MainMenu — dastur bosh menyusi. Komponenta murakkab
iyerarxik tuzilmali menyu yaratish uchun xizmat qiladi.
PopupMenu —yordamchi yoki lokal menyusi. Bu menyu oynada
sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan chiqadi.
Label —metka (belgi). Bu komponenta forma oynasiga uncha
uzun bolmagan bir qatorli yozuvni chiqarishda ishlatiladi va uning
piktogrammasi panelda «A» ko‘rinishda berilgan.
Edit —kiritish qatori. Forma oynasida matnli qator kiritish va
tahrirlashda ishlatiladi.
Memo — ko‘p qatorli matn muharriri. Ko‘p qatorli matnlarni
kiritish yoki chiqarishda ishlatiladi.
Button —buyruq tugmasi (06pa6oTLiHi< c o 6 h th 3 OnClick). Bu
komponenta dasturchi tomonidan berilgan bir necha buyruqlarni
bajarishda ishlatiladi.
CheckBox —bogliq bolmagan tanlash tugmasi (nepeK Jno-H aTejit).
Dasturda bu komponentaning asosiy mantiqiy xossasi (Checked)
o‘zgartiriladi.
RadioButton —bogliq bolgan tanlash tugmasi (nepeKJHOHaTejit).
Yangi tanlash tugmasi bosilganda, oldin tanlangan tugma avtomatik
ravishda ozod etadi.
ListBox —ro‘yxatdan tanlash. Ro‘yxat variantlarini taqdim etadi
va tanlash imkonini yaratadi.
ComboBox —kiritish qatoriga ega (kom5npoBaHHbiH) ro‘yxatdan
tanlash. Ro‘yxatdan kombinatsiya qilib tanlash.
ScrollBar — yolchali boshqarish. Windows oynasi chetlaridan
gorizontal yoki vertikal yo‘lcha tashkil etadi.
GroupBox —elementlar guruhi. Ma’no bo‘yicha bir necha bogliq
komponentalami guruhlashda ishlatiladi.
RadioGroup — bogliq guruhlangan tanlash tugmalari (o‘chirib
yoquvchi tugmalar). Bir necha bogliq tanlash tugmalari xossalarini
saqlaydi.
Panel—panel. Bu komponenta xuddi GroupBoxga o‘xshab bir
necha komponentalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Actionlist — ta’sir qilish ro‘yxatlari. Foydalanuvchi dasturga
markazlashgan holda ta’sir qilishi uchun ishlatiladi.