Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


XVI asrning boshlariga kelib Eronda Safaviylar davlati



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə42/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

XVI asrning boshlariga kelib Eronda Safaviylar davlati tashkil topadi, bu davlatga shoh Ismoil asos solib, bu davlat (1502-1736 yillarda ) yashagan.
Safaviylar turkiy tilda gaplashganlar, ular etnik jihatdan turkiylar (ozarbayjonlar) bо‘lishgan. Islomning shia mazhabiga e’tiqod qilishgan. Yangi dinastiya о‘z nomini shayx Sayfiddin Isxoq nomidan olgan bu shayx (1253-1334 yillarda yashagan).
Mavzu : XI-XV asrlarda Xitoy
Reja:

  1. Xitoy mо‘g‘ullar sulolasi hukmronligi ostida.

  2. Min sulolasining idora qilishi.

  3. Xitoy shaharlarining taraqqiyoti.

  4. Min sulolasining ichki va tashqi siyosati.

  5. Xitoyga Yevropaliklarning kirib kelishi.

Tayanchi iboralar:
Nyuchji imperiyasi; Sun imperiyasi; Tongg’ut podsholigi; Mo’g’ullar sulolasi; iyerarxiya; senzorat; chinovniklar; Tungus qabilalari; Gushaxu; Utubu; Xubilay; Yuan imperiyasi; “Oq nilufar’’ tashkiloti; “Qizil peshanabog’lilar” qo’zg’oloni; Manchjuriya; udel; tug’; Min sulolasi; Hindi-Xitoy; ‘’Shenshi’’; mahramlar.

XII asr oxirida Xitoy 3 qismga bо‘lingan edi:


1) Shimoliy Xitoyni egallagan Nyuchji imperiyasi.
2) Janubiy Xitoyni egallagan Sun imperiyasi.(960-1279)
3) Tongg‘ut podsholigi-bu podshohlik (987-1227 yillarda boshqargan) bо‘lib, shimoli-sharqiy Xitoyni egallagan edi, bu podshohlikka X asr oxirida kо‘chmanchi tongg‘ut qabilasining boshlig‘i Likitzin asos solgan edi.
(Tongg‘utlar-X asrning oxirida Xitoydagi hozirgi Gan’su viloyati va Shan’shi viloyatining g‘arbiy qismida Si-Sya davlatini tuzgan tubet-birma guruhiga mansub xalqdir.1127-yilda tongg‘utlar davlatini mо‘g‘ul bosqinchilari tor-mor qilishgan. Keyin ularning bir qismi Sinxaydagi tibetlar tarkibiga kirib ketgan qismi mо‘g‘ul va xitoyliklarga aralashib ketgan.
1930-yillargacha rus adabiyotlarida tongg‘utlar Sinxay viloyatidagi chorvador tibetlarga nisbatan ishlatilgan).
Temuchin Taychiutlar qabilasidan chiqqan Bordjigin avlodining boshlig‘i bо‘lgan Yesugey-baturning о‘g‘li edi. Taychiutlar (taychiut qabilalari- Onon va Selenga daryolari etaklarida yashaganlar). 1206 yilda Onon daryosi bо‘yida bо‘lgan qurultoyda mо‘g‘ul zodagonlari Temuchinni Chingizxon ya’ni “ulug‘ xon” deb e’lon qiladilar. Chingizxon 1155-1227 yillarda yashagan.
Chingizxon Nyuchji imperiyasi hududiga 3 marta 1206, 1207 va 1209 yillarda yurish qilgan edi.
Temuchin о‘zining ittifoqchisi bо‘lgan Jamuxani 1204-yilda mag‘lubiyatga uchratib qatl ettiradi va hokimiyatni egallaydi.
X asrda shimoliy Xitoyda yashovchi kidan qabilalari Tong sulolasidan ajratib qо‘yilgan edi. Ammo, XII asrning boshida nyuchjilar deb ataluvchi hamda Amur daryosi bо‘ylarida yashovchi Tungus qabilasining boshlig‘i Aguda kidanlarni tor-mor qilib, shimoliy Xitoyni bosib olib о‘z podshohligini Oltin, ya’ni xitoychasiga xunn deb ataydi.
Chingizxon 1206 yildan boshlab xunnlar bilan urush qilish rejalarini tuza boshlaydi.
1210-yilda nyuchjilar imperatori Madaki vafot etgandan sо‘ng, uning vorisi Yun Szi Xey Chingizxondan о‘lpon olish uchun vakil yuboradi. Vakil Chingizxonga imperatorning buyrug‘ini tiz chо‘kib qabul qilishini talab qiladi. Chingizxon vakilni qaytarib yuborib, urushga tayyorgarlik kо‘ra boshlaydi, chunki, xunn imperatori Chingizxonnning amakilari Barqon va Xamiqoyni yovuzlarcha о‘ldirgan edi.
Chingizxon 1211-yil mart oyida Kerulen daryosi bо‘ylaridan faqat otliqlardan iborat qо‘shin bilan Xitoy tomon yо‘l oladi. Yurishga uning 4 о‘g‘li-Jо‘ji, Chig‘atoy, О‘qtoy va Tulular ham borishgan.
Kerulendan to Xitoy devorlarigacha masofa 750 chaqirimga (1 chaqirim 1,5 km) bо‘lib, bu masofani 40-kunda bosib о‘tish mumkin edi.
1211-yil sentabrda Chingizxon Vu Sha Pxi qal’asini bosib oldi, noyabrda esa Szyuy Yunga kirib bordi va bu yerlarni istilo qilinishi xunn imperatorini uning shimoliy yerlaridan butunlay uzib qо‘ydi.
Bu paytda xunnlar poytaxtida g‘alayon boshlandi. Xunnlar lashkarboshisi Gushaxu imperatorini о‘ldirib, unga ukasi Utubuni о‘tqazadi. Mо‘g‘ullar Xitoyni 90 ta shahrini talon-taroj qildilar.
Utubu mо‘g‘ullar bilan 1211yil dekabrda tinchlik shartnomasi imzolaydi, mо‘g‘ullar ketgandan sо‘ng poytaxtni janubga Byan Gin (hoz. Kayfin)ga kо‘chiradi.
Utubu kidan qabilalariga ot va qurollarini topshirishni buyuradi, shunda kudanlar Chingizxonga itoatkorlik bildirib, yordam sо‘raydilar. Chingizxon harbiy harakatlarni qaytadan boshlaydi.
Chingizxon 1227 yil mayida xunnlar yurtiga g‘arbdan kirib boradi. Bu paytda tongg‘utlar hukmdori Li Xyan iyul oyida shaharni topshirishga rozi bо‘ladi. Oradan kо‘p vaqt о‘tmay 1227 yil 16 avgustda 66 yoshida Chingizxon Tongg‘ut yurishi avjiga chiqqan paytda vafot etadi. (1206-1407yillar- Osiyo va Sharqiy Yevropada tashkil topgan va chingiziylar tomonidan boshqarilgan Mо‘g‘ullar davlati hukmronlik qilgan davr).
Chingizxoning vorisi etib tayinlangan О‘qtoy 1230-yilning avgustida Xitoyga yurish boshladi.
Mо‘g‘ullar Nin Sya shahri yonida g‘alaba qozonib, sо‘ng 60 ga yaqin qal’ani vayron qildilar, Fin Syan qal’asini qamal qildilar.
1231-yilning may oyida oziq-ovqat yetishmasligi sababli bu qal’a taslim bо‘ldi.
Bu paytda mо‘g‘ullar xizmatiga о‘tgan ofitserlardan biri О‘qtoy yoniga kelib poytaxt Xenanga borish yо‘lini aytadi. Xunn imperatorining buyrug‘iga kо‘ra О‘qtoyga qarshi 1232-yil yanvarida 110 ming jangchidan iborat piyoda va 5 ming otliq askar mо‘g‘ullarning shimoliy qо‘shinlariga qarshi Txun Guan shahri atroflariga qо‘yildi, 30 ming otliqlardan iborat va 150 ming jangchi Din Chjeu yonida О‘qtoyga qarshi tо‘plangan edi.
О‘qtoy 1232-yilning yanvarida qarshilik kо‘rsatgan Pxu Chjeu qal’asini qо‘lga kiritadi, sо‘ng Tulu qо‘shinlari bilan birlashadi va poytaxtni qamal qildi.
Tarixchilarining yozishicha, shaharda yuqumli kasallik tarqaladi, va shahar ichkarisidan 900 mingga yaqin tobut olib chiqilgan. 1215-yil Pekin shahri egallangan.
1233-yil poytaxt mо‘g‘ullar qо‘liga о‘tadi va 1234 yilda Shimoliy Xitoy tо‘la bosib olindi va mо‘g‘ulllar Xitoyni bosib olish uchun 70 yil vaqt sarflaganlar.
Janubiy Xitoyda qisqarib qolgan Sun imperiyasi 1279-yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay (Tuluning о‘g‘li) bosib olgunga qadar yashab keldi. Xubilay yangi mо‘g‘ul dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya xitoycha Yuan deb ataldi va (1279-1368 yillarda Xitoyni boshqardi). Tuluning о‘g‘li Xubilay (1259-1294) zamonida Xitoyning shimolida tashkil topgan mо‘g‘ullar monarxiyasi Markaziy Xitoyga, sо‘ngra esa Janubiy Xitoyga ham yoyildi. 1278-yilda ilgarigi Sun dinastiyasining poytaxti Xanchjou shahri olindi. 1279 yilda Janubiy Xitoy tamomila istilo qilindi. Yangi dinastiya 1264 yilda Yuan dinastiyasi degan nom oldi.1294-yilda Xubilay vafotidan keyin uning nabirasi Temur Chengzung nomi bilan taxtga о‘tirib (1294-1307) yillar boshqarib, bobosining siyosatini olib bordi.
Mо‘g‘ullar istilosi Osiyo va Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun qanday dahshatli bо‘lsa, Xitoy uchun ham shunday bо‘ldi. Mо‘g‘ullar istilosi vaqtida Xitoy behisob qurbonlar berdi, mol-mulkidan ajraldi. Mо‘g‘ullar Xitoy yerlarini taqir chо‘lga va о‘z podalarini boqish uchun yaylovga aylantirdilar. Xitoy xalqiga og‘ir soliqlar solindi. Yuan dinastiyasi davrida asosiy harbiy kuch mо‘g‘ullardan iborat bо‘lgan bо‘lsa, yuk tashuvchi, yer qazuvchi ishchilarga mahalliy aholi jalb qilinardi.
Mо‘g‘ullar Xitoydagi yerlarni unda yashaydigan dehqonlari bilan birga bо‘lib olishadi.
Mо‘g‘ullar davrida tо‘lovlarning oshib borishi faqat dehqonlar va hunarmandlarni emas, hatto savdogarlarni ham xonavayron qiladi. Hukumat tо‘xtovsiz о‘sib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qо‘shimcha qog‘oz pul chiqara boshlaydi. Bu esa pulning qadrsizlanishiga, mahsulot va hunarmandchilik buyumlarining qimmatlashishiga sabab bо‘lgan. Qо‘li gul hunarmandlar qulga yoki yollanma askarga aylantirilgan.
Xubilay mamlakatni boshqarishni xitoycha usulini qо‘llasa-da, mahalliy amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Natijada davlat moliyasi о‘zbek Ahmadga topshirilsa, Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlari orasida turli xalq vakillarini uchratish mumkin edi.
Mо‘g‘ullar istilosi natijasida shaharlardagi kо‘plab hunarmandlar qulga aylantirildi va ularning kо‘pchiligi mо‘g‘ullar qо‘shinlariga xizmat qilish uchun Xitoydan olib ketildi.
Mо‘g‘ul zodagonlari kо‘pgina yerlarni о‘z qо‘llariga olishlari natijasida xususiy mulklar soni kо‘paydi. Mulklardagi dehqonlarning ahvoli og‘irlashdi; ular tamomila krepostnoyga aylandi. Dehqonlar sotilar va sotib olinardi, qaram dehqonlarning majburiyatlari, renta va boshqa soliqlar oshib bordi.
XIII asr oxiri-XIV asr boshiga kelib, mо‘g‘ullar xitoylarning ta’siri ostiga tushib qoldilar. Ular xitoy tilida gapiradigan bо‘ldilar, xitoy yozuvini о‘zlashtirdilar, xitoylarning ilgarigi idora uslubini qabul qildilar.
Xitoyda Eron, arab, О‘rta Osiyo va hind savdogarlari paydo bо‘ldi.
Venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo (1254-1324 yillarda yashagan) 1275 yilda Pekinga keladi va о‘zini Xubilayxonga tanishtirgan va xayrixohligini sezgach, unga о‘z xizmatini taklif etgan. Xubilayxon Yevropa bilan aloqalarini rivojlantirish lozimligini inobatga olib, Marko Poloning taklifini qabul qildi va shu yо‘sinda venetsiyalik yosh sayyoh Xubilayxonning maslahatchisiga aylanib saroyda yuksak lavozimni egallagan.
Marko Poloning yozishicha, xon unga turli topshiriqlarni berar, yalinishlariga qaramasdan Venetsiyaga qaytishga ruxsat bermas va hatto uch yil davomida Yanchjou shahrining hokimi etib tayinlagan edi. Shunday qilib, Marko Polo 1275 yildan 1291 yilgacha, jami 16 yildan ortiq vaqt qolib ketgan. Va nihoyat 1291 yilda Venetsiyaga qaytishga ruxsat olgan. Marko Poloning yozishicha, Xitoy ipagi, chinnisi, temiri va misi dunyoning hamma burchagiga chiqarilgan.
Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni emas, asosan mо‘g‘ul zodagonlari hamda chet eldan jalb qilingan savdogarlarni boyitgan.
Xitoy shaharlari Kayfin, Chendi, Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. Shaharlarning о‘sishi hunarmandchilikni jadal rivojlanishini ta’minladi. Hunarmandchilikning an’anaviy turlari kulolchilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy qildi. Yangi bо‘yoqlar ixtiro qilindi. Natijada chinnining nim yashil, nim kulrang va nim havorang kabi nafis ranglari tayyorlana boshlandi. Xitoy shaharlarida kiyim tikish,poyafzal,rо‘zg‘or buyumlari, yelpig‘ichlar,soyabonlar,zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ustaxonalar joylashgan edi. Marko Poloning yozishicha, ustaxonada 10 tadan 40 tagacha kishi ishlagan. Sex a’zosi bо‘lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Ninbo, Xanchjou, Guanchjou shaharlari rivojlangan shaharlar edi.
Bu davrda Xitoyda mehnatkash xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. XIV asrda mо‘g‘ul imperatoriga qarshi saroyda bir necha marta fitna uyushtirildi. Aholining keng doiralari о‘rtasida о‘z oldiga chet eldan kelgan hukmronlardan ozod qilishni maqsad qilib qо‘ygan milliy-inqilobiy tashkilotlar tuzildi. 1351-yilda Xenan va Shandun viloyatlarida “oq nilufar” degan tashkilot tomonidan tayyorlangan “qizil peshanabog‘lilar” qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tadi.
