o’n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar
mavjud bo’lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo’lgan, davlat byudjeti
daromadlarining tegishli o’sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish
to’g’risida, shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlari pasaygan hollarda
xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga
— tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari
hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan
hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to’g’risida.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora-qalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va
davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin
uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko’rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga
olgan holda yangilangan davlat byudjeti so’rovlarini taqdim etishi shart.
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovlari:
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan,
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya
organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga
— joriy yilning
1-iyuligacha'>1-iyunigacha ;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning
1-iyuligacha ;
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning
1-iyuligacha taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar
363
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadla-rining prognozi
bo’yicha takliflarni O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligiga va davlat
maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlarga —