“Defektologiya” yo'nalishi 11-guruh tinglovchisi Tosheva Nasiba Chinpo'latovnaning Sigmatizm –turlari va bartatraf etish metodikasi



Yüklə 487,32 Kb.
səhifə3/6
tarix13.02.2023
ölçüsü487,32 Kb.
#84109
1   2   3   4   5   6
Nasiba Tosheva slayd

SH va J tovushlari
SH , shovqinli, sirg’ aluvchi til oldi tovush . Bu tovushni talaffuz etayotganda lablar biroz cho’ chchayadi, yuqori va pastki tishlar bir-biriga yaqinlashadi, til uchi muallaq holatda bo’ lib, salgina qisqaradi va yozilib tepa tishlarga tomon ko’ tariladi. Pastki jag’ esa jipslashadi. Til uchi va tishlar oralig’ idan sirg’ alib chiqqan havo to’ lqini sh tovushini vujudga keltiradi.
J , tovushini talaffuz etayotganda pastki tishlar qatori biroz pastga tushiriladi, til uchi tanglay tomon ko’ tariladi, ovoz paychalari esa jipslashgan holatda bo‘lib yengil titraydi.
Sigmatizm turlari
Sirg’ aluvchi va shovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar sigmatizm,
sirg’ aluvchi tovushlarni shovqinli yoki boshqa tovushlarga almashtirilishi parasigmatizm deb yuritiladi.
Sigmatizmning quyidagi turlari mavjud:
  • Tish aro sigmatizm. Bunda sirg’ aluvchi va shovqinli tovushlarini talaffuz etishda tilning uchi yuqori va pastki tishlarning orasida bo’ ladi.
  • Lab-tish sigmatizmi. Sirg’ aluvchi va shovqinli tovushlar f va v tovushlariga o’ xshab talaffuz qilinadi. Bunda nutq a’zolari quyidagi holatda

  • bo’ ladi: pastki lab yuqori tishlarga tomon ko’tarilib, havo okimi yo’ lini toraytiradi, tilning uchi esa yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatga keladi. Bunday artikulyatsion holatda f va s, v va z tovush elementlariga ega bo’ lgan tovush hosil bo’ lib, natijada noaniq, tushunarsiz, quloqqa yokimsiz tovush talaffuz etiladi.
  • Til oldi sigmatizmi. Sirg’ aluvchi tovushlar quyidagi holatda talaffuz etiladi. Tilning uchi yuqori va pastki tishlarga taqalib turadi va havo okimining tishlar orasidan o’ tishiga to’ sqinlik qiladi, natijada s, z tovushlari o’ rniga t, d tovushlari eshitiladi. Masalan, soat , toat, zina , dina. Bu nuqsonni parasigmatizm deb atasa ham bo’ ladi, chunki bunda bir tovush ikkinchi tovush bilan almashinadi.
  • SHovqinli sigmatizm. Bunda tilning uchi tishlarga tegib turmasdan og’ iz ichiga tortiladi, tilning orqa qismi esa ko’ tariladi, natijada portlash o’ rniga yumshoq sh, j tovushi eshitiladi. Masalan: soat – shoat, zanjir – janjir.
  • Yon sigmatizm. Sirg‘aluvchi yoki shovqinli tovushlar ikki xil ohangda talaffuz etiladi: tilning uchi alveolalarga taqalib turadi, tilning qolgan qismi esa qirra bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida yotadi va bir tomoni bilan orqa jag’ tishlari tomon

  • ko’ tariladi, havo okimi tilning yonidan o’ tadi, natijada yokimsiz tovush paydo
    bo’ lib, havo okimi yon tomondan chiqadi. Bu l tovushi talaffuziga o’ xshaydi. Yon sigmatizm bir tomonli yoki ikki tomonli bo’ lishi mumkin.
    6. Burun sigmatizmi. Nutqning bunday nuqsonida sirg’ aluvchi va shovqinli tovushlar talaffuzi paytida tilning orqa qismi yumshoq tanglay pastga tushishi


Yüklə 487,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin