Tuproqning yopishqoqligini aniqlash:
Yopishqoqlik-nam holatdagi tuproqning qattiq jismlar yuzasiga yopishish xususiyatidir. U tuproqning mexanikaviy tarkibiga va namligiga bog’liq. Yopishqoqlik yerni ishlash sifatiga ta’sir etadi. Uning son qiymati tuproqdan metall diskni ajratib olish uchun zarur bo’lgan yuk massasi bilan ifodalaniladi.
2-rasm. Tuprok yopishkoqligipi aniqlash uchup I. A. Kachinskiy asbobi.
Tuproqning yopishqoqligini taroziga o’xshash I.A.Kachinskiy asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun tekshiriladigan tuproq namunasi chap tomondan disk ostiga qo’yiladi, disk tuproqqa yaxshi tegib turishi uchun unga yuk qo’yiladi va bir minutdan keyin olinadi. Tarozining o’ng pallasidagi tegelchaga disk tuproqdan ajralmaguncha asta syekin qum solinadi. Yopishqoqlik g/sm2 larda ifodalanadi. Keyin grammlarda ifodalangan barcha qumni kvadrat santimetrlarda ifodalangan disk maydoniga taqsimlash kerak. Aniqlash natijalari 13-jadvalga yozib olinadi.
2-jadval
Tuproqning yopishqoqligini aniqlash
Dostları ilə paylaş: |