1356-yilda “qizil peshanabog‘lilar” mо‘g‘ul dinastiyasining poytaxti bо‘lgan Yanszin (Pekin) shahriga tahdid qildilar. XIV asrning 60 yillarida kо‘pgina Xitoy viloyatlarida mо‘g‘ullarga qarshi qо‘zg‘olonlar bо‘ldi. Bu qо‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar edi. Qо‘zg‘olonchi dehqon armiyasining rahbarlaridan Chju Yuan Chjan (1369-1398yillarda yashagan) 1369-yilda imperator deb e’lon qilindi.U mо‘g‘ullar hukmronligini ag‘darib, Tayszi nomi bilan taxtga о‘tirdi. U ta’sis etgan yangi dinastiya Min dinastiyasi deb ataldi va 1368-1644 yillarda Xitoyni boshqardi.
Min sulolasining hukmdorlari; Chju Yuan Chjan (1368-1398); Chju Yuan Ven (1398-1402); Chju Di (1402-1424); Chju Gaochi (1424-1425); Chju Chjan Szi (1424-1435); Chju Sich Jen (1435-1449); Chju Siyuy (1449-1457); Chju Sich Chjen (1457-1464); Chju Szyan Shen (1464-1487); Chju Yutan (1487-1505); Chju Xouchjao (1505-1521); Chju Xousun (1521-1567); Chju Szayxou (1567-1572); Chju Itszyun (1572-1620); Chju Chanlo (1620); Chju Yuszyao (1620-1627); Chju Yuszyan (1627-1644) lar boshqarishgan.
Bu dinastiya dastlab Nankin shahrini poytaxt etib tanladi, lekin kо‘p о‘tmay yana poytaxt Yanszin shahriga kо‘chib, bu shahar endi Pekin degan yangi rasmiy nom oldi.
Minlar sulolasi davlatga imperator boshchilik qilardi. Davlatda butun oliy qonun chiqarish va sud hokimiyati imperator qо‘lida tо‘plangan edi. Taxt imperatorning katta о‘g‘liga meros bо‘lib о‘tardi. Imperatorning boshqa о‘g‘illariga knyazliklar - udellar berilgan. Udellar ularning xususiy yer egaliklari bо‘lib qoladi. Imperator saroyi kо‘p sonli xizmatchilar, imperatorning xotinlari, qullardan iborat bо‘lib, davlat boshqaruvida muhim rol о‘ynaydi. Ayni paytda pastdan yuqoriga bо‘ysunish (ierarxiya) asosida tashkil etilgan maxsus chinovniklar apparati rivojlanadi va takomillashadi. Bu apparatning tepasida, xuddi Tan sulolasi davridagidek, oltita mahkama (ministrlik) ning boshliqlari, shuningdek, senzorat (oliy nazorat-tekshiruv organi), beshta komissarlar hamda oliy harbiy-qо‘mondonlik organlari turardi.
XV asrdan e’tiboran haram xodimlarining siyosiy ta’siri kuchaya boshlagan. Hukmdorlar ularni davlat mansablariga jalb qilganlar. Haram xodimlaridan iborat amaldorlarga imperatorlar juda katta vakolatlar berardilar. Ba’zan ularning vakolatlari, hatto, saroy ishlari doirasidan ham chetga chiqar edi. Bu vaqt о‘tishi bilan hokimiyatning ikkita markazi - saroy («ichki») va mahkama («tashqi») hokimiyatining tashkil topishiga sabab bо‘ldi.
Minlar sulolasi davrida oltita markaziy mahkamalarning faoliyati dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali chinovniklar boshchiligidagi Katta kotibiyat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Kotibiyat 1380 yilgacha faoliyat kо‘rsatgan. Hokimiyatni bosh maslahatchi qо‘lida tо‘planishi xavfini oldini olish maqsadida imperator uning barcha vazifalarini bevosita о‘z qо‘liga olgan edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, markaziy boshqaruv organlari о‘zlarining bajaradigan asosiy vazifalariga muvofiq tarzda martabalar (mansab-xizmatlar) bо‘yicha, marosimlar bо‘yicha, soliqlar (daromadlar) bо‘yicha, harbiy ishlar bо‘yicha, sud ishlari (jazolar) bо‘yicha va ijtimoiy ishlar bо‘yicha mahkamalarga bо‘lingan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin