Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
Bu yerda: 
N
– aylanma mablag’larning normativi; 

– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; 
U
– o’rtacha interval uzoqligi; 

– aylanma mablag’ birligining bahosi. 
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 
kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so’mga teng 
bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 
10 x 20 000) teng bo’ladi. 
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar 
o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali 
aniqlanishi mumkin: 
𝑵 =
𝑬 ∗ (𝑼
𝟏
+ 𝑼
𝟐
)
𝟐
∗ 𝑩
 
Bu yerda:
𝑵
– aylanma mablag’larning normativi; 
𝑬
 
– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; 
𝑼
𝟏
+ 𝑼
𝟐
 - 
navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning kunlardagi uzunligi; 
𝑩
 
– aylanma mablag’ birligining bahosi. 
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida
hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha 
xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil 
bo’ladi. 
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari 
bo’yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga 
olib o’rnatiladi: 

transport zaxirasi; 

tayyorlov zaxirasi; 

texnologik zaxira; 


449 

joriy zaxira; 

sug’urta zaxirasi. 
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni 
to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov 
zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-
plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu 
zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik 
zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida 
hisoblanadi. 
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni 
navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha 
kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi 
uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab 
chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. 
Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini 
(ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta 
zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul 
qilinadi. 
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov 
zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining 
summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma 
(me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
𝑵 = 𝑿
𝟎
∗ 𝑼 ∗ 𝑲

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin