Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

joriy yilning 15 
iyunigacha
taqdim etadi. 
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respub-likasi byudjetining, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarining loyihalari: 

tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim-liklari tomonidan 
belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 
25 iyunidan kechiktirmay


Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg’armalarini 
taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
joriy yilning 
1 iyulidan kechiktirmay
taqdim etiladi. 
Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar 
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan: 
Davlat byudjeti daromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan 
daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspektsiyalari, 
hokimlik-larning bo’limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman 
hamda shahar bo’linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini 
rivojlantirish-ning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim 
etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti xarajatlari qismi bo’yicha
tumanlar va shaharlar byudjet-laridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti 
tashkilot-lari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti 
so’rovlari asosida ishlab chiqiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari 
tomonidan davlat byudjetiningdaromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga 
kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq 
boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respubli-
kasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo’linmalari 
tomonidan 
ma’muriy-hududiy 
birlik 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa 
axborot asosida, davlat byudjetiningxarajatlari qismi bo’yicha Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, 
Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti 


364 
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti 
so’rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari, 
shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan 
moliyalashtiri-ladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan 
hajmi asosida ishlab chiqiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan:

makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; 

daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti 
daromadlari prognozi;

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning davlat byudjeti 
so’rovlari va O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim 
tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromad-larning prognoz 
qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan 
miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda 
tutiladi. 
Davlat byudjetining loyihasi: 

Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va 
yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari progno-zidan; 

Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash 
manbalaridan tarkib topadi.

Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab 
chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar 
manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan 
tarkib topadi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin