Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə25/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

1206-1407 yillar-Osiyo va Sharqiy Yevropada tashkil topgan va chingiziylar sulolasi tomonidan boshqarilgan Mo’g’ullar davlati hukmronlik qilgan davr hisoblanadi.
1224 yilda mo’g’ullar imperiyasi 4 ta ulusga bo’lindi:
1. Jo’ji ulusi-Dashti Qipchoq.
2.Chig’atoy ulusi-Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston.
3.Xulagu ulusi-Eron.
4.Yuan sulolasi (Tuluxon avlodi)-Mo’g’uliston va Xitoy.
Chingizxonning davlat boshqaruv tizimi hamda harbiy strategiya va taktikasi.
Boshqaruvning qadimgi mo’g’ul an’analariga ko’ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo’lida bo’lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba-oltin urug’ (Altan urug’) xohishi bo’lib, bu o’z xohish-istagini shahzoda va aslzodalarning Qurultoyida ifoda etgan. Mo’g’ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish ta’qiqlangan.
Yangi hukmdorni saylaydigan mo’g’ul qurultoyi chingiziylar urug’ining yoshi eng ulug’I yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan. Belgilangan vaqt va aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-urug’lari, malikalar, obro’li-noyonlar amirlar, amaldorlar, o’zlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan yetib kelganlar.
Har bir voyaga yetgan mo’g’ul shahzodasi el va yurtga da’vogarlik qilgan. Mo’g’ul davlatida harbiy aslzodalar ko’p bo’lib, Chingizxonning o’zi ham, undan keyingi xonlar ham ularni xon va davlat oldidagi xizmatlari uchun taqdirlab turganlar. Bunday taqdirlanganlar tarxon deb atalgan.
Chingizxon qo’shinni mustahkamlash va unda tartib intizomni yo’lga qoyish maqsadida o’lim jazosi keng qo’llanilgan. Xonning buyrug’ini bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xonning buyruqlari amaldorlar tomonidan bevosita tumanbegilariga va qabila boshliqlariga yetkazilgan. Boshliqlarga boshqa boshliqqa tobe jangchilarni qabul qilish qat’iyan ta’qiqlangan. Belgilangan joyga qoyilgan har bir boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo’lgan taqdirda ham ruxsatsiz o’z joyidan keta olmas edi. Bu qonunni buzish o’lim bilan jazolangan. Maxsus buyruqsiz dushmanni talon-taroj qilish ham o’lim bilan jazolangan. U yoki bu mamlakatga urush ochish va qoshin tortib borish masalasini faqat qurultoy hal qilar edi.
Mo‘g‘ul armiyasi, azaliy, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan odatga ko‘ra o‘nlik tizimi bo‘yicha tashkil etilib, ya’ni minglik, yuzlik, o‘nliklarga bo‘lindi; Tajribali va Chingizxon shaxsan taniydigan qo‘mondonlar yirik harbiy qo‘shilmalarga rahbar etib tayinlandi. Mo‘g‘ul harbiy qo‘mondonlarining vakolatlari cheklangan bo‘lgan. Qo‘shinlarning oliy qo‘mondonlari – orxonlar, o‘z qabilalarini qo‘shinlarida mingboshi darajasigacha lavozimga tayinlash vakolati bo‘lgan. Mo‘g‘ul armiyasida bosh shtab singari muassasa mavjud bo‘lib, u joyda xizmat qilgan mansabdorlar “yurtaji” deb nomlangan. Mazkur muassasaning asosiy vazifasini dushmanni tinchlik va urush paytida razvedka qilishdan iborat bo‘lgan. Bundan tashqari yurtajilar: yozgi va qishki ko‘chmanchilik manzillarini taqsimlashgan, qo‘shinlarning harbiy yurishlari vaqtida kolonnalarni boshqaruvchilik vazifasini o‘tashgan, harbiy lagerlarni joylarini belgilashgan, qo‘shinni va harbiy qo‘mondonlarni hamda xonning yurtalari uchun to‘xtash joylarini tanlashdan iborat bo‘lgan. Ular o‘troq xalqlarni yerlarida g‘allaga zarar yetkazmaslik uchun, harbiy qo‘shinni daladan uzoqroqqa joylashtirishgan.
Qo‘shinning orqa tomonida tartib – intizomni saqlab turish uchun harbiy jandarmeriya vazifasini bajaradigan alohida soqchi qo‘shin mavjud bo‘lgan. Qo‘shinlar tarkibida alohida xo‘jalik bo‘limi amaldorlari – “cherbi” lar mavjud bo‘lgan. Har bir qabila uchun ular ko‘chmanchilik qilib yashaydigan keng cho‘l maydonlari alohida ajratib berilgan. Bu qabilalarni har birini o‘nlab, yuzlab, hatto yirik qabilalarning minglab soyabonli aravalari va o‘tovlari, alohida harbiy – hududiy boshliqlarning rahbarligi ostida birlashtirilgan. Harbiy qo‘shinga har bir o‘nlikdan askarlikka teng miqdorda olinganda, o‘nliklar saralab olingan o‘z askarlarini tegishli miqdorda oziq-ovqat va harbiy yurishda zarur bo‘ladigan ehtiyoj buyumlari bilan ta’minlagan. Harbiy – hududiy boshliqlar safarbarlik paytida, o‘zlarini o‘rniga o‘rinbosarlarini qoldirib, o‘zlari jangovar harakatdagi qismlarni boshliqlariga aylanishgan. Urug‘ va qabilalar, ularning tarkibiy soniga qarab, jangovar otliq qo‘shin uchun o‘nlik, yuzlik va minglik ko‘rinishidagi askarlarni yetkazib bergan. Bir butun qo‘shin birligini to‘ldira olmagan mayda urug‘ va qabilalar, bir-birlari bilan qo‘shilib, yagona butun qo‘shin birligini tashkil etishgan; aks holda mayda guruhlarga ajratilgan. Tartibga ko‘ra kelgusi qo‘shin birligini o‘n ming kishilik qo‘shin – tuman tashkil etadi. Tumanlar kamdan – kam holatlarda bitta qabilani kishilaridan tashkil etilgan; odatda tumanlar bir nechta qabilalarni minglab odamlaridan iborat bo‘lib, umumiy jamlamasi tumanni tashkil etgan.
Armiya uchta qismga bo‘lingan, ya’ni: 1 – markaz (kel), Chingizxon hukmronligi vaqtida bu qismga Kaya boshliq etib tayinlandi; 2 – chap qanot, yoki chap qo‘l (sharqiy tomon, zyungor), Muxali boshchilik qilgan; 3 – o‘ng qanot yoki o‘ng qo‘l (g‘arbiy tomon, barun gor), bu qismga Boorchu qo‘mondon etib tayinlandi. Bu uchta qismlarni har biri o‘n ming kishilik qo‘shin – tumanni tashkil etgan. Mo‘g‘ul armiyasida tuman eng yirik muntazam harbiy birikma bo‘lgan. Yilnomalarda shuningdek “tug‘”, ya’ni yuz ming kishilik qo‘shin to‘g‘risida ham ma’lumotlar uchraydi, biroq bunday qismlar turli tumanlardan tashkil qilingan hamda vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, muntazam qo‘shin bo‘lmagan. Urush vaqtida bunday yuz ming kishilik harbiy qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan sarkardalar “orxon” lar deb atalgan, Chingizxon davrida uning harbiy qo‘shinida o‘n bir nafar orxonlar deb atalgan.
Mo‘g‘ul armiyasini jangovar kuchini to‘la holda otliq qo‘shin tashkil etib, ular barcha qo‘shin turlari vazifasini ham o‘tashgan. Otliq qo‘shin kuchli zarba berib dushmanni markazidan yorib kirgan, yoki raqib qanotlaridan birini sindirib esankiratib qo‘ygan. Dushman pozitsiyalari ichiga pona shaklida yorib kirish vazifasini og‘ir qurollangan otliq qo‘shin amalga oshirgan. Jang maydonida dushmanga zarba berish uchun qulay vaziyatni egallash uchun amalga oshirilgan xarakatlarni ya’ni manyovrni, mo‘g‘ullarning og‘ir qurollangan otliq qo‘shini tezkorlik bilan yuqori darajada bajarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, yengil qurollangan otliq qo‘shin ham jangda muhim o‘rinni egallagan. Og‘ir qurollangan otliq qo‘shin, dushman frontining u yoki bu uchastkasiga qaqshatqich zarba beribgina qolmasdan, balki raqibni chetga, qanotga surib chiqarishi yoki dushmanning orqa tomoniga tashlanishi mumkin edi. Manyovrni amalga oshirishning ushbu qobiliyati tufayli asosiy zarbani berish nuqtasini oldindan belgilashning zarurati bo‘lmagan: chunki zarba berish joyi jang paytida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin edi.
Yengil qurollangan otliq qo‘shin esa nafaqat razvedka – qidiruv harakatlarini va pana- himoya hamda qo‘riqlash ishlarini olib borgan, balki tayyorgarlik ko‘rilayotgan hal qiluvchi zarbani berish bo‘yicha faol harakatlarni amalga oshirgan. Aynan shu narsa mashhur “mo‘g‘ulcha lava” hisoblanadi. “Mo‘g‘ulcha lava” – otliqlarning dushmanni qurshab olish uchun yon tomonlardan va orqadan yopirilib qiladigan hujumini anglatadi. Dushman qo‘shinining oldingi tomonida haddan tashqari tezkorlik bilan harakatlanib, manyovr qilib, raqibni qanot tomonidan yoki qulay holatda esa orqasidan qo‘qqisdan chiqib, otuvchi yarog‘ – aslahalar bilan qurollangan bu epchil otliq askarlar, itoatgo‘y qilib o‘rgatilgan otlarida o‘tirib olib, goh katta goh kichik guruhlarga ajralib, dushman saflariga bexato tegadigan, o‘tkir kamon o‘qlari va drotik(kalta nayza) larni uloqtirgan, goh u, goh bu joydan hujum qilish bilan xavf solishgan, odatda dushmanni zich holdagi hujumida, go‘yo o‘zlarini ataylab chekinib qochayotgan qilib ko‘rsatib, ortlaridan dushmanni ergashtirishgan va oqibatda raqib ularning pistirmasiga duchor bo‘lgan.
Agarda dushman matonatli va bukilmas bo‘lib chiqsa, u holda mo‘g‘ul yengil otliq qo‘shinining harakatlari, dushmanni qarorgohi va joylashish tartibi, zaif joylari va zarba berish uchun eng qulay uchastkalarni aniqlash imkonini bergan. So‘ngra mo‘g‘ul og‘ir otliq qo‘shini bir necha qatorda, o‘sha joylarga yashirincha va sezdirmasdan yaqinlashib raqibga zarba bergan.
Shunday qilib, xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yengil mo‘g‘ul otliq qo‘shinining vazifasi: harbiy yurish va jang vaqtida qo‘riqchilik qilish hamda dushmanni harakatlarini kuzatib, o‘rganib qo‘mondonlikka xabar berish, jangni boshlash, amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan jangovar manyovr va asosiy zarbani berilishini dushmandan yashirin tarzda amalga oshirish, shuningdek tor- mor qilingan yovni ta’qib qilishdan iborat bo‘lgan; og‘ir qurollangan mo‘g‘ul otliq qo‘shini esa manevr zahirasi taktikasiga ko‘ra dushmanga hal qiluvchi zarbani berishi lozim bo‘lgan.
Mo‘g‘ullarni taktikasini xususiyatlaridan yana shuni ta’kidlash lozimki, otliq qo‘shin jang maydonida odatda ovoz chiqarib emas, balki “soqov”chasiga, boshliq tomonidan bayroqcha yordamida, maxsus shartli belgilar asosida boshqarilgan. Tungi janglarda bayroqchalar o‘zgartirilib, turli rangli shishali chiroqlardan foydalanilgan, qo‘shinlarning aholi yashaydigan joydan tashqaridagi vaqtinchalik qarorgohi – lagerda joylashganida nog‘oralardan shartli signal berishda foydalanilgan. Mo‘g‘ul askarlari g‘ayri tabiiy quloqni teshadigan darajadagi chinqiriq bilan xujumga tashlanishgan.
Albatta, Chingizxonning hukmronligi davrida mo‘g‘ul armiyasining son jihatdan qancha miqdorni tashkil etgani masalasi turli paytlarda o‘zgarib turgan. Mo‘g‘uliston aholisi orasidan to‘plangan armiyaning soni 200 ming kishi atrofida bo‘lishi mumkin edi. Bu sohada chuqur bilimga ega Angliyalik tadqiqotchi G.Lem tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarga qaraganda, Chingizxon armiyasi Xorazmshohga qarshi O‘rta Osiyo harbiy yurishiga quyidagi tarkibda otlangan: jangovar(gvardiya) qo’shini – 1000 ta, markaz qo‘shini – 101 ming, o‘ng qanot – 47 ming, chap qanot – 52 ming, yordamchi, ko‘makchi harbiy qismlar – 29 ming, jami bo‘lib esa 230 ming nafar askardan iborat bo‘lgan. Bu Chingizxonning hukmronligi davrida mo‘g‘ul armiyasining eng ko‘p sonining miqdori hisoblanadi. Uning vafoti arafasida mo‘g‘ul qo‘shinida 130 ming askar bo‘lgan. Chingizxon davrida mo‘g‘ul aholisining umumiy soni bir million kishini tashkil etgan. Hozirgi kunda esa Osiyoda 5 millionga yaqin mo‘g‘ul aholisi istiqomat qiladi.
Xubilay davrida Mo‘g‘uliston va Xitoyda ko‘p yillar mobaynida yashagan Italiyalik sayyoh Marko Polo mo‘g‘ul armiyasini mana shunday baholaydi: “mo‘g‘ul armiyasi a’lo darajada qurollangan: kamon(kamalak, yoy) va kamon o‘qlari, qalqon va qilichlar; ular barcha xalqlar orasida eng mohir kamonchilar hisoblanadi”. Ular bolalik chog‘idan boshlab otni ustida o‘tirib, mohir chavandozlar bo‘lishgan. Janglarda hayron qolarli darajada tartib-intizomli va mardonavor, matonatli bo‘lishgan, bunga qurquv asosida emas, balki urug‘ – qabila urf-odatlariga bo‘ysunish tartib – qoidalari orqali erishilgan. Mo‘g‘ul va uning oti ham hayron qolarli darajada sabr-bardoshli bo‘lgan. Safarlar paytida ularning harbiy qo‘shini bir necha oylar davomida hech qanday zahira(zapas) oziq – ovqatlar hamda yem – xashaklarsiz harakatlana olgan. Qo‘shinlar, agarda bunga strategik mulohazalar to‘sqinlik qilmagan taqdirda, yem-xashak va suv mo‘l-serob bo‘lgan joylarda to‘xtab xordiq chiqarishgan, bunday sharoitlar mavjud bo‘lmagan xududlarni esa tez va jadal yurib o‘tib ketishgan. Har bir otliq askar bittadan to to‘rttagacha otlarni o‘zlari bilan olib yurishgan.
Rim papasining mo‘g‘ul saroyidagi elchisi, kuzatuvchan va harbiy sohada tegishli bilimlarga ega bo‘lgan Plano Karpini ta’kidlaganidek, mo‘g‘ullar jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lganliklari va aholisi sonining ko‘pligi uchun emas, balki ajoyib harbiy taktikalari hisobiga harbiy muvaffaqiyatlarga erishgan.
Keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Bobirnoma” asarida “Mo‘g‘ul orasida Chingizxonning tuzuki xaligacha Chingizxon yasab qo‘ygandek-o‘qtur” deb davlat hukmdori va harbiy sarkarda sifatida Chingizxonni eslab o‘tgan. Ta’kidlash lozimki, Temur va Temuriylar qo‘shini jangovar tuzilishi jihatdan O‘g‘uzxon va Chingizxon qo‘shiniga o‘xshash edi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin