mak-roiqtisodiy
ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga
doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng
Dostları ilə paylaş: