359
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining
loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari va
kelgusi moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
prognozlari asosida tuziladi.
Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo’yicha ishlar yangi davlat byudjeti
yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada
– 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi.
Uning
loyihasini tuzish ijroiya hokimiyat organlari, odatda,
Moliya vazirligi tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organ-lar quyidagilardir
101
:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari
va idoralar, mahal-liy davlat hokimiyati
organlari,
byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taal-luqli
qismi bo’yicha.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbe-kiston
Respublikasi
Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat
byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini qabul qilish to’g’risida
taklif kiritishga haqli.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’arma-lari byudjetlarining
loyihasini tuzish
102
:
davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini yuborishni;
davlat byudjeti so’rovlarini hamda asosiy makroiq-tisodiy ko’rsatkichlar
prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish va
jamlashni;
byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi
.
Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat ijroiya
hokimiyati boshlig’ining kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning
umumiy yo’nalishlari muammolari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi.
Masalan, AQShda Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma
bilan murojaat qilib,
unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi
.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da quyidagi
maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi:
101
“O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”. 84 modda. T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
102
“O‘zbekiston Respublikasi “Byudjeti kodeksi”. 83 modda. -T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
360
iqtisodiyotning
samaradorligini
oshirishda
byudjet-ning
faol
ta’sirchanligini ta’minlash;
moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur-
bashoratlari bilan muvofiqligiga
erishish;
mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklar o’rnatish;
davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili
Dostları ilə paylaş: