Mavzu Eronda feodal munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Reja:
Sosoniylar davlatining vujudga kelishi va davlat tuzumi.
Sosoniylar sulolasi davrida Eronning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi.
Xisrav I Anushirvonning olib borgan islohotlari va tashqi siyosati.
4. Sosoniylar davlatining inqirozga uchrashi.
Tayanch iboralar:
Arshakiylar sulolasi; Sosoniylar sulolasi; shanshoh; satrap; Persiya; ‘’Eron shahanshohi’’; Avesto; pastak; Zend; Axuramazda; Axriman; Moniylik; Mazdakiylik; mirza; garib; dirham; gezit.
Eron Islom respublikasi-Janubi-g‘arbiy Osiyoning eng katta davlatlaridan biri bо‘lib, aholisi-71,2 mln.kishi (2010 yil ma’lumotlari), hududi-1,65 mln. km.kv, poytaxti-Tehron shahri.
Eron Islom Respublikasi 1992 yil 10-mayda О‘zbekistonning suverenitetini tan oldi va 1992 yil 25-noyabrda ikki davlat о‘rtasida diplomatik munosabatlar о‘rnatildi.
Hozirgi kunda 50 ga yaqin О‘zbekiston-Eron qо‘shma korxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda.
Sosoniylar davlatini tashkil topishi xususida shuni ta’kidlash lozimki, Parfiya davlati о‘rnida yuzaga kelgan yangi davlat Eronni birlashtirish tashabbusi, bir paytlar Ahamoniylar davlatining dastlabki markazi bо‘lgan Forsdan kelib chiqdi. Salavkiylar davridayoq ma’lum bir siyosiy mustaqillikka erishgan Fors, vassal podsholiklarning biri sifatida Parfiya davlati tarkibiga kirgan. Uning hukmdorlari mil.avv.II asrda shoh unvonini qabul qilishgan bо‘lib, о‘zlarini о‘tmishdoshlari Fratakiylar singari tangalarini zarb etishgan. Sо‘nggi Sosoniylar davri an’analariga kо‘ra Arshakiylar vaqtida Forsni Bazrangiylar sulolasi boshqargan bо‘lib, uning sо‘nggi hukmdori esa Gochixr edi. Forsning poytaxti Staxr (hozirgi Istaxr, qadimgi Persepol yaqinida) bо‘lgan.
Forsda shuningdek mayda hukmdorlar ham bо‘lgan. Shunday hukmdorlardan bir Soson urug‘idan bо‘lgan Papak bо‘lib, u bir vaqtni о‘zida Forsda izzat - hurmatga ega bо‘lgan Anaxita ma’budasi ibodatxonasini kohini ham sanalib, Papak, 208 (yoki 209) yilda Gochixrni taxtdan ag‘darib, о‘ldirdi va podsho hokimiyatini egalladi.
II asr oxiri-III asr boshlariga kelib о‘zaro urushlar Parfiya davlatining kuchsizlanib qolishiga olib keldi. 208- yilda Parfiya davlati ikki qismga bо‘linadi. Keyinchalik esa Parfiya yana bir necha mayda davlatlarga ajralib ketadi. Bundan Eronning janubi-g‘arbida joylashgan pors qabilalari foyfalanib, Staxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Bu janglar tepasida porslarning soson urug‘idan bо‘lgan Bobak turardi.
222 yilda Papak vafot etgach, Porso viloyati taxtiga uning о‘g‘li Ardasher I (224-239) о‘tiradi. Ardasher Fors bilan qо‘shni bо‘lgan ayrim viloyatlar, Karmon, Xuziston va boshqalarga о‘z hukmdorligini yoydi, Parfiya davlati tarkibiga kirgan bir qator mayda podsholiklarni hukmdorlari bilan ittifoqchilikda Arshakiylardan bо‘lgan Parfiya shohi Artaban V ni 224-yilda bо‘lib о‘tgan jangda yengadi va Arshakiylar sulolasi (Arshakiylar- mil.avv.250 yildan-milodiy 224 yilgacha Parfiyada hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga day qabilasining boshlig‘i Arshak asos solgan. Bu davlatga hozirgi Sharqiy Eron va G‘arbiy Turkmaniston yerlari tobe bо‘lgan), hokimiyatini tugatdi va yangi davlat-Sosoniylar davlatiga asos soldi. Parfiya sosoniylar davlatiga qо‘shib yuborilgan.
Davlatning nomi Porso viloyati (Fors) ning sosoniylar urug‘idan bо‘lgan birinchi shohi Papakning otasi Soson nomi bilan atalgan.
226-yilda Ardasher I poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi bо‘yidagi Ktesifonga deb kо‘chiradi. Ktesifonda Ardasher I Sosoniy davlati taxtiga chiqish marosimini о‘tkazgach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qildi.
Ardasher I vafotidan keyin Sosoniylar davlati taxtiga Shopur I chiqadi. Shu vaqtdan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari “shahanshoh” unvoniga ega bо‘ldilar.
Sosoniylar (224-651yillar)-ikkinchi fors imperiyasi va uchinchi eroniylar sulolasi bо‘lib, ular о‘z davlatlarini Eronshahr-Eroniylar (Oriylar) davlati deb nomlashgan.
Bu davlat hududiga Mesopatamiya, G‘arbiy Hindiston, Xuziston kirgan.
Bu yerda aholi qabilaviy holda istiqomat qilib, ular 240 taga yaqin bо‘laklardan iborat edi. Faqatgina Porsoda bir-biriga yaqin qabilalar bir xalq bо‘lib uyushgan edilar. Keyinchalik Eronning birlashishi xuddi shu Porso viloyati atrofida boshlandi. Porso keyinchalik Fors viloyati deb ataldi. Ushbu yer aholisi forslar deb, qadimgi Eron esa Persiya deb yuritilgan.
Sosoniylar davlati – Yaqin va О‘rta Sharqdagi III – VII asrlarda hukm surgan Sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan davlat bо‘lib, Parfiya davlatini о‘rnida tashkil topgan.
Ardasher I 224 yilda Eronni va ba’zi qо‘shni viloyatlarni egallab olib, Parfiya hukmdori Artaban V ning qо‘shinlarini tor – mor qildi, hamda milodiy 226 – 227 yillarda Ktesifonda hukmdorlik tojini kiydi.
Parfiya podsholigi tarqoq bir podsholik edi, unda har bir viloyatning hokimi о‘z viloyatining merosxо‘ri bо‘lib, podsho bilan faqat vasallik munosabatlarida bо‘lar edi, bunga qarama-qarshi о‘laroq, sosoniylarning yangi Eron podsholigi ancha markazlashgan davlat edi. Ularning zamonida mamlakat 18 ta satraplikka bо‘lingan edi, Satrapiya, satraplik- ayrim davlatlar (Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar) da satraplar boshqargan harbiy-ma’muriy okrug. Satraplarga satraplardan tashqari harbiy boshliqlar ham tayinlangan, ular chegara, yо‘llarni qо‘riqlagan, о‘g‘rilik va bosqinchilikka qarshi kurashgan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq tо‘lashga majbur bо‘lgan. Kо‘pchilik satraplarning о‘z qonuni, urf-odati bо‘lgan, о‘z tilida sо‘zlashgan, bularning tepasida satraplar turardi, bular podsho tomonidan tayinlanib, ular podshohga bо‘ysunar edilar.
Sosoniylar davlat moliyasiga katta e’tibor berdi. Ular aholiga turli-tuman yer va jon soliqlari solar va bu soliqlarni yig‘ib olish uchun amaldorlar sonini kо‘paytirar edilar.
Yangi sulolaning poytaxti rasman qadimgi Ahamoniylarning poytaxtlaridan biri-Persepol edi. Lekin Mesopotamiyada uzluksiz urush olib borilganligi tufayli, podsho odatda Tigr daryosi bо‘yidagi chegara shahari-Ktesifonda turar edi. Haqiqatda shahanshohning («shohlar shohi»ning) poytaxti shu shahar edi.
III-asrda sosoniylar davlatida hali kо‘p sonli mahalliy zodagonlarning eski mulklari va bir qator «podsholiklar»: Sakaston, Kermon, Marv va boshqalar mavjud bо‘lgan, biroq bir qator viloyatlarning hukmdorlari etib sosoniylar urug‘i vakillari tayinlangan.
Ardasherning vorisi va о‘g‘li Shopur I (241-272) davrida bir qator g‘alabalarga erishdi va sharq hamda g‘arbda (Afg‘oniston, Kavkazorti va boshqa joylarda) yangi hududlar istilo qilinib, mamlakat hududiga qо‘shib olindi. Sosoniylar endilikda “Eron shahanshohi” deb atala boshladi.
Shopur I davrida Mesopatamiya uchun bо‘lgan Edessa yonidagi jangda rimliklar qattiq zarba yedilar. Imperator Valerian boshchiligida asir tushgan rimliklar qulga aylantirilgan. Manbalarda yozilishicha, ularning qullari bilan Karun daryosida katta tо‘g‘on va suv inshootlari qurilganki, ular Bandi-Kaysar (Sezar tо‘g‘oni) nomi bilan mashhurdir.
Shopur I О‘rta Osiyoga ham yurish qiladi. U Choch viloyatiga qadar bostirib kirgan. III-IV asrlarda Sosoniylar davlati hududiga Marv tog‘li tumanlar, sharqda Hirot va boshqa yerlar kirgan. V asrda Eron Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida mustahkam о‘rnashib oldi va Buyuk Ipak yо‘lining ushbu qismida nazorat о‘rnatdi.
Milodiy III asrda Sosoniylar davlati kuchayib ketishi natijasida ma’lum bir davr davomida eronliklarning Buyuk ipak yо‘liga bо‘lgan ta’siri kuchayadi. Ayniqsa ushbu yо‘lning g‘arbiy bо‘lagi ancha vaqtgacha ular nazorati ostida bо‘ladi. Eronliklar savdo ishlariga mohirligi va ularning manfaati bunga bevosita bog‘liq bо‘lganligi sababli, ular xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim о‘rin tutadi.
Shuning bilan birga Yaqin Sharq, Hindiston, Xitoy bilan savdoni о‘z qoliga oldi.
283 yilda boshlangan Rim imperiyasi bilan Armaniston hududi uchun kurash IV asrning oxiriga kelib ikki tomonning kelishuvi bilan tugadi. Bu kelishuvga muvofiq Armanistonning 4/5 283 yilda boshlangan Rim imperiyasi bilan Armaniston hududi uchun kurash IV asrning oxiriga kelib ikki tomonning kelishuvi bilan tugadi. Bu kelishuvga muvofiq Armanistonning 4/5 ismi
Sosoniylar hukmronligi ostiga о‘tgach, qolgani esa Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) ga kiritilgan.
V asr о‘rtalarida shoh Feruz hukmronlik qilgan yillarda Eronga nisbatan hujum kuchaydi. Feruz bir qator chegara qal’alarini qurishga majbur bо‘ldi. Ram-Feruz, Roshan-Feruz, Shahrom-Feruz kabi shaharlar qurildi.
Sosoniylar davlatida shahanshohning о‘zi boshqaradigan markaziy hokimiyat, Arshakiylar davridagidan ancha kuchli bо‘lgan. Ardasher I davridayoq vassal podsholiklarning bir qismi yо‘q qilindi, ularni о‘rnini Sosoniylar urug‘i a’zolari va shahanshohning noiblari almashib, egallashdi. Vassal podsholiklarni tugatilishi jarayoni III-VI asrlarda ham davom etdi, shundan sо‘ng ular asosan g‘arbdagi va sharqdagi chegara viloyatlarda saqlanib qoldi.
Ardasher I davrida zardо‘shtiylik davlat dini bо‘lib qoldi. Uning rahbarligida yagona ibodatxona tashkiloti barpo qilindi. Shopur I ning davrida kohin barcha afsungarlarning boshlig‘i bо‘ldi. Bahrom II davrida esa oliy kohin va butun davlatning sudyasi (hakami) hamda shahanshohning piri, ma’naviy ustoziga aylandi. Zardо‘shtiylik ibodatxonasi va Eron kohinlarining rahbarlari, sosoniylar davlatining asosiy siyosiy va iqtisodiy kuchlaridan biriga aylanishdi.
Sosoniylar davrida Eronining ijtimoiy va davlat tuzumi masalasida shuni aytish kerakki, bu quldorlik tuzimini inqirozga yuz tutishi va ilk feodal jamiyatining shakllanish davri bо‘lgan, xolos. III-IV asrlarda quldorlik munosabatlari hamon kuchli edi. Yunon va boshqa manbalar tez-tez eron qо‘shinlari tomonidan о‘n minglab kо‘plab odamlarni Suriya, Armaniston va boshqa mamlakatlardan qullikga haydab olib ketganliklarini eslatib о‘tadi. Asirlar bilan bir qatorda, ayrim hollarda soliqlarni tо‘lay olmagani tufayli dehqonlar ham qul bо‘lib qolishgan. Qullar zodagonlarni yer-mulklarida, bu yer-mulk qullari bilan birga sotilishi mumkin edi, shuningdek podsholikka qarashli hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan.
Qulchilik Eronda azaldan qishloq jamoasi bilan yonma-yon mavjud bо‘lgan, erkin qishloq jamoasi (ya’ni katak, yangifors, kadi) dastlab katta oila negizida tashkil topib, keyinchalik qо‘shni jamoaga aylangan, bunda katakxvatay (uy, xonadon og‘asi, yangifors, kodxuda) atamasi katta oila jamoasi boshlig‘i, keyinchalik esa-qishloq oqsoqoli ma’nosini anglatgan.
Qulchilik iqtisodiy jihatdan kuchliroq rivojlangan viloyatlar- Mesopotamiya va Xuzistonda kо‘proq tarqalgan, Fors va Midiyada esa ozroq darajada yoyilgan. Kaspiy bо‘yi viloyatlari va Sharqiy Eronda III-IV asrlarda hamon kо‘proq patrialxal-jamoa munosabatlari ustunlik qilgani, ilk feodal munosabatlar va qishloq jamoalarini yer egaligi zodagonlariga qaramga aylangani tо‘g‘risidagi ma’lumotlar V asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bо‘la boshlagan.
Sosoniylar davlatida rivojlangan byurokratik (boshqaruv) apparati (usuli) mavjud bо‘lgan. Eslatib о‘tilgan amaldorlardan tashqari boshqa kо‘plab oliy darajali harbiy va fuqaro mansabdorlari ham bо‘lgan: saroy gvardiyasi (saralangan qо‘shin) boshlig‘i (xazara-pat), otliq qо‘shin boshlig‘i, davlat omborxonalari boshlig‘i, chet ellik elchilarni qabul qilishni nazorat etadigan amaldorlar va boshqalar. Keyinchalik vazurg-framator (buyuk hukmdor, keyingi buyuk vazir lavozimiga mos kelgan) joriy etilib, butun ma’muriyatni boshlig‘i va podsho muhrini saqlovchi hisoblangan. Alohida, ayrim idoralar-divonlar ham mavjud bо‘lib, har birini alohida boshliqlari bо‘lgan.
Uncha katta bо‘lmagan podsho gvardiyasi-minglikdan boshqa muntazam qо‘shin (armiya) bо‘lmagan. Qо‘shin harbiy tabaqa a’zolaridan iborat otliq lashkardan tashkil topgan. Otliq askarning qurol-aslahasi uzunligi 2 metrgacha bо‘lgan nayza, kamon-yoy о‘qdoni (sadoq) bilan, shamshir (qilich), sekira (sopi uzun bolta), drotik (kalta nayza) va arqon (arg‘amchi)dan iborat bо‘lgan. Kо‘makchi qо‘shinlar, shuningdek otliq qо‘shinlar, tog‘liklardan va kо‘chmanchi-eronliklardan va boshqalardan tashkil topgan. Piyoda qо‘shin, alohida tanlov asosida olingan dehqonlardan tashkil topib, yaxshi qurollanmagan va о‘rgatilmagan bо‘lsada, ulardan faqat yordamchi kuch sifatida, oboz (yuk ortilgan aravalar karvoni) xizmati uchun va qamal paytida foydalanilgan; otliq qо‘shinga nisbatan piyodalarni ahvoli qо‘shinda tenglashtirilib bо‘lmaydigan va kamsitilgan darajada bо‘lgan.
Eron hududlari Ardasher I va Shopur I larning davrida tо‘la birlashtirildi va undan g‘arb hamda sharq tomonlardagi ulkan hududlar qо‘shib olindi.
Sosoniylar shohi Shopur I yozdirgan “Zardusht Ka’basi”da kushonlar saltanatining hududi haqida:”Kushonlar mamlakati Peshovar, Qashg‘ar, Sug‘d va Chochgacha chо‘zilgan”,-deyiladi.
Tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar, xususan Rim imperiyasi ustidan qozonilgan g‘alabalar, Eron davlatini mustahkamlanishi va shahanshoh hokimiyatini kuchayganligini aks ettirgan. Parfiya podsholigi hududida kо‘psonli yarim qaram «podsholiklar» bor edi; о‘rta fors adabiyotining an’analariga kо‘ra, bu mulk egalarining 240 tasidan 90 tasi Ardasher I tomonidan tugatildi.
Sosoniylar Eronida ichki siyosatda dinning о‘rni masalasida aytib о‘tish mumkinki, sosoniylar davrida zardо‘shtiylik davlat dini bо‘lib qoldi. Bu dinning asoschisi Zaratushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” va u paydo bо‘lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi kо‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi.
Juda kо‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zaratushtra afsonaviy bо‘lmasdan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U grek-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardо‘sht, о‘rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.
Zardо‘shtiylik Sosoniylar davrida (milodning III-VII asrlari) uzil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardо‘shtiylikning adabiyoti ham keng tarqaldi. Shuni aytish kerakki, dastlabki paytlarda zardо‘shtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlardan og‘zaki yetkazilgan va Zaratushtra о‘limidan keyin bir necha asr о‘tgach ma’lumotlar tо‘planib, yagona matn yozilgan.
Zardо‘shtiylik muqaddas kitobi Avesto shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardо‘shtiylik an’analariga tayanib, Avestoni ilk sosoniylar (III-IV) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil.avv. I asrlarda bо‘lib о‘tgan deb hisoblanadi. Avesto tarjimasi ham о‘sha paytda paydo bо‘lgan bо‘lib, u о‘rta fors tilida “pastak”, ya’ni ”asos”,”asosiy matn” degan ma’noni bildiradi.
Musulmonlarda “Qur’on”, nasroniylarda “Bibliya” bо‘lganidek, Avesto-zardо‘shtiylik dinining matnlari tо‘plamidir. Bu tо‘plamlar turli vaqtlarda va turli joylarda vujudga kelgan. Barcha joylarda zardо‘shtiylik ibodatxonalari mavjud bо‘lib, ularda о‘chmas olov ushlab turilgan. Uchta asosiy otash ibodatxonalari Aturpatkanda (Ozarbayjon)-podsho va jangchilarni olovi, Forsda-kohinlar olovi va Xurosonda-dehqonchilik olovi mavjud edi. Zardо‘shtiylik ibodatxonalari katta yer maydonlariga va boshqa moddiy boyliklarga ega bо‘lgan hamda ular davlatning asosiy iqtisodiy va siyosiy kuchlaridan biri bо‘lgan. Yagona davlat ibodatxonasini barpo etishda kohin Kartir katta rol о‘ynagan. U о‘z martabaga yetish faoliyatini Shopur I ni hukmdorligi davrida boshlagan, Shopurning vorislari vaqtida eng yuqori martabaga erishdi. 273-293 yillarda, Kartir “oliy kohin va shohning ruhiy rahnamosi” bо‘lib faoliyat kо‘rsatdi.
III asrdayoq zardо‘shtiylikning muqaddas kitobi-Avestoni matnlari tahrir qilingan. Uning keyin tо‘plab tartibga solish IV va VI asrlarda amalga oshirilgan.
Yangi sulolaning dastlabki shahanshohlari zardо‘shtiylik kitobi “Avesto”ni matnini tо‘plash va uni tahrir qilish tо‘g‘risida farmon berdilar va bu Shopur II davrida (309-379) tugallandi. Unga diniy matnlardan tashqari, falakiyotga, fazoga, huquq, axloq va boshqa matnlar ham kiritildi. Avestoning qadimgi tipi Sosoniylar davrida kо‘pchilik aholiga tushunarsiz bо‘lganligi uchun, keyinchalik unga maxsus izohlar tuzilib, ya’ni alohida Avesto alfaviti yaratilgan (bu alfavit bilan aynan bizga qadar yetib kelgan Avestoning matni yozilgan), shuningdek uning о‘rta fors tarjimasi va unga izohlar-“Zend” tuzilgan.
Zardо‘shtiylikning asosiy xususiyati-dualizmdir, ya’ni dunyoning yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmatdan iborat ekanligi va ular о‘rtasidagi tо‘xtovsiz kurashdan iboratligi. Bu kurash yorug‘lik xudosi Axuramazda bilan, zulmat xudosi Axraman о‘rtasida boradi. Bu kurashning oxirida yaxshilik, ezgulik, yorug‘lik g‘alaba qozonadi.
Eronda islom dini qabul qilingach, Avestoning katta qismi yо‘q bо‘lib ketadi. VII-VIII asrlarda arablar О‘rta Osiyo va Eronni bosib olgach, bu hududlarda Zaratushtra ta’limoti yо‘q qilinib islom dini yoyildi, zardо‘shtiylarning katta qismi XVIII asrda Hindistonga kо‘chib о‘tdilar. Hozirgi kunda zardо‘shtiylikka sig‘inuvchi xalqlar faqat Hindiston va Eronda yashaydilar. Zaratushtra о‘z zamonasida ham va undan keyin ham tarixiy shaxs bо‘lib qoldi. U yaratgan ta’limot esa ma’lum muddat deyarli butun Sharqqa va О‘rta Osiyoga yoyilib, kо‘pchilik davlatlar diniga aylandi.
III asrda Sosoniylar davlatida yangi din-moniylik vujudga keldi.
Moniylikning asoschisi Moniy Fatak (216-276) dir. U 216-yilda Taysafun (Ktesifon) yaqinida tavallud topgan. U onasi tomondan kelib chiqish aslzoda Eron urug‘idan bо‘lgan. Moniy 230-yilda Eron, О‘rta Osiyo, Hindiston bо‘ylab safar qilib, zardо‘shtiylik, buddaviylik, braxmanlik dinlari bilan va turli diniy ta’limotlar bilan tanishadi. 240-yildan boshlab Moniy о‘zining mustaqil ta’limotini targ‘ib qila boshlaydi. О‘z ichiga zardо‘shtiylik, buddaviylik, braxmanlik, xristianlik dinlarining ba’zi tomonlarini olgan bu ta’limot boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg‘ota boshlaydi. Jumladan, sosoniylar sulolasidan bо‘lgan Eron shohi Shopur I bu ta’limotni quvvatlab, Moniyni Eronga taklif etadi. Moniy 242-yilda Shopur I ning taxtga о‘tirib toj kiyish paytida birinchi marta о‘z ta’limotini bayon etib va’z о‘qiydi. Shopur I ushbu moniylik ta’limotini xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qо‘ymoqchi bо‘ladi. Biroq zardо‘sht kohinlari bu diniy ta’limotga shubha bilan qarab, unga keskin qarshi chiqadilar. Zardо‘sht kohinlarining kuchayishi tufayli Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Erondan qochishga majbur bо‘ladi. Shundan sо‘ng Moniy О‘rta Osiyo yerlarida, shu jumladan, О‘zbekiston hududida faoliyat kо‘rsatadi.
Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Uning ta’limotida borliqning 2 asosi: yorug‘lik-yaxshilik ruh olami bilan zulmat-yovuzlik materiya olamining о‘zaro kurashini e’tirof etuvchi zardо‘shtiylik dualizmi yotadi.
Moniy tarafdorlarining shiori: “Kimki boy bо‘lsa, keyin qashshoq bо‘lib sadaqa sо‘raydi va abadiy azob chekadi”. Moniylik keng tarqaldi. U О‘zbekiston hududidan tashqari Sharqiy Turkiston, Italiyadan to Xitoygacha yoyildi. Keyinchalik bu ta’limot Misr va Ispaniyagacha yoyildi.
Moniy 273-yilda Eronga qaytadi va shoh Bahrom I ning topshirig‘i bilan 275-yilda hibsga olinib, zindonband qilinadi va 277-yilda qatl etiladi.
Moniylik qisqa muddatda nafaqat Mesopotamiya va Eronda, balki Rim imperiyasida (Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha), О‘rta Osiyo sо‘ngra esa uyg‘urlar orasida ham keng tarqaldi. Moniylik mavjud ijtimoiy tuzumni inkor etgan va batamom tarkidunyo qilishga da’vat qilgan, norozilikni passiv, bо‘shang holda bо‘lsa ham hukmron jamiyat va davlatga qarshi qaratilganini tasavvur etgani tufayli, moniylar ham Eronda, ham Rim imperiyasida doimiy ta’qib va tayziqlarga duchor bо‘lishgan.
Moniylik ta’limoti Moniy о‘limidan keyin ham keng tarqaldi. U VIII asrda Uyg‘ur xonligida hukmron dinga aylandi. Buddaparastlik kabi moniylik ham Turkiston orqali Xitoyga kirib borgan. Ammo keyinchalik moniylik islom dini ta’qibiga uchraydi va asta-sekin Yevropa va Osiyo mamlakatlarida barham topadi. XIV asrga kelib bu diniy ta’limot Xitoyda ham ta’qiqlandi. Biroq moniylikdagi yaxshilik va yomonlik kurashi haqidagi dualistik ta’limot keyinchalik Yevropa mamlakatlarida pavlikanchilik, Sharq mamlakatlarida esa mazdakiychilik harakatlarini keltirib chiqardi.
V asr oxirida Eronda boshlangan mazdaklar harakati deb atalgan dehqonlar qо‘zg‘oloni hukmron tabaqa uchun juda katta xavf edi va bu G‘arbiy Osiyo hayotidagi tarixiy voqea bо‘lib hisoblanadi. Ushbu harakatning boshida Mazdak ibn Hamadoniy (470-529) ismli kishi turgan va harakat uning nomi bilan atalgan.
Bu oqim negizida ezgulik va yorug‘lik о‘rtasidagi kurash yotadi.
Mazdak, yomonlikning sababi tobora о‘sib borayotgan ijtimoiy tengsizlik deb anglab, bu yomonlikdan qutilishning asosiy yо‘li yana jamoada tenglikni о‘rnatishdir, deb hisoblaydi. Boylarning mol-mulkini tortib olib, kambag‘allarga bо‘lib berishni talab qildi: u boyliklar odamlarga bо‘lib berilsin, chunki ularning “odamlarning hammasi ham-bitta xudoning bandasi, hammasi ham-Odamatoning farzandi va hammasi ham bir xil narsaga muhtojdir”,-deb ta’lim berdi.
Mazdakka shaharlarda ham, qishloqlarda ham kо‘p odam ergashdi. Dehqonlar zodagonlarning yerini tortib ola boshladi hamda soliqlarni tо‘lash va majburiyatlarni о‘tashdan bosh torta boshladi. Mazdakiylar 488 yildan boshlab to VI asr 20-yillarining oxirlarigacha Eronning hamma yeriga о‘z ta’sirlarini о‘tkazib keldilar.
Hukumat dastlab harakatni bostirishga jur’at eta olmadi. Zodagonlar bilan teskari bо‘lgan shoh Qubod I ancha vaqtgacha bu mazhabga hatto homiylik ham qildi. Biroq harakat juda kengayib xavfli tus olib ketgandan keyin hukumat bu harakatga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirdi. Shohning о‘g‘li shahzoda Xisrav 529 yilda mazdakiylar ustiga jazo qо‘shini tortib, bu xalq harakatini qonga botirdi. Mazdak va uning minglab tarafdorlari qatl qilindi. Mazdakiylarning bir qismi О‘rta Osiyo mamlakatlariga qochib ketdi.
V asrda Bahrom V (421-439) davrida Eronda dehqonlarning ahvoli ancha og‘ir bо‘lgan. Kо‘pchilik dehqonlar о‘z yerlarini tashlab keta boshladilar. Dehqon xо‘jaliklarining xonavayron bо‘lishi natijasida sug‘orish inshootlari izdan chiqdi. Ayniqsa Feruz davrida ularning ahvoli ayanchli holga tushgan. Uning hukmronligi davrida yetti yillik hosilsizlik yillarida daryolar va buloqlar qurib qoldi, hayvonlar shu darajada och qolishganki ular о‘z gavdalarini kо‘tara olmay qolishgan.
Ekspluatatsiyaning kuchayishi, zodagonlar zо‘ravonligining kuchayishidan faqat oddiy jamoa a’zolari emas, balki ularning о‘rtasidan zodagonlarga qarama-qarshi qо‘yilgan “ozodilar” hatto о‘rta darajadagi harbiy va fuqarolik amaldorlik vazifalarini kо‘tara olmasdilar. Shuning uchun V asrda “ozodilar” va dehqonlar birgalikda о‘zlarini asoratga solinishiga qarshi otlandilar. “Ozodilar” va dehqonlar kichik va о‘rta yer egalari bо‘lib, ular yangi tug‘ilib kelayotgan feodal qatlamni tashkil etdilar. Ularning kurashi eski harbiy quldor zodagonlarga qarshi qaratilgan edi. Mamlakatning iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi, dehqonlar о‘rtasida norozilikning kuchayishi ayrim Shahanshohlardan о‘z siyosatlarini о‘zgartirishni, dunyoviy va diniy zodagonlarning ochkо‘zligini chegaralashga qaratilgan siyosat yuritishni taqazo qilardi, sababi bunday hol davlatning qudratiga putur yetkazar edi.
Ardasher II (379-383) Eron dehqonlarini 10 yil soliqdan ozod qilish tо‘g‘risida farmon chiqardi, ammo tezda zodagonlar uni taxtdan tushirdilar. Undan sо‘ng Yazdigard I (399-420) davrida qatag‘on yо‘li bilan qisman zodagonlarning siyosiy ta’sirini chegaralashga muvaffaq bо‘lindi, ammo u о‘zi yuritgan siyosatning qurboni bо‘ldi. Natijada sosoniylarning keyingi vakillari Bahrom V davridan boshlab, mutlaqo zodagonlar xonadonlarining ta’siri ostida bо‘ldilar.
Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati xiyoniylar bilan tо‘qnashadi. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xiyoniylardan yengiladi. Sо‘ngra о‘zaro sulhga kelishilib, hatto ular о‘rtasida ittifoqlik rishtasi bog‘lanadi. О‘rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tuzilib turardi.
Manbalarning guvohlik berishicha, kidariylar Eron sosoniylari bilan kо‘p martalab urushlar olib boradilar. Bu urushlar ayniqsa sosoniy podsholari Varaxran V (420-438) va Yazdigard II (438-457) davrlarida avjiga chiqadi. 456 yilda bо‘lib о‘tgan navbatdagi harbiy tо‘qnashuvlardan sо‘ng katta talofatga uchragan kidariylar qayta о‘zlarini о‘nglab ololmadilar.
Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki о‘rtadagi jangu jadallar Feruz hukmronlik qilgan davrda (459-484) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shohi eftallarga qarshi uch marta yurish qiladi.
Dastlabki janglardayoq u mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan о‘lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Bir oz vaqt о‘tgach, ikkinchi marta eftallarga qarshi qо‘shin tortadi. Feruzning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi ishtirok etadi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Feruz 30 xachir о‘lpon tо‘lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bо‘shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bо‘ladigan mablag‘ topiladi, xolos. Shohning Qubod ismli yosh о‘g‘li eftallar yurtiga garovga yuborilib, Feruz tutqunlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida eftallarga katta о‘lpon tо‘lab turiladi. О‘lponni shoh aholi boshiga og‘ir soliqlar solish yo’li bilan tо‘playdi.
Belgilangan о‘lponni tо‘lab bо‘lgach, Feruz eftallar bilan aloqani yaxshilashga harakat qiladi. Ular bilan quda-andachilik rishtasini bog‘lash maqsadida, raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftallarning iltimosiga binoan 300 nafar harbiy mutaxassislar yuboriladi. Ammo eftallar hokimi Kunxa Eron mutaxassislarining bir qismini о‘ldirishga, qolganlarini esa urib mayib qilishga buyuradi. Chunki shoh singlisi о‘rniga chо‘rilardan birini yuborib, eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla nayranggi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi.
Shu boisdan Feruz 484 yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg‘ol qilinib, Eron ustiga juda og‘ir о‘lpon yuklanadi. Garchi Feruz vorislari Qubod (488-531), Xisrav I Anushirvon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqchisi sifatida harakat qilingan bо‘lsada, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil tо‘lab turgan.
Mazdakiylar harakatini bostirgan Xisrav, otasi о‘lgandan keyin podsho bо‘ldi. Uning uzoq vaqt davom etgan podsholik davri (531—579) Sosoniylar tarixida eng muhim davrlardan biri bо‘ldi. Anushirvon- “О‘lmas” laqabini о‘zi ham mazdakiylarni tor-mor keltirgani uchun undan minnatdor bо‘lgan Eron hukmron sinflari о‘rtasida uning shuhrati baland bо‘lganligini bildiradi.
Xisravning о‘zi ham mazdakiylar harakatidan birmuncha saboq oldi. U yer-soliq tizimidagi о‘taketgan adolatsizliklarni yо‘qotish maqsadida bu tizimini qayta kо‘rib chiqish zarurligini tushundi. Uning buyrug‘i bilan hamma yerlar yangidan rо‘yxatga olindi — kadastrlar tuzildi: bunda tuproqning sifati, sug‘orilishi, qanday ekinlar ekilishi, daraxtlar va ish kuchining miqdori aniq hisobga olindi. Moliya amaldorlari — «mirzalar»—yerlardan olinadigan hosilni tubdan tekshirib chiqib, har yili soliq miqdorini hosilga qarab belgilaydigan bо‘ldi. Soliq ilgarigidek qisman natura shaklida, qisman pul shaklida olinardi. Jon solig‘i olish ham tartibga solindi, bu soliqlar yiliga bir marta qat’iy belgilangan muddatda va muayyan miqdorda olinadigan bо‘ldi.
Ruhoniylar, askarlar va amaldorlar jon solig‘idan butunlay ozod qilindi, lekin ular ham ma’lum miqdorda yer solig‘i tо‘lab turadigan bо‘ldi. Xisrav I savdoning rivojlanishiga homiylik qildi. U savdogar va sudxо‘rlarni davlat moliya organlariga bajonu dil xizmatga olib, ularning pul muomalasi sohasidagi amaliy tajribasidan foydalandi. Xisrav I zamonida kanal, damba tо‘g‘onlar va boshqa xil irrigatsiya inshootlari qurilishi juda avj oldi. Ktesifonda u muhtasham bir saroy qurdirdi.
VI asrda Eronning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xususida aytish lozimki, VI asrda Eronda feodal munosabatlar mustahkamlandi, ammo biroq bu ilk feodal jamiyati bо‘lib, bunda hamma dehqonlar ham yer egaligiga feodal qaramlikka tushmaganlar va quldorlik hamda patriarxal tartiblar, erkin dehqonlar – jamoachilar va kо‘chmanchi qabilalar saqlanib qolgan. Eski quldorlik zodagonlarini bir qismi feodal yer egalariga aylandi, boshqa bir qismi esa yangi shakllanayotgan zodagonlar bilan almashdi. Qishloq jamoasini ijtimoiy tabaqalanishi jarayonida unda о‘ziga tо‘q dehqonlar – yer egalari ajralib chiqdi; ularni dixqonlar (dehqonlar) deb nomlashdi. Ular sekin-asta mayda yer egalari – azatlar (harbiy tabaqaning quyi qismi) bilan qо‘shilishib ketishdi, natijada ularni ham, bularni ham dixqon (dehqon)lar deb atashdi. VII asrdan boshlab, endilikda ham mayda, shuningdek juda yirik, barcha feodal yer egalarini dehqonlar deb atay boshlashdi.
VI asrda Hindistondan Eronga yangi ma’danli о‘simliklar olib kirildi: guruch, shakarqamish (asosan Xuzistonga keltirilib ekish yо‘lga qо‘yildi), indigo (kо‘k bо‘yoq olinadigan о‘simlikni Kermanda о‘stirilishi yо‘lga qо‘yildi). Garchan Eronda shoyi tо‘qishlik IV asrdayoq yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsada(matoda ilgariroq bо‘lmasa), u asosan Xitoydan tashib keltiriladigan ipak xomashyosiga moslashgan edi. V asrning oxiri yoki VI asr boshlarida ipak qurtini boqish madaniyati О‘rta Osiyodan Eronga kirib keldi; VI asr mobaynida ipakchilik Marv vohasida va Gurgonda tо‘la qaror topdi.
Sosoniylar davlatining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan viloyatlari – poytaxti Ktesifon – Selevkiya bо‘lgan Mesopotamiya va shuningdek Xuziston – Tuster, Gundishapur va boshqa shaharlari bilan hisoblangan. Va biroq, Eronning boshqa, unchalik darajada rivojlanmagan viloyatlardagi kо‘pchilik shaharlar – Rey, Tabriz, Istaxr, Shapur, Nishopur, Marv va boshqalari – hunarmandchilik va savdoning markazlari bо‘lgan. Hammasidan ham eng rivojlangan tо‘qimachilik hunarmandchiligi bо‘lib, zig‘ir tolasidan, ipakdan, yungdan matolar va gilamlar ishlab chiqarishdan tashqari, shuningdek qurol-yarog‘ ishlab chiqarish ham rivojlangan edi.
Xisrav I hukmronlik qilgan davr boshqa xalqlarga qarshi urush olib borish bilan о‘tdi. U ayniqsa Vizantiyaga qarshi qattiq urushlar olib borgan edi.
Xisrav о‘z podsholik davrining boshlarida 532 yilda Yustinian I bilan «abadiy tinchlik» tо‘g‘risida shartnoma tuzadi. Lekin Vizantiyaning kuchayib ketishidan qо‘rqib, bu ahdnomani buzadi. 540 yilda u Suriyaga qattiq hujum qildi va Antioxiyani bosib olib, uni batamom yondirib yuborgan edi. Antioxiyaning aholisini asir qilib olib ketib, Ktesifon atrofiga joylashtirdi. Sо‘ngra urush Mesopotamiya bilan Kavkaz ortida davom etdi. U tо‘xtab-tо‘xtab 562 yilgacha chо‘zildi. Nihoyat, ikkala tomon holdan ketib, 50 yillikka mо‘ljallangan sulh tuzildi, ikkala tomon ham о‘zining ilgarigi chegaralarini saqlab qoldi. Biroq 570 yilda Xisrav Yamanni bosib oldi. Bu narsa Eron bilan Vizantiya о‘rtasida yana urush chiqishiga sabab bо‘ldi, bu urush 20 yil davom etib, Xisrav vafotidan keyin uning о‘g‘li zamoniga kelib tugaydi.
Biz о‘rganayotgan davrda dehqonlar va yer egalari о‘rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib borgan. Sosoniylar mazdakiylarni yо‘q qilishga muyassar bо‘lishmadi; ular Eronning qishloq joylrida yashirin faoliyat qо‘rsatishni davom ettirdilar, ayniqsa mamlakatning shimoliy hududlarida faollashganlar, va oqibatda yangidan boshlangan qо‘zg‘olonlarda о‘zlarini qо‘rsatdilar. Shaharliklarni, ayniqsa hunarmandlarni soliqlar miqdorini yuqoriligiga va soliq tо‘lovchi aholi о‘rtasidagi huquqiy tengsizlikka qarshi kurashi kuchaydi. VI asrning 50-yillarining о‘rtalarida Xuzistonda shahar aholisini qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tdi; qо‘zg‘olonga Xusrav I ning о‘g‘li, shahzoda Anoshazod boshchilik qilgan va u xristianlik mahzabida turgan. Xusrav II ning hukmdorligi vaqtida Nisibinda katta qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi, shuningdek bir qator mahalliy qо‘zg‘olonlar va zodagonlarning g‘alayonlari ham yuz bergan.
Eron sо‘nggi sosoniylar davrida ma’lum darajada inqirozga yuz tutadi. 602 yilda Vizantiyada harbiy tо‘ntarish amalga oshirildi; Xusrav II ning qaynotasi imperator Mavrikiy taxtdan ag‘darildi va о‘zining vorisi Foka tomonidan vahshiyliklarcha qatl etildi. Xusrav II о‘zining qaynotasini о‘limi uchun о‘ch, qasd olish bahonasida 604 yilda Vizantiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlaydi. Urushning birinchi bosqichda atoqli sarkardalar Shaxin va Shaxrvaraz boshchilik qilgan eronliklar qо‘shini, katta muvaffaqiyatlarga erishdi; 607 yilda butun Armaniston, Edessa shahri bilan Yuqori Mesopotamiya, 611 yilda Antioxiya hamda 613 yilda Damashq bilan qо‘shib butun Suriya, 614 yilda Quddus bilan birgalikda Falastin, 619 yilda esa Mirs uning poytaxti Aleksandriya bilan birga bosib olindi. Eronning qо‘shinlari hatto Kichik Osiyoga qadar bostirib kirishdi va 608, 615 va 626 yillarda uch marotaba Bosfor bо‘g‘oziga yetib borishdi va Konstantinopolni о‘ziga ham tahdid qilishdi.
622 yilda boshlangan urushning ikkinchi bosqichida Vizantiya imperatori Irakliy, turk davlati va uning hokimiyati ostidagi Shimoliy Kavkazdagi xazarlar bilan ittifoq tuzdi va harbiy harakatlarni olib bora boshladi. 628 yilda, boshida Irakliy g‘alaba qozonib va Armaniston hududidan о‘tib, Ktesifonga shimol tomondan yaqinlashdi. Eron harbiy zodagonlarning bir qismi, shohning monofizitlar blan yaqinlashuvidan norozi bо‘lgan savdogar-nestorianlarni qо‘llab-quvvatlashi bilan fitna uyushtirdi, buning natijasida Xusrav II taxtdan ag‘darildi va uning ketidan u о‘ldirildi. Uning о‘g‘li Shirue shahanshoh deb e’lon qilindi; u Vizantiya bilan tinchlik sulhi tuzdi, va Eron qо‘shinlari ular tomonidan egallangan barcha viloyatlarni tozalashdi. Shirue, raqiblarga ega bо‘lmaslik uchun Sosoniylar urug‘i a’zolaridan bir necha о‘nlab shaxslarni о‘ldirtirdi, lekin yarim yil muddat о‘tgach uning о‘zi ham vafot etdi. Ktesifonda tо‘rt yil mobaynida 10 nafar shahanshohlar almashtirildi – bularning barchasi turli zodagonlarga tо‘dalarini gumashtalari bо‘lib, ularni navbat bilan, galma-gal taxtga kо‘tarishgan va qо‘g‘irchoq podsholarni taxtdan tushirishgan; sarkarda Shaxrevaraz imperator Irakliyning qо‘llab-quvvatlashi bilan taxtni qо‘lga kiritdi, ammo oradan bir yarim oy о‘tgach esa taxtdan tushirildi. Nihoyat 632 yilda Xuroson hukmdori Rustam taxtga kichik yoshli Xusrav II ning nevarasi Yazdigard III ni о‘tkazdi, uning butun podsholigi (632-651) arab istilochilari bilan muvaffaqiyatsiz kurashda о‘tdi.
Xisrav I podsholik qilgan butun davr qо‘shni xalqlarga qarshi urush olib borish bilan о‘tdi, desa bо‘ladi. U ayniqsa Vizantiyaga qarshi qattiq urushlar olib bordi.
Xisrav о‘z podsholik davrining boshlarida Yustinian I bilan «abadiy tinchlik» tо‘g‘risida ahdnoma tuzgan edi (532). Lekin Vizantiyaning kuchayib ketishidai qо‘rqib, u oradan kо‘p vaqt о‘tmay, bu ahdnomani buzdi. 540 yilda u Suriyaga qattiq hujum qildi va Antioxiyani bosib olib, uni batamom yondirib yubordi. Antioxiyaning aholisini asir qilib olib ketib, Ktesifon atrofiga («Xisrav Antioxiyasi»ga) joylashtirdi. Bular grek-suriyaliklardagi har turli hunarlarning Eronga kirishiga kо‘p yordam berdi. Sо‘ngra urush Mesopotamiya bilan Zakavkazeda davom etdi. U tо‘xtab-tо‘xtab 562 yilgacha chо‘zildi. Nihoyat, ikkala tomon holdan ketib, 50 yillik sulh tuzildi, ikkala tomon ham umuman о‘zining ilgarigi chegaralarini saqlab qoldi. Biroq 570 yilda Xisrav Yamanni (janubiy Arabistonni) bosib oldi. Bu narsa Eron bilan Vizantiya о‘rtasida yana urush chiqishiga sabab bо‘ldi, bu urush 20 yil davom etib, Xisrav о‘lgandan keyin uning о‘g‘li zamonida tugadi.
Xisrav I о‘lgandan keyin Sosoniylar hokimiyati tushkunlikka yuz tuta boshladi. Feodallashayotgan zodagonlar markazga yaxshi itoat etmadi. Viloyatlarning katta-katta hokimlari Sosoniylarga qarshi uzluksiz qо‘zg‘olon kо‘tarib turdi. Feodallarning shahanshohga qarshi qaratilgan eng katta qо‘zg‘olonlaridan biri 590 yilda kо‘tarilgan Bahrom Chubin qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Bu qо‘zg‘olon Sosoniylarni ag‘darishiga sal qoldi. Shoh Xisrav II (510—628) Vizantiya imperatoridan yordam sо‘rashga majbur bо‘ldi va Vizantiya qо‘shinining yordami bilangina taxtini tiklab oldi. 591 yilda Eron bilan Vizantiya о‘rtasida sulh tuzildi, bu sulhga binoan Kavkaz ortidagi chegara chizig‘i Vizantiyaga о‘tdi.
VI asrning oxiri — VII asrning boshlarida eron xalq ommasining ahvoli juda yomonlashib ketdi. Feodallar zulmi va og‘ir soliqlar eron dehqonlarini butunlay xonavayron qildi, ular endi harbiy xizmatni ham tuzukroq ado etolmaydigan bо‘lib qoldi. Sosoniylar va ularni qurshab turgan feodallar ichki ziddiyatlarni tashqi urushlar yо‘li bilan hal qilishga urindi. 60 yillarda Vizantiya bilan yana urush boshlandi. Vizantiyaning о‘z ichidagi inqirozdan foydalanib turib, Xisrav II dastlabki vaqtda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. U Kichik Osiyoga bostirib kirdi va Marmar dengizining Osiyo qirg‘og‘ida va Konstantinopolning rо‘parasidagi Xalkidon shahriga yaqinlashib bordi, lekin keyin chekinishga majbur bо‘ldi.
613— 620 yillarda Xisrav II Suriyani, Falastin va Misrni zabt etdi. Biroq 623 yildan boshlab Vizantiya imperatori Irakliyning о‘zi hujumga о‘tdi. 628 yilda vizantiyaliklar Ktesifonga yaqinlashib kelib, Sosoniylar poytaxtini bosib olish xavfini tug‘dirdi. Mamlakatda shohdan norozilik kuchaya boshladi. Bundan foydalanib, zodagonlar Xisrav II ga qarshi fitna uyushtirdilar. Zodagonlar tomonidan shoh qilib kо‘tarilgan Qubod II (Xisrav II ning о‘g‘li) otasiga qarshi urush ochib, otasini asir oldi va uni qatl qilishni buyurdi. Vizantiya bilan sulh tuzildi, bu sulhga muvofiq vizantiyaliklar qо‘ldan ketgan hamma yerlarini qaytarib oldi.
Xisrav I Anushirvonning islohotlari xususida sо‘z yuritishdan oldin shuni ta’kidlash lozimki, mazdakiylar harakatining oqibatida eski aslzodalar va kohinlar kuchsizlanib, о‘ta zaif bо‘lib qoldi.
Xisrav I Anushirvon (531-579) bir qator islohotlarni amalga oshirdi, shu jumladan, bularning ichida soliq sohasida ham islohotlar о‘tkazdi. Ilgari yer solig‘i hisoblangan xirag (xiroj), ya’ni natura, olingan hosilni ma’lum bir qismi kо‘rinishida о‘ndan bir 1/10 qismidan boshlab, to uchdan bir 1/3 qismigacha undirilgan va bunda sug‘orilishi, yerni hosildorligi va uning katta savdo shaharlariga yaqin joylashganligi sharoitlariga bog‘liq bо‘lgan. Endilikda esa soliqning doimiy miqdori joriy etildi, belgilandi, hosilning о‘zgarib turishidan qat’iy nazar ma’lum bir belgilangan miqdorda pul shaklida tо‘langan; bir garib (ya’ni 3600 kvadrat tirsak, ya’ni lokot ) yerdan bug‘doy va arpa ekilgan bо‘lsa har yili bir dirhamdan undirilgan, bir garib uzumzordan – 8(sakkiz) dirham, bir garib bedazordan – 7(yetti) dirham; har 6(olti) ta zayrun daraxtlaridan bir dirxamdan, har bir 6(olti) ta «iroq» xurmo daraxtlaridan bir dirxamdan, har 4(tо‘rt) ta «fors» xurmo daraxtlaridan bir dirham va har 10(о‘n) ta boshqa turdagi mevali daraxtlardan bir dirhamdan soliq undirilishi belgilangan.
Jon solig‘i – gezit – barcha soliq tо‘lovchi tabaqalarga solingan; 20 yoshdan 50 yoshga qadar bо‘lgan har bir erkak aholidan, uning mulkiy holatidan kelib chiqib, 4, 6, 8 yoki 12 dirhamdan undirilgan. Aftidan, islohotlardan keyin ham iqtisodiy jihatdan qoloq viloyatlarda soliqlar mahsulot tarzida undirilgan.
Xusrav I Anushirvon о‘tkazgan islohotlarning eng muhimlaridan biri soliq islohoti bо‘ldi, bunda ilgarigi kо‘psonli yig‘imlar bekor qilindi va ikkita asosiy soliq turi joriy etildi: xiroj – endilikda yer solig‘i bо‘lib qoldi, va juzya ya’ni jon solig‘i belgilandi.
Xisrav I Anushirvon о‘tkazgan islohotlar natijasida quyidagi о‘zgarishlar qilindi:
-Xalq qо‘zg‘oloni natijasida qо‘lga kiritilgan yerlarning katta qismi musodara qilindi va davlat yer fondi tarkibiga kiritildi;
-Quldor zodagonlar qо‘lidan tortib olingan yerlarning ikkinchi qismi yangi egalari qо‘liga о‘tdilar;
-Hukmron sinf tarkibida ham о‘zgarish sodir bо‘ldi. Yerlardan mahrum bо‘lgan mulkdor tabaqa vakillarni va ”ozodiylar” dan chiqqan vakillarni Xisrav podshohlik xizmatiga jalb etdi. Bu yо‘l bilan u butun borlig‘i bilan Shahanshohga bog‘liq bо‘lgan, yangi mulkdor tabaqaning paydo bо‘lishiga imkon tug‘dirgan.
Xisrav I, mazdakiylar harakati oqibatida kambag‘allashib qolgan qadimgi aslzoda urug‘larning oilalariga moddiy jihatdan kо‘maklashdi, yordam berdi. Shu bilan birga u zodagonlarni zо‘rovonligini yangidan boshlanishiga qarshi chora – tadbirlar kо‘rdi. Sosoniylar davlatida shahanshohdan keyingi birinchi shaxs vazurg framatar bо‘lib qoldi, shahanshoh uni har qachon ham almashtirishi mumkin edi. Endilikda eran – spaxpat lavozimi bekor qilinib, tugatildi; harbiy qо‘shin endilikda tо‘rt nafar qо‘mondonlarga bо‘ysunishadigan bо‘ldi: Shimoliy, G‘arbiy, Sharqiy va Janubiy viloyatlarni qо‘mondonlari endilikda shahanshohdan keyin ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi va beshinchi о‘rinni egallashgan; mobedan mobed endilikda faqat 6-chi(oltinchi) о‘rinni egalladi, shunday qilib, kohinlarning obrо‘siga putur yetkazildi. Xusrav I davrida harbiy tabaqaning lashkari bilan bir qatorda, kо‘chmanchilardan iborat muntazam harbiy qismlar, shuningdek Kavkazda va sharqiy chegaralarda harbiy qishloqlar barpo qilindi.
Xusrav I Anushirvon davrida eski zodagonlarning bir qismi davlatga va podshoga bevosita iqtisodiy jihatdan qaram bо‘lib qoldi, chunki ularni moddiy jihatdan qо‘llab–quvvatlasada, eski zodagonlarning ilgarigi siyosiy zо‘ravonliklarini qayta tiklanishiga yо‘l qо‘ymaslikka harakat qilishdi.
589 – 590 yillarda Xurosonda Bahrom Chubin boshchiligidagi qо‘zg‘olon boshlandi, poytaxtda esa zodagonlarning bir guruhi fitna uyushtirib, Xurmuzd IV ni taxtdan ag‘darishdi va о‘ldirishdi, keyin esa Xusrav II ni podsho deb e’lon qilishdi.
VI asrda Sosoniylar davlati Qubod I – Xusrav I Anushirvon davrida ayniqsa tashqi siyosatda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 558 – 568 yillarda eftalitlar tor – mor qilingach, Amudaryoni chap qirg‘oq tomonidagi va Afg‘onistondagi hududlar yana Sosoniylar davlati tarkibiga qо‘shib olindi, 570 yilda Yaman bosib olindi, Sosoniylar davlati hududlariga bostirib kirgan turk qabilalari 589 yilda tor – mor etildi.
Sosoniylar davlatining Vizantiya bilan olib borgan urushlari Xusrav II davrida muvaffaqiyatsiz yakunlandi va 628 yilda Xusrav II ning о‘zi Eron zodagonlari tomonidan taxtdan tushirildi. Xusrav II davrida olib borilgan uzoq davom etgan urushlar oqibatida Sosoniylar davlatining siyosiy va iqtisodiy qudrati yemirildi. 628 – 632 yillar oralig‘ida Sosoniylar davlatida 10 ga yaqin hukmdorlar almashdi. Yazdigard III davrida Sosoniylar davlati arab bosqiniga yetarli tarzda qarshilik kо‘rsata olmadi va Sosoniylar davlati arab xalifaligi tomonidan tugatildi.
Oxirgi Sosoniy Yazdigard III ning (632-652) mamlakatda hech qanday obrо‘si yо‘q edi. Bir qancha viloyatlar unga nomigagina bо‘ysunar edi. Bu vaqtda kuchli harbiy davlat bо‘lib birlashib olgan arablar Fors davlati yerlariga hujum boshladi va forslarning hech qanday jiddiy qarshiligiga uchramay, tez orada g‘alaba qozonishdi. Eron davlatining g‘arbiy chegarasi, ichki Arabiston tomondan bо‘ladigan kо‘chmanchi arablar – badaviylarning hujumlaridan himoyasiz bо‘lib qoldi. Eronliklar qо‘shinini mag‘lubiyatga uchrashiga olib kelgan, 604 va 611 yillar oralig‘idagi badaviylarni bosqinlari, keyinchalik Eronni arablar tomonidan bosib olinishini va VII asrning о‘rtalarida sosoniylar imperiyasi о‘zaro ichki kurashlar, tobe xalqlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari hamda jabr-zulmdan qiynalgan dehqonlar va hunarmandlarning g‘alayonlari natijasida zaiflashib qoladi. Bu hol arab istilochilari uchun qulay sharoit tug‘dirgan edi. Natijada VII asrda sosoniylar imperiyasi arablarning zarbasiga bardosh qila olmasdan qulaydi.
Dostları ilə paylaş: |