Davlatiy moliya


Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi -



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi -
Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, davlat byudjeti 
tashkilot-larining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushum-larini yagona 
g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan 
amalga oshirishni nazarda tutadi.
Yagona g’azna hisobvarag’i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga davlat 
byudjeti tizimi byudjet-larining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi 
hamda undan mazkur byudjetlarning xarajatlari to’lanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va 
boshqa banklarda o’zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g’azna 
hisobvarag’i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag’larning so’zsiz 
tartibda hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatilganligi uchun haq 
olinmaydi. 
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo’yicha ochiladi: 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daraja-lari bo’yicha shaxsiy g’azna 
hisobvaraqlari; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’arma-larining daromadlari 
bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari; 


371 

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning 
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari. 
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo’yicha shaxsiy g’azna 
hisobvaraqlari: 

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo’yicha — 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byud-jeti, viloyatlarning 
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bo’yicha — 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; 

tumanlar va shaharlar byudjetlari bo’yicha — tumanlar va shaharlar 
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan; 

davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari bo’yicha — davlat 
maqsadli jamg’armalarini 
taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi. 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari 
bo’yicha shaxsiy g’azna hisob-varaqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan ochiladi.: 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning shaxsiy 
g’azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, 
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalash-
tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari 
oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya 
boshqarmalari 
tomonidan, 
tumanlar 
va 
shaharlar 
byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari 
oluvchilarning 
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari tumanlar va shaharlar 
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan ochiladi. 
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat byudjetining 
mablag’lari G’aznachilikning
balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bu 
hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit tashkilotlarida joylashgan. G’aznachilik 
tizimi
davlat byudjeti mablag’lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini 
ta’minlaydi. Bu prinsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti 
defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda ko’zda tutilgan 
barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat byudjetining yagona hisobvarag’idan 


372 
amalga oshiri-lishini taqozo etadi. Mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha 
darajalarining byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat byudjetiningdaromadlar bo’yicha ijro etilishi quyidagilarni ko’zda 
tutadi: 

daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobvarag’iga o’tkazish va 
yozish; 

tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi (soluvchi) 
daromadlarni taqsimlash; 

byudjetga ortiqcha to’langan daromadlar summasini qaytarish; 

davlat byudjeti daromadlarini hisobga olish va daromadlar to’g’risida 
hisobot tuzish. 
Xarajatlar bo’yicha byudjetlar ijrosi davlat byudjetining yagona hisobvarag’ida 
davlat byudjeti mablag’larining haqiqatda mavjudligi doirasida hamda 
moliyalashtirish va sanktsiyalashtirishning (sanktsiya qo’llashning)
ketma-ket 
majburiy amalga oshiriladigan tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi davomida sanktsiyalashtirishning
asosiy 
bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: 

davlat byudjeti xarajatlari ro’yxatini tuzish va tasdiqlash; 

davlat byudjeti mablag’lari to’g’risidagi xabarnomani tasdiqlash va ularni 
davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar hamda taqsimlovchilarga yetkazish, 
shuningdek, davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’larini 
taqsimlovchilarning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash; 

davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari to’g’risidagi xabarnomani 
tasdiqlash va uni davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar va taqsimlovchilarga 
etkazish; 

davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning pulli majburiyatlarini qabul 
qilish. 
Byudjetni xarajatlar bo’yicha ijro etish har bir bosh taqsimlovchi (quyi 
idoralar va davlat byudjeti mablag’-larini oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti 
mablag’larini taqsimlash huquqiga ega bo’lgan davlat hokimiyati organlari) va 
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar (idoraviy belgisi bo’yicha davlat 
byudjeti mablag’larini oluvchilarga davlat byudjeti mablag’larini taqsimlash 
huquqiga ega bo’lgan davlat hokimiyati organlari yoki mahalliy o’zini-o’zi 
boshqarish organlari) uchun G’aznachi-likning yagona hisob registrida 
ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. 
G’aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daromadlar va davlat 
byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlar bilan bog’liq bo’lgan 
barcha operatsiyalarni, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish 
va sanktsiyalashtirishni
o’zining Bosh daftarida qayd etadi. 


373 
Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa to’lovlarni 
byudjetga undirish bilan shug’ullanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo’mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi hamda ularning 
quyi organlari ta’minlaydi. 
Moliyaviy yil joriy yilning 31-dekabrida nihoyasiga etishi kerak. Davlat 
byudjeti majburiyatlarining limitlari ham o’zlarining harakatini 31-dekabrda 
to’xtatadi. Odatda, 25-dekabrdan so’ng pulli majburiyatlarning qabul qilinishiga 
yo’l qo’yilmasligi kerak. Davlat byudjetiningijrosiga oid foydalanilgan 
hisobvaraqlar 31-dekabrda yopilishi zarur. 
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning daromadlarini 
shakllantirish O‘zbekiston Respubli-kasining “Byudjeti kodeksi”, “Soliq kodeksi”, 
“Bojxona kodeksi” va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bunda hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning 31-dekabrigacha davlat byudjetiga 
to’lanmagan daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga o’tkazilishi kerak. 
Tasdiqlangan davlat byudjeti mablag’lari doirasida va xarajatlar smetasiga 
muvofiq davlat byudjeti mablag’lari davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar 
tomonidan moliya yili mobaynida bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini 
muayyan davrga va tegishli summaga rasmiylashtirish yo’li bilan: 

Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – tegishli moliya organlari tomonidan 
sarflanadi. 
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va 
hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilanadi. 
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi 
davlat byudjeti mablag’lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa 
mablag’i me’yorini shakllantirishga yo’naltirilishi kerak. Qoldiqlarning aylanma 
kassa 
mablag’i 
me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli 
hokimliklarning qaroriga ko’ra qo’shimcha xarajatlarni moliyalashtirishga 
yo’naltirilishi mumkin. 
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag’lari 
qoldiqlari olib qo’yilmasligi va davlat byudjeti tashkilotlarining maxsus 
mablag’lari hisobvaraqlariga o’tkazilmog’i lozim (kapital qo’yilmalarini 
moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno). Davlat 


374 
byudjeti tashkilotlarining maxsus mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko’ra yil boshlan-gunga qadar kelgusi 
moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi mumkin. U holda davlat 
byudjeti qabul qilin-gunga qadar bo’lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga 
rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin: 

boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat byudjeti mablag’larining 
avvalgi moliya yili so’nggi 3 oyining uchdan bir qismidan ortiq bo’lmagan 
miqdorlarda har oyda amalga oshirilmog’i lozim; 

avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari amalga 
oshirilmasligi kerak; 

avvalgi moliya yilida amalda bo’lgan soliqqa tortish va majburiy 
to’lovlarni to’lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga qadar o’z kuchini 
yo’qotmasligi zarur. 
Yuqoridagilarni inobatga olib aytish mumkinki, davlat byudjetidan moliya 
yili boshlanganidan keyin qabul qilingan xarajatlarning umumiy summasi moliya 
yili 
davomida 
qabul 
qilingan 
davlat 
byudjeti 
ko’rsatkichlariga 
muvofiqlashtirilishi kerak. 
Ba’zi hollarda davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan 
mablag’larga o’zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin. Bunday 
vaziyatda byudjetdan ajratiladigan mablag’larga moliya yili mobaynida 
o’zgartirishlar kiritish bir davlat byudjeti mablag’larini oluvchi uchun davlat 
byudjeti mablag’larining kamaytirilishi boshqa davlat byudjeti mablag’larini 
oluvchisi uchun davlat byudjeti mablag’larining tegishli ravishda ko’paytirilishini 
nazarda tutgan tartibda:
1) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmining 10% ga 
qadari: 

davlat byudjetida ko’rsatilgan davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar 
uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; 

Respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
mablag’larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar uchun – 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya 
organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 


375 
Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo’yilmalar moddalari bundan 
mustasno); 
2) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmining 10% dan 
ortig’i:

davlat byudjetida ko’rsatib o’tilgan davlat byudjeti mablag’larini 
oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan; 

Respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
mablag’larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar uchun – tegishli 
moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda 
joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo’yilmalar 
moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi. 
Davlat byudjeti mablag’ini oluvchining so’roviga binoan moliya yili uchun unga 
nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ayrim moddalar bo’yicha 
(kapital qo’yilmalar moddalari bundan mustasno) byudjetdan ajratiladigan 
mablag’lar teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur mablag’larni oluvchi uchun 
nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning umumiy hajmi saqlab 
qolingan holda dastlabki hajmining 10% ga qadar kamaytirilishi mum-kin. Bu holda 
byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar: 

Respublika byudjetidan ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lariga – 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan 
ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lariga – O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. 
Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish alohida 
ahamiyatga ega. Shu sababli, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi 
va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari davlat byudjeti 
taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib 
ketishiga olib keladigan bo’lsa, davlat byudjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki 
xarajatlarini oshiruvchi biror-bir harakat qilishga haqli emaslar. Shunga mos 
ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar 
qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo’yicha davlat 
byudjeti daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqal-pog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik 


376 
organining qarori, agar unda boshqa turlar bo’yicha daromadlarni ko’paytirish va 
(yoki) davlat byudjeti xarajatlarining tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak 
bo’lgan moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga 
kiritilishi mumkin. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qabul 
qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli davlat byudjeti xarajatlari 
qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko’payishiga olib keluvchi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik 
organining qarori qabul qilishda hosil bo’ladigan ortiqcha mablag’lar mazkur 
qaror qabul qilingan darajadagi byudjetga mablag’larni qayta taqsimlash uchun 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qo’yiladi. 
Agar davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili davomida davlat 
byudjetidan olingan davlat byudjeti mablag’larini ko’paytirish (kamaytirish) 
to’g’risida qaror qabul qilinadigan bo’lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya 
organlari tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmiga o’zgarishlar kiritilishi 
mumkin. Xarajatlarni ko’paytirish yoki qisqartirish byud-jetlar o’rtasida o’zaro 
hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. O‘z navbatida, byudjetlar 
o’rtasida o’zaro hisob-kitob o’tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Soliqlar va davlat byudjeti to’lovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan 
ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlarga tasdiqlangan ko’rsatkichlardan tashqari tushgan 
qo’shimcha daromadlar aylanma kassa mablag’i me’yori tasdiqlanganidan kam 
bo’lmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan byudjetdagidan 
tashqari xara-jatlarga yo’naltirilishi mumkin. Ushbu masalaga doir tegishli
qarorlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar 
tomonidan qabul qilinadi. 
Davlat byudjeti ijrosini ta’minlashda davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlarini boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari davlat byudjeti va uning tuzilmasiga 
kiruvchi byudjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida 
bajarilishi uchun javobgardir. Shuning uchun ham davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi.
Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va davlat 
byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan 
chegara miqdoridan oshadigan bo’lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi davlat byudjetining xarajatlarini alohida moddalar bo’yicha 


377 
qisqartirish to’g’risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston 
Res-publikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi. 
Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi 
vaqtinchalik tafovutni to’g’rilash maqsadida moliya yili davomida ularga tegishli 
byudjetlardan davlat byudjeti ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat byudjeti 
ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Shuningdek, turli darajadagi byudjetlarning 
daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni moliya yili davomida 
aylanma kassa mablag’i me’yori hisobiga, uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan 
hajmga qadar tiklagan holda, davlat byudjeti mablag’larining foydalanilmagan 
qoldiqlari hisobiga va qonun huj-jatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa 
muddatli qimmatli qog’ozlarini chiqarish hisobiga ham qoplash mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari 
davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishini amalga oshirish davomida: 

turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi; 

turli darajadagi byudjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va 
bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlardan 
axborot oladi; 

davlat byudjeti mablag’larini oluvchilardan byudjetdan ajratiladigan 
mablag’larning tushumi va sarfi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib, oladi; 

qonun hujjatlariga muvofiq banklardan davlat byudjeti mablag’lari 
harakati to’g’risida ma’lumotlar oladi; 

davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliya-xo’jalik faoliyatini o’z 
vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o’tkazadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida davlat 
byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan 
yakunlarini ko’rib chiqadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin