Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

REJA: 
1.
 
Davlat 
byudjeti 
jarayoni: 
ta’rifi, 
bosqichlari, 
vazifalari, 
ishtirokchilari va prinsiplari.
 
2.
 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish. 
3.
 
Davlat byudjetini muhokama qilish va tasdiqlash.
4.
 
Davlat byudjetini ijro etish. 
5.
 
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlash.
 
1.
 
Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, ishtirokchilari 
va prinsiplari
 
Davlat byudjeti
 
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, 
qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, davlat 
byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va 
tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga 
davlat byudjeti 
jarayoni 
deyiladi
100
 
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, tegishli 
organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari talablari bilan 
belgilanadi. Shuning-dek, davlat byudjeti jarayonining mazmunini belgilashda 
byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, 
mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to’rt 
bosqichini o’z ichiga oladi: 

davlat byudjeti loyihasini tuzish; 

byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash; 

byudjetni ijro etish; 
100
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.


357 

davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni 
tasdiqlash. 
Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning
barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga 
yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish va 
tasdiqlashga, bir kalendar yili (1-yanvardan 31-dekabrgacha) byudjetni ijro 
etishga (davlat byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetiningijrosi 
to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi: 

muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida 
barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; 

alohida soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga muvofiq davlat 
byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash; 

maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek, byud-jetda ko’zda 
tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz 
moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari va 
ularning umumiy hajmini belgilash (o’rnatish); 

iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit tanazzulini 
bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan 
moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy dasturini davlat byud-jeti bilan 
muvofiqlashtirish; 

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan davlat 
byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish; 

iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida davlat 
daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi 
byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga 
oshirish; 

keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va 
proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetni 
rejalashtirishning rolini oshirish; 

soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqaro-lar daromadlari va 
yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash; 

zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida 
va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni 
tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar. 
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari quyidagilar 
hisoblanadi: 


358 

mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari; 

ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori 
mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya 
organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug’ullanadigan organlar 
va boshqa vakolatli organlar); 

pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; 

davlat va mahalliy nazorat organlari; 

davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari; 

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar. 
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya 
qilinadi: 

yagonalik; 

mustaqillik; 

balans usuli. 
Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolida-tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda 
zarur bo’ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti 
hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi. 
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir 
ishtirokchisi uchun mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga 
muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o’z va tartibga soluvchi 
manbalari hamda ulardan foydalanishning yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash 
huquqiga egadirlar. 
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida 
to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya qilinishi davlat 
byudjetining barqa-rorligini va xo’jalik sohalari o’rtasida mablag’larni 
taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti 
davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni 
yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin