Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

bir haftalik muddatda
yetkazadi. 

Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va 
shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va shaharlar 
byudjetlaridan moliya-lashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat 


369 
byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan 
ajratiladigan mablag’larning hajmlarini 
bir haftalik muddatda
yetkazadi. 
4.
 
Davlat byudjetini ijro etish
Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan 
va mamlakat Prezidenti imzola-gandan so’ng boshlanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi ijroiya organlari va mahalliy o’zini o’zi 
boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi 
tartibini tashkil qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o’z ichiga davlat 
byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajari-lishini qamrab oladi. 
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik xarakterga ega 
bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning yoppasiga hamda har bir 
manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi 
tomondan esa, davlat byudjeti tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida 
byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalash-
tirilishni taqozo etadi. 
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va 
samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag’larni sarflashda 
iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to’liq jalb qilinishidan 
manfaatdordir. 
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalarning hal 
etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim: 

davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish; 

davlat byudjeti mablag’larini sarflash; 

qabul qilingan davlat byudjeti bo’lmagan taqdirda byudjetni ijro etish; 

byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish; 

davlat byudjetini belgilangan parametrlar doira-sida ijro etish; 

davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini bosh-qarish; 

davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash; 

davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish. 
Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli 
bo’linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo’mitasi hamda Davlat bojxona 
qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, 
bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo’lgan Davlat 
G’aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o’ynaydi. 
Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha quyidagilarni 
amalga oshiradi: 

davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish; 


370 

davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byudjeti to’g’risidagi 
qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum muddat davomida 
xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga 
solish; 

ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni 
amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish; 

byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga oshirish; 

boshqa funksiyalar. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va 
qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya 
yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun davlat 
byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi 
ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini 
belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi g’aznachilik ijrosi 
asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin