Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Ispanlar vahshati (Niderlandiyada 1576-yil 4 noyabr voqeasi shunday deb atalgan



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə50/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Ispanlar vahshati (Niderlandiyada 1576-yil 4 noyabr voqeasi shunday deb atalgan), natijasida janubiy viloyatlar Shimoliy Niderlandiya tomoniga о‘tdilar. 1576-yil 8 noyabrda Gent shahrida “Gent yarashi” ahdnomasiga qо‘l qо‘ydilar. Bunga kо‘ra, Gollandiya va Zelandiya viloyatlari bilan janubiy viloyatlarning Bosh shtatlari ispanlarga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishdilar. Bu shartnoma sulh tuzish haqidagi shunchaki shartnoma emas, balki butun mamlakatni Ispaniya zulmidan ozod qilish uchun Niderlandiyaning shimoliy va janubiy viloyatlarning uniyasi yoki ittifoqi haqidagi shartnoma edi.
Shundan sо‘ng Filipp II о‘zinig ukasi Lepanta yonidagi jangda turklar ustidan g‘alaba qozonib dong chiqargan Don-Xuan Avstriyskiyni 1576 yil oxirida Niderlandiyaga hukmdor etib tayinladi. Niderlandiyadagi Bosh shtatlar Don-Xuan "Gent yarashi" moddalarini qabul qilgan taqdirdagina uni Niderlandiya hokimi deb tan olishni aytdi.
Don-Xuan "Gent yarashi"ni yolg‘ondan ma’qullab, gо‘yo uning dalili uchun "Abadiy Edikt" (Edikt-qirolning alohida muhim farmoni) deb atalgan hujjatga 1572-yil 12 fevralda imzo qо‘ydi. Don Xuan Bryusselga keladi va ispan qо‘shinlarini Niderlandiyadan olib ketish tо‘grisida buyruq beradi, ammo oradan biroz vaqt о‘tgach, u Bosh shtatlar bilan aloqasini uzib, Bryusselni tashlab chiqib ketadi. Bosh shtatlar Don-Xuanni yangi urush boshlash niyatini bilib, unga qarshi Nimsor qal’asida hujum qiladi, bu jangda Don-Xuan qо‘shinlari g‘alaba qozonadi. 1578 yil yanvarda u Bosh shtatlar qо‘shinlariga zarba beradi, ammo 1579-yilning oktabrda Don-Xuan Rekezensga о‘xshab tо‘satdan vafot etadi.
Niderlandiya respublikasi gyozlarning kо‘rsatgan qahramonliklari uchun ularga atab medal ta’sis etdi.
Ispan noiblari bilan urush davom etdi. Shimoliy viloyatlarda Vilgelmning obrо‘si oshib bordi. Ispaniya istalgan paytida shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun shimoldagi 7 ta viloyat 1579-yil 23 yanvarda Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzdilar. Bu ittifoq “Utrext uniyasi” deb ataldi. (Uniya lot. birlashma). Bu viloyatlar о‘z zimmalariga “bir-birlari bilan abadiy birlashish” va “Rim katolik cherkovini tiklamoq” bahonasida kurash olib borish majburiyatini olib bordilar. Yetti viloyat davlat bо‘lib birlashdi. Uning о‘z hukumati, xazinasi va umumiy qо‘shini bor edi. Shimoliy Niderlandiya 1581-yili Filipp II ni gersog Oranskiyni о‘ldirgan kishiga 25 ming oltin pul (kron) va dvoryanlik unvonini berishni va’da qildi.
Iyezuitlar ordeni vakili Burguniyalik Baltazar Jerar 1584-yil 10 iyunda Vilgelm Oranskiyni otib о‘ldirdi. Jerar ushlab qatl qilindi. Filipp ham о‘z va’dasini ustidan chiqdi. Jerarning oilasiga va’da qilingan mukofotlar tо‘liq berildi.
Gersog noib Aleksandr Parmskiy shundan sо‘ng hujumga о‘tib, Flandriya va Brabantni bо‘ysundirdi. 1584 yilda u Bryugge va Gentni, 1585 yilda Bryussel va Antverpenni egalladi. 1585 yilda Niderlandiyaga graf Leyster 7600 kishilik qо‘shin bilan keldi va tezda u hammaning nafratiga uchradi va 1586 yilda mamlakatdan chiqib ketdi.
Vilgelmning о‘rniga uning о‘g‘li Morits taxtga keldi. Morits g‘ayratli sarkarda bо‘lib, u Niderlandiyani harbiy kuchlarini qaytadan tashkil qiladi, о‘z qо‘shinlarini о‘qsochar qurollardan foydalanish, dala tо‘plarini ishlatishga о‘rgatdi va tez orada sharqiy tumanlarda Aleksandr Parmskiyga qarshi hujumga о‘tdi. "Yengilmas armada"ning 1588 yildagi sharmandali halokatidan sо‘ng ispanlar Niderlandiyaga qarshi urush harakatlarini susaytirishga majbur bо‘ldilar.
Filipp II ning Angliyaga qarshi muvafaqqiyatsiz urushida Ispaniya yana mag‘lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Fransis Dreyk va Relilar Vest-Indiya qirg‘oqlariga kumush ortib Ispaniyaga ketib borayotgan ispan flotiga hujum qilardilar. Filipp II bunga javoban, 1588-yil 30 mayda “Yengilmas armada” bilan yurish qildi. Kattakon ispan floti shu nom bilan atalib, flot tarkibida 130 dan ortiq kema bо‘lib, dengiz ekipaji 7500 kishidan va soldatlari 17 ming kishidan iborat edi. Medina Sidoniya boshchilik qilgan bu yurish yaxshi uyushtirilmagan edi.
Eskirib qolgan va besо‘naqay ispan kemalari, inglizlarning mayda bо‘lsada, puxtaroq yasalgan ancha yaxshi tо‘plar bilan ta’minlangan kemalarga bas kela olmadi. Avgust boshida La-Manshda bо‘lib о‘tgan bо‘ron ispanlarga katta zarar yetkazdi. Flotning qolgan qismi ob-havo yomon kelganligi tufayli, Ispaniyaga ilgarigi yо‘ldan borolmay, Britaniya orollarini aylanib о‘tishga majbur bо‘ldi.
1588-yil iyul-avgust oylarida besо‘naqay ispan kemalari Angliya floti (admiral Xouard boshchiligida) bilan bо‘lgan tо‘qnashuvda kuchli zarbaga uchraydi. Ispanlar bu yurishda 75 kema, 10 ming kishini yо‘qotdi. Shu paytdan boshlab, Ispaniyaning Atlantika okeanidagi va О‘rta Yer dengizidagi gegemonligini butunlay yо‘qotdi.
1592 yilda gersog Parmskiy vafotidan keyin Morits Flandriya va Brabantni shimoliy qismlarini egalladi.
Uniya a’zolari ichida eng aholisi kо‘pi va eng badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan shimol shu viloyat nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika о‘z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishi uchun 30 yil kurash olib borishga majbur bо‘ldi. Bosh shtatlar 1609 yilda Ispaniya bilan 12 yil muddatga yarashish shartnomasi tuzdi, va urushga chek qо‘yildi. Bu shartnomaga muvofiq Ispaniya Shimoliy Niderlandiyani mustaqilligini tan oldi, faqat Janubiy Niderlandiyani о‘zida qoldirdi. Shu bilan birga Golandiyaning qattiq qistoviga kо‘ra Shelda daryosining dengizga quyiladigan joyi tashqi savdo kemalari uchun yopib qо‘yildi.
1621 yilda Ispaniya Gollandiya bilan yana urush boshlab yubordi. Ammo bu urush XVII asr boshlarida yuz bergan ahvoli о‘zgartirmadi. 1648 yilgi Vestfal kongressida Ispaniya Shimoliy birlashgan viloyatlarning mustaqilligini batamom tan oldi.
XVI asrdagi Niderlandiya inqilobi katta tarixiy ahamiyatga ega bо‘lib, bu inqilob milliy-ozodlik kurashi bayrog‘i ostida nisbatan kichik bir hududda birinchi marta g‘alaba qilgan burjua inqilobi edi. Inqilob natijasida yangi davlat Birlashgan viloyatlar respublikasi yoki Gollandiya respublikasi tashkil topdi.
Gollandiya Respublikasining tashkil topishi inqilobiy hodisa edi. Bu- Gollandiya feodal tuzum butunlay barham topdi degani edi. Respublikaning Amsterdam shahri esa Antverpen о‘rniga jahon savdosining markaziga aylandi.
Ispanlar zulmidan ozod bо‘lgan Gollandiyaning xо‘jaligi tez rivojlana boshladi. Yangi manifakturalar tashkil qilindi. Iqtisodiy yuksalishga janubiy viloyatlardan kо‘chib kelgan savdogar va ishbilarmonlar о‘z pullari, asbob-uskunalari, ishlab chiqarish sirlari hamda mahorati, yuksak malakali ishchilari bilan katta hissa qо‘shdilar. Jumladan, ular Leydenda yangi turdagi jun gazlamalar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ydilar.
Gazlama chiqarish 1584-1621 yillarda 27 ming bо‘lakdan, 97 ming bо‘lakka yetdi. Zig‘irpoyadan, paxta va shoyi gazlamalar ishlab chiqarish ham keskin о‘sdi. Mamlakatda kemasozlik eng muhim tarmoqdan biriga aylandi. Amsterdam, Rotterdam, Zaandem portlariga yiliga 1000 ga yaqin kemalar qurilardi. Gollandiya iqtisodiyotini asosini savdo tashkil qilib, uning yillik hajmi 75-100 mln guldenni tashkil qilardi. Mamlakatning birinchi tashqi savdo bilan shug‘ullanadigan “Ost-Indiya” kompaniyasi 1602-yili tuzildi.
Respublika iqtisodiyotining yana bir muhim tarmog‘i dengiz baliqchiligi va kit ovlash bо‘ldi.Bu soha tо‘liq kapitalistik asosda tuzilgan bо‘lib, uning yillik daromadlari millionlab guldenni tashkil qildi. Gollandiya floti 4300 ta turli xil sig‘imdagi kemalardan iborat edi.
1584-1621 yillarda Janubiy Niderlandiyadan 150 ming savdogar va manifakturachilarning kо‘chib kelishi Birlashgan viloyatlar respublikasini iqtisodiy rivojlanishiga olib keldi. Bu yerda aholining zichligi Yevropaning rivojlangan malakatlarida 1 kv.km.ga 30-35 kishini tashkil qilgan. 1514 yili Gollandiya aholisining 15 foizi shaharlarda yashardi.
Niderlandiyada energiyaning keng tarqalgan manbalaridan biri shamol tegirmonlari edi. U yerda hatto minorasining tepasida aylanib turadigan alohida turdagi tegirmonlar ham keng tarqalgandi. Biroq, agar shamol bо‘lmasa, tegirmon ishlamas edi. Tegirmon g‘ildiragi beradigan energiya yordamida qog‘oz massasini tayyorlashar, teriga ishlov berishar, rudani maydalashar va boshqa ishlarni bajarar edilar.
Respublika qishloq xо‘jaligida 1590-1665 yillar davomida 110 ming gektar botqoq yerlar о‘zlashtirildi. Bu yerlarda yangi fermer xо‘jaliklari tuzildi. Lekin ilk sarmoya jamg‘arish davrida xalqning ahvoli og‘ir edi. Jumladan, manifakturalardan ish kuni 12-16 soatgacha davom etardi.
Niderlandiyada G‘arbiy Yevropaning kichkina bir hududida feodal jamiyatini yо‘q qilgan birinchi burjua inqilobi rо‘y berdi. U ispan bosqinchilariga qarshi kurash kо‘rinishida sodir bо‘ldi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin