«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-modul: Tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash 2 soat



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə107/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

4-modul: Tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash 2 soat


1. Mashg’ulot maqsadi. Tuproqning maksimal dala nam sig’imi. Kapillyar, to’liq va maksimal dala nam sig’imlari, tuproqning nam sig’imining uning mexanik tarkibiga, strukturasiga uning tuzilishiga bog’liqligi. Laboratoriya shroitida tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproqning ma’lum miqdorda o’ziga suvni singdirishi va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi.
Tuproqning eng muhim suv xossalaridan biri dala nam sig’imi bo’lib, ushlanib turgan suvning miqdoriga ko’ra: to’liq, kapillyar va maksimal nam sig’imlariga bo’linadi.
1. To’liq nam sig’imi - yer sug’orib bo’lingandan keyin tuproqning hamma bo’shliqlari, ya’ni kapillyar va nokapillyar kovakliklari suv bilan to’lgan bo’ladi.
2. Kapillyar nam sig’imi - bunda kapillyar kovakliklar suv bilan to’lgan bo’ladi.
3. Tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida ushlanib qolgan suv miqdori, uning maksimal dala nam sig’imi deyiladi.
Nam sig’imi tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Loyqa va organik modda ko’p miqdorda bo’lgan og’ir tuproqlarning nam sig’imi katta va aksincha, organik moddalari kam bo’lgan tuproqlarning nam sig’imi kichik bo’ladi. Bundan tashqari, sizot suvlarning joylashish chuqurligi ham tuproqning nam sig’imiga ta’sir etadi. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlar 1 m gacha chuqurlikda 1 ga yerga 3000-3500 m3 gacha, yengil tuproqlar 1500-1800 m3 gacha suv saqlay oladi.
O’zbekiston tuproqlari nam sig’imiga ko’ra uch gruhga bo’linadi.
1. Nam sig’imi katta bo’lgan og’ir tuproqlar.
2. Nam sig’imi o’rtacha bo’lgan o’rtacha og’ir mexanik tarkibli tuproqlar.
3. Nam sig’imi kichik bo’lgan yengil mexanik tarkibli tuproqlar.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga qaraganda suvni yaxshi o’tkazadi va nam sig’imi katta bo’ladi.
Tuproqlarning tarkibi va sizot suvlarning joylashish chuqurligiga bog’liq holda nam sig’imi bir-biridan sezilarli darajada farq qilishini qo’yidagi6-jadvaldan ham ko’rinib turibdi. Og’ir tuproqlarning nam sig’imi yengil tuproqlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Sizot suvlar yuza joylashganda tuproqlarning nam sig’imi yuqori bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotlari vaqtida tuzilishi buzilgan tuproqlar namunasi bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bu esa olingan natijalarga ta’sir etadi. Garchi bunday sharoitda tuzilishi buzilmagan tuproqqa qaraganda ancha yaxshi natijalar olinsa-da, har xil tuproqlarning farqi va struktura holatlarini taqqoslashda ular to’la qonuniy bo’ladi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dala nam sig’imini bilish katta ahamiyatga ega, chunki ekinlarni sug’orishda sug’orish me’yorlarini, sarf bo’ladigan suv miqdori ana shu nam sig’imiga qarab belgilanadi.
1-jadval

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin