«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə114/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproqning suvni kapillyar orliqlar orqali pastki qavatlaridan yuqoriga ko’tarish xususiyatiga suv ko’tarish xususiyati deb ataladi. Suv ko’tarish xususiyati kapillyar namlikning ko’tarilish balandligi va uning harakat tezligi bilan ifodalanadi va sm/sek yoki sm/min bilan belgilanadi.
Tuproqning suv ko’tarish xususiyati qishloq xo’jaligida ikki tomonlama ahamiyatga ega, chunki o’simliklar ildizi sarf qiladigan suvning to’ldirilib turishiga va tuproqning bug’latish xususiyatiga bog’liq.
Tuproq zarrachalari qancha kam va tuproq qancha kukunlangan bo’lsa, uning suv ko’tarish kuchi shuncha yaxshi seziladi - kapillyar namlik yuqoriga ko’tariladi. Yirik kovakli va donador tuproqlarda suv tez, lyekin kichik balandlikka ko’tariladi. Strukturali tuproqlarda strukturasiz tuproqlarga qaraganda suv syekin ko’tariladi. Zich tuproqlarning suv ko’tarish xususiyati kovak tuproqlarnikiga qaraganda kuchli bo’ladi.
Tuproqning harorati ko’tarilishi bilan suvning kapillyarlardagi harakati kuchayadi, ko’tarilish balandligi esa pasayadi. Suvning kapillyarlarga ko’tarilishi nam tuproqda quruq tuproqdagidan yuqori bo’ladi.
Tuproq mayda zarrachalarining quyqalashib qolishiga sabab bo’ladigan Sa, Mg tuzlari uning suv ko’tarish xususiyatini pasaytiradi.
Na, K, NH4 tuzlari tuproq strukturasini buzib, uni mayda zarrachalarga aylantiradi.
Namlikning xar xil shakllari orasida kapillyar namlik ekinlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki u tuproq yuzasidan nam bug’lanib ketishi va o’simliklar traspirasiyasiga qarab tuproqning pastki qatlamlaridan yuqoriga ko’tarila boradi.
Tuproqning suv ko’tarish xususiyatini o’rganishga oid tajribalar o’tkazish uchun olingan tuproq xillari va fraksiyalarning soniga qarab talabalar kichik gruhlarga bo’linadi.
3. Ishning bajarish tartibi:
Balandligi 20 sm, diametri 1 sm bo’lgan shisha naylar (tuproq fraksiyasiga qarab) olinadi va uchiga doira shaklli filtr qogoz bilan doka bog’lab qo’yiladi.
mm. li qogoz va mum qalam yordamida nay 2 sm. dan qilib bo’laklarga bo’lingan.



1-rasm. Tuproqning suv ko’tarilish xususiyatlarini aniqlash uchun asbob.

Har bir naychaga tuproq yoki qum solinadi, yumshoq narsaga bir necha marta urib bir tekis joylashtiriladi. So’ngra ular shtativga o’rnatiladi va vannachalardagi suv yuzasiga tushiriladi.


Tajriba boshlangan vaqt belgilab qo’yiladi. Suv tuproqni kapillyar xo’llab, belgilangan bo’lakka etgan vaqt aniqlanadi va natijalar 10-jadvalga yozib qo’yiladi.
Tuproq bir tekis ho’llanmaganda kapillyar ko’tarilishning o’rtacha kattaligi topiladi.
Kuzatish 30 minut davomida olib boriladi va qo’yidagi formulaga muvofiq har bir 2 sm bo’lak uchun shu jumladan: 1) boshlang’ich (birinchi bo’lak uchun); 2) oxirgi (oxirgi bo’lak uchun) va 3) o’rtacha (barcha bo’laklarning yig’indisidan) ko’tarilish tezligi hisoblab chiqiladi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin