Rech Pospolita – XV – XVIII asr oxirlarida seym tomonidan saylab qoyiladigan qirol boshchiligidagi monarxiyaning o’ziga xos formasiga ega bo’lgan Polsha davlatining nomi.
Rikos ombres – O’rta asr Ispaniyadagi oliy zodagon.
Rus haqiqati – qadimgi rus huquqlari nomlari to’plami. Qadimgi Rusda huquqiy va ijtomoiy munosabatlar va ayniqsa qaram bo’lgan aholining ayrim guruhlari (smerdlar, zakuplar, xoloplar) ning mavqei haqida guvohlik beradigan manba. Odam o’ldirganlik, haqorat qilganlik va mulkni o’g’irlaganlik uchun beriladigan jazolarning bayoniga katta o’rin berilgan.
Sali haqiqati – sali franklari oddiy huquqlarining yodgorligi, Frank davlati ko’pchilik aholisining huquq manbalari, dastlabki varvar haqiqatlaridan biri VI asr boshlarida qirol Xlodvig (481-511) buyrug’i bilan yozilgan, uning vorislari davrida qo’shimchalar kiritilgan va qayta ishlangan. Sali haqiqatida franklarning moddiy madaniyati va xo’jaligining ahvoli haqida to’la ma’lumotlar berilgan. U franklar o’rtasida huquqiy jihatdan rasmiylasha borgan ijtimoiy tabaqalanishning boshlanish jarayonidan guvohlik beradi.
Salib yurishlari – G’arbiy Yevropa feodallarining 1096-1270 yillarda katolik cherkovi tashabbusi bilan Falastindagi xristian avliyolarini musulmon dini hukmronligidan ozod qilish uchun olib borilgan bosqinchilik urushlari.
Sekulyarizatsiya – cherkov mulklari (ko’pincha yerni) davlat ixtiyoriga olish; Sekulyarizatsiya Frank davlatida Karl Martel (715-741) davrida, Vizantiyada butga qarshi kurashuvchi imperatorlar Isavrkar sulolasi (171-802) davrida keng ko’lamda tarqalgan edi. Biroq Sekulyarizatsiyaning eng kuchaygan davri XVI –asrga to’g’ri keladi va bu reformatsiya bilan bog’liq bo’lgan edi.
Seneshal – V- VIII asrda Frank davlatida qirol saroyning bosh ish boshqaruvchisi . Seneshallar VIII asrga kelib sud va harbiy vakolatlarga ega bo’ldi. Seneshallar VIII asrdan boshlab qirol chinovnigi, Fransiyaning janubi va G’arbida juda keng ko’lamda sud, ma’muriy, moliyaviy va harbiy vakolatlarga ega bo’lgan hamda ko’proq mahalliy feodal zodagonlardan tayinlab qoyiladigan sud ma’muriy okrugi (seneshallik)ning boshlog’i. XVI asrdan boshlab Seneshallar faqat harbiy vakolatlarni o’zida saqlab qoladi. Seneshallar mansabi buyuk fransuz inqilobi davrida bekor qilindi.
Senyor – feodal jamiyatida o’ziga qarashli yerlarida yashab turuvchi yirik yer egasi, va shu bilan birga o’z vassallari hamda unga qaram bo’lgan aholilar uchun hukmdor.