oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki tomonidan beriladigan
ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishi kerak. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan banklarning
ro‘yxati Markaziy Bankning davriy bulletenida chop qilib boriladi.
Valuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
-
valuta schyotini ochish to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza;
-
ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
-
korxona tuzilganligi yoki ro‘yxatga olinganligi haqidagi qarorning notarial tartibda
tasdiqlangan nusxasi;
-
korxona ro‘yxatga olingan joydagi soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga
qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-
imzolar namunalari va muhr
izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha
(kartochka);
Korxonaning valuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi:
-
eksport tovarlariga haq to‘lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan o‘tkazilgan
summalar;
-
schyotlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun
boshqa sohiblar (norezidentlar,
birinchi vositachilar, transport, sug‘urta va boshqa
tashkilotlar)ning valuta schotlaridan o‘tkazilgan summalar;
-
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan
ruxsat etilgan boshqa
manbalar.
Valuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha quyidagi
maqsadlarga foydalanishi mumkin:
-
schyot egasining eksport-import muomalalari bo‘yicha qabul qilingan bank
shaklida chet elga o‘tkazilishi;
-
keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to‘lash uchun chet
elga o‘tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan
tashqi iqtisodiy
tashkilotlarning schyotlariga o‘tkazilishi;
-
korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar haqini to‘lash uchun boshqa sohiblar
(norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug‘urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta
schyotlaridan o‘tkazilishi;
-
bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy valutada olingan
kreditlar bo‘yicha qarzni,
pochta-telegraf, xizmat safari xarajatlarini to‘lash, valuta
bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;
-
qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida
shartnoma tuzilib unda
hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish
haqi, mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va
boshqalar ko‘rsatiladi.
5200-«Valuta schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»
kredit
ma’lumotlari 2/1-jurnal orderda yozib boriladi va ushbu schyotning debet summalari 2/1-
vedomost orqali nazorat qilib boriladi.
Demak, 5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining kirimi, kreditida
esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: