ListBox komponenti ro‘yxat va massiv ko‘rinishidagi ma’lu-
motlarni ekranda aks ettirishda ishlatiladi. Ma’lumotlarni kiritishda
esa Edit komponentasidan foydalaniladi. ListBox komponentasi
Standart komponentalar palitrasida joylashgan bo‘lib. u ko‘rinish-
dagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan ro‘yxat
uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalari aniqlanadi.
Uning ayrim asosiy xossalari:
Items —ro‘yxat
elementlarini beradi;
Sorter — ro'yxat elementlarini alfavit bo'yicha avtomatik
ravishda tartiblaydi;
Clear —barcha ro‘yxat elementlarini o‘chiradi.
ComboBox kom ponenti ro'yxat va massiv ko'rinishdagi
ma’lumotlami ekrandan kiritish uchun ishlatiladi. U ListBox va Edit
komponentalarining birgalikdagi ishini bir o‘zi bajaradi.
Tashqi
ko‘rinishdan bu komponent oddiy Edit kiritish qatorini eslatadi. Uning
o‘ng qismida pastga belgisi bo‘lib. kiritilayotgan ma’lumotlami ko‘rib
borish mumkin. Bu komponenta Standart komponentalar palitrasida
joylashgan bo'lib, u pd ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu
tugmachani bosib formadan ro‘yxat uchun joy ajratiladi va keyin esa
xossalari aniqlanadi. Uning ayrim asosiy xossalari:
DropDownCount —ro‘yxatdagi ekranga chiqadigan ma’lumot-
lar sonini aniqlaydi. Bu xossaning boshlang‘ich qiymati 8 ga teng
boladi. Agar ekranga chiqadigan ma’lumotlar sonini 10ta
bolsin desak,
unda uning qiymatini 10 ga o‘zgartirish kerak boladi. Agar kiritilgan
ma’lumotlar undan ortiq bolsa. u holda pastga va yuqoriga siljitish
tugmachasi avtomatik ravishda paydo boladi;
Style —ro‘yxatdagi ma’lumotning ko‘rinishini tasvirlaydi;
Text —ro‘yxatdagi kiritilgan ma’lumot matn ekanini bildiradi.
M i s o 14.
Butun qiymatli A(10) massiv elementlari ichidan eng katta va eng
kichiklari topilsin. Ilovada Listbox komponentasini ishlating.
Ye ch i sh
LYangi ilova yaratamiz.
2.Formaga Standart kom ponentalar
palitrasidan Listbox
komponentasini ListBoxl nom bilan,
Edit komponentasini Editl