Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot
ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil
qilingan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. «O‘zbekiston
Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy
shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla,
to‘liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati,
ijara, fermer (dehqon) xo‘jaliklari va boshqalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda
buxgalteriya hisobi
sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib
qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib,
rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi.
Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab -
bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday
tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq
xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim.
Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir
bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va
uning natijalarini son
ko‘rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni
ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va
kelgusidagi strategik
dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning bajarilishi
ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik vazifasi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi
zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi
tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo‘yicha
kadrlar tayyorlash va
ular malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik
shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun
majburiