Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Isavrlar dinastiyasining idora qilishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə6/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Isavrlar dinastiyasining idora qilishi. VIII asrning boshlarida ham Vizantiyaning xalqaro ahvoli juda og‘ir edi. Arablar Kichik Osiyoga bostirib kirdilar. Ular Kipr va Rodos orollarini bosib oldilar. Arab qо‘shinlari Konstanti­nopol yaqiniga kelib uni deyarli butun bir yilgacha (717—718) qamal qilib turdilar. Lekin arablar Konstantinopolni ololmadilar. Konstantinopolning qulay strategik mavqei, vizan-tiyaliklarning «greklar о‘ti», deb atalgan о‘tni ishlatishi, imperatorga ittifoqchilari bolgarlarning yordam berishi natijasida, arablar katta talafot kо‘rib, chekinishga majbur bо‘ldilar. Yangi saylangan imperator Lev III Isavr iste’dodli tashkilotchi va qobiliyatli oliy qо‘mondon bо‘lib chiqdi. U, Suriya bilan chegaradosh Isavriya viloyatidan chiqqan bо‘lib, yangi Isavrlar sulolasiga asos solgan. Isavrlar sulolasi Vizantiyani butun bir yuz yil davomida (717—802) idora qildi.
Lev III (717—741) va unga yordamchi bо‘lib, keyin uning о‘rniga imperator bо‘lgan Konstantin V (741—775) arablarga qarshi kurashda katta tajriba orttirgan harbiylar edi. Lev III imperator bо‘lgandan keyin harbiy ishga katta e’tibor berdi. VII asrda, Irakliy va uning vorislari davridayoq Vizantiya hukumati yollanma qо‘shinlarga qо‘shimcha ravishda mahalliy lashkarlar tо‘plashni qisman amalga oshirgan, bu mahalliy lashkarlar mahalliy mablag‘lar hisobidan ta’minlanardi. Lev III zamonida bu harbiy islohot о‘tkazildi. Vizantiya qо‘shini ma’lum chegarani qо‘riqlab turgan mahalliy lashkarlardan tuzildi. Endi butun imperiya femlarga- harbiy okruglarga bо‘lib yuborildi. Bularga stratiglar- (harbiylar) boshliq qilib tayinlangan, harbiy hokimiyatgina emas, balki fuqaro hokimiyati xam о‘sha harbiylar qо‘lida bо‘lgan. Ularning yordamchilari ofitserlar — turmarxlar bо‘lgan. Oddiy soldatlar — stratiotlar — ham dehqon va ham umr bо‘yi xizmat qiladigan askar edi. Ularning yer uchastkasi bо‘lib bu uchastkadan ular о‘z oilalarining kuchi bilan foydalanardilar, qisman boshqa dehqonlarga ijaraga berardilar. Ular shu yer orqasidan kun kechirardilar. Harbiy xizmat о‘taganlari uchun stratiotlar odatdagi soliqlarning bir qismidan ozod qilindi.
Stratiotlarning ijtimoiy qiyofasi ham juda xilma-xil edi. Ularning bir qismi (piyoda askarlar) dehqonlardan iborat bо‘lsa, ikkinchi qismi (otliq askarlar) lardan iborat edi. Shunday qilib, VIII asrda Vizantiyada ham yirik va mayda feodallar soni tez kо‘payib bordi. Yangi feodallar qullarni yerga birkitib qо‘yib, ularni krepostnoy dehqonlarga aylantirardilar, shu bilan bir vaqtda jamoachi-dehqonlarning bir qismi, ayniqsa, chek yeri kamligidan harbiy xizmatni о‘tay olmaydigan qismi krepostnoylarga aylana bordi. Yersiz dehqonlar yangi harbiy yer egalari yerlariga kо‘chib kelib, ularga qaram bо‘lib qolardilar. Har­biy xizmat о‘tovchi kishilar pomestyelarning bir qismini zodagonlarning yangidai musodara qilingan yerlaridan oldi, kо‘p yer harbiylarga Vizantiya pravoslav cherkovidan о‘tdi.
Ustaxonalarning kо‘pchiligi qullar mehnatidan foydalangan. Sex hunarmandchiligi imperator saroyi buyurtmalariga muhtoj bо‘lgan. Ular davlat va cherkov buyumlari, qо‘shin va flot uchun qurol-aslahalarni ishlab chiqish, qimmatbaho kiyimlar, idishlar, zeb-ziynat buyumlarini tayyorlash bilan shug‘ullanganlar.
Konstantinopolda 20 ta jamoa va 120 ta novvoyxonalar, 14 ta cherkov bor edi.
Shaharni boshqarish ishlari eparx va uning yordamchisi nikteparx (tungi eparx) qо‘lida tо‘plangan edi. Ularga region murabbiylari, soqchilar va о‘t о‘chiruvchilar bо‘ysunardilar. Eparx shahardagi xavfsizlik va tartibga, oziq-ovqat bilan ta’minlashga va savdo-hunarmandchilik faoliyatig javob berardi.Shaharni g‘alla bilan Misr ta’minlar edi. U yerdan har yili 8 mln artab g‘alla keltirilardi.
V asrda shahar aholisi 170 ming kishi bо‘lgan.
Ippodrom bir vaqtning о‘zida 40 ming kishini sig‘dira olardi. U amalda mamlakatning ijtimoiy harakatining markazi edi. Bu yerda davlatning rasmiy bayramlari, tantanalar, tomoshalar, g‘ildirakli aravalar poygalari, teatr tomoshalari kabi tadbirlar о‘tkazilardi.
IX asrda yashagan arab geografi Ibn Xurdadbek Vizantiya tarixi va imperiya femlari haqida ma’lumot bergan. Uning ma’lumotlariga qaraganda Kichik Osiyoda hammasi bо‘lib 5 ta shahar bо‘lgan: Efis, Nikeya, Amoriy, Ankira va Samala.
Konstantinopol V asrning birinchi yarmida shaharning devorlari yangilangan paytda uning maydoni ancha kengaytirildi. Bu shahar uchburchak shakldagi yarim orolga joylashgan edi. Uni uch tomondan Marmar dengizi, Bosfor va “Oltin shoh” dengizlari о‘rab turardi. Shaharda 7 ta tepalik joylashgan edi. Shahar mudofaa devorlari bilan о‘ralgan bо‘lib, ularning umumiy maydoni 25 km.ga yetardi.
717 yili hokimiyat tepasiga kelgan Isavrlar sulolasi imperatorlari, harbiy zodagonlar bilan bevosita aloqada bо‘lib, ruhoniylar bilan mojarolarni yechimini topishga intiladi. Harbiy zodagonlar guruhining cherkov yer-mulklariga egalik qilish niyatlari butga qarshi kurash davomida namoyon bо‘ladi. Imperator Lev III (717-741) 726 yili farmon chiqarib, xristianlarni dinning tashqi ramzlari –but, sanamlar, avliyo-anbiyolar xoklariga e’tiqod qilishini dahriylik deb e’lon qiladi. Oqibatda, Vizantiyada yuz yildan ortiq davom etgan kurash boshlanib, unga aholining barcha toifalari tortiladi. Jarayon mol-mulklarni musodara qilish, surgunlar, qiynoqlar, qatllar, о‘z raqiblarini qirg‘in qilishlar tarzida butun imperiyani larzaga soladi. Butga qarshi kurash davomida cherkov va monastirlar yer-boyliklari musodara qilinadi. Monastirlar yopilib, rohiblar harbiy xizmatga jalb etilgan, uylanishga majbur qilingan. Hokimiyatga bо‘ysunmagan rohiblar qatl qilingan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin