«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


) ochiq zovurlar- ochiq bo’ylama chuqurlar orqali sizot suvlarining chiqishi



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə91/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

1) ochiq zovurlar- ochiq bo’ylama chuqurlar orqali sizot suvlarining chiqishi.
2) yopiq zovurlar- yopiq quvurlar orqalisizot suvlarni chiqarish.
3) Tik (vertikal) zovurlar- maxsus quduqlardan sizot suvlarni nasosla yordamida tortib chiqarish.


4) Aralash zovurlar – ochiq yoki yopiq zovurlarga qo’shimcha o’rnatilgan tik quduqlar va ulardan cizot suvlarni tabiiy bosim bilan chiqishi.
2. Ochiq gorizontal zovurlar asosan O’zbekistonning eskidan sug’orilib kelinayotgan yerlarida mavjuddir. Ochiq zovurlar bir-biriga tutashgan ma’lum chuqurlikda va ma’lum masofada qazilgan kanal-chuqurlar yoki meliorasiya inshoatlaridir. Bunday zovurlar loyiqali va loyiqasiz bo’lishi mumkin. Loyiqali zovurlar tekis yerlarda, loyiqasiz zovurlar esa adir yoki relyefi notekis bo’lgan yerlarda qo’llaniladi. Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo’ladi:
Guruh zovurlari, Yig’ish zovurlari,
Kollektorlar, Bosh ( magistral) kollektorlar.
Zovur va kollektorlardan yig’ilib chiqqan suvlar magistral yoki bosh kollektorlarga , ulardan suv qabul qilgich (vodopriyemnik)larga (dengiz, daryo, ko’l va hokazo) oqiziladi.
Ochiq zovurlar ekskovatorlarda qaziladi. Kovlashda zovurlar nishabligi (0,001-0,002), ularning qdyaligi hamda tuproqning mexanik tarkibi hisobga olinadi. Agar tuproqning tarkibi og’ir soz bo’lsa 1:0,5; o’rtacha bo’lganda 1:1 va yengil tarkibli bo’lganda 1:1,5 nisbatda bo’ladi. Shu tarkibda kovlanganda zovurlardan oqayotgan suvning tezligi 0,25-0 40 m/sek zovurning nishabi esa0,001-0,002 dan kam bo’lmasligi kerak.
Zovurga tuproq tushmasligi uchun uning qiyaliklari to’g’ri tanlab olinishi kerak. Qiyaliklar haddan tashqari tik olinsa, tuproq qulab zovurga tushadi, juda yotiq qilib olinganida esa yer ishlari ko’payib ketadi.Zovur tasirida sizot suvlar sathi pasayadi. Lekin pasayish tezligi zovurdan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Shuning uchun sizot suvining sathiparabola shaklida- zovurga tomon egilgan bo’ladi. Bu turdagi egrilik sizot suvlarining depression egriligi deyiladi.
Sizot suvlarining gidrodinamik bosimi ostida zovurga suv yig’iladi. Shuning uchun sizot suvlarining sathi zovur tubidan baland turgan vaqtdagina zovurga suv yig’iladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin