Marka – german hududiy yoki qishloq jamoasi.
Min – mo’g’ul feodallariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon raxbarlaridan biri Fin-Yana (shimoliy Anxoy) dehqonining o’g’li Chju Yuan-chjan tomonidan o’rnatilgan. Xitoy sulolasi (1368-1644y.). Min sulolasi 1644-yilda Li Szin rahbarligida qo’zg’olon ko’targan dehqonlar tomonidan ag’dariladi. Xitoy feodallarining bir qismi manchjurlar tomoniga o’tdilar va ularga dehqonlar qo’zg’olonini bostirishda hamda Xitoyda Sin dinastiyasi hukmdorligini mustahkamlashga yordam berdilar.
”Muqaddas Rim imperiyasi” – 962-yilda Germaniya qiroli Otton I tomonidan Shimoliy va O’rta Italiyaning boysundirilishi natijasida asos solingan va 1806-yilgacha davr surgan o’rta asr imperiyasi.
Nant edikti (farmoni) – 1598 –yil 13 aprelda Nant shahrida fransuz qiroli tomonidan imzo chekilgan farmon. Bu farmon Fransiyadagi diniy urushlarga xotima berdi, gugenotlar bilan hukumat o’rtasidagi bitimlar shartnomasi bo’lib xizmat qildi. Edikt katolitsizim bilan bir qatorda ”isloh qilingan” din, yani kalvinizimga ham iqror bo’lishga yo’l qoydi, o’zlarining siyosiy konferensiyalari (Parij va boshqa ayrim shaharlardan tashqari). Gugenotlar o’zlarining siyosiy konferensiyalari va sinodlarini chiqarish, sud ma’muriy va harbiy mansablarni egallash huquqiga ega bo’ldilar; ularga gornizoni bilan 100 istehkom (asosan La-Roshel, Monnel, Montaban va b) va boshqa imtiyozlar ham berib qoyild. 1639-yil Gugenotlar qal’asi tugatildi, 1685-yilda Lyudovik XIV Nant ediktini batamom bekor qildi.
Neshava Statuti (1454y.) –Neshava shahri yaqinidagi lagerda Polsha qiroli Kazimir IV tomonidan shlyaxtaga berilgan imtiyozlar.
Normannlar – Skandinaviya xalqlarining VIII asr oxiri va XI asr o’rtalarida keng istilosi davrida G’arbiy Yevropadagi nomi (Skandinaviyaning o’zida yurish qatnashchilarini vikinglar deb atashgan); Rossiyada normannlar varyaglar nomi bilan yuritilgan.
Oq gul va Qizil gul – Oq gullar bilan Qizil gullar urushi (1455-1485). Plantagenlarning qirol sulolasining ikki yo’nalish Langkaster (gerbida-qizil gul) va York(gerbida –oq gul) o’rtasidagi ingliz toj-taxti uchun olib borilgan qonli feodal kurashidir.
Papa –Rim yepiskopi, katolik cherkovining boshlig’i. Papa apostol Petrning noibi hisoblanadi. Papa oliy ruhoniy kardinallar tomonidan odatda o’z ichidan saylab qoyildi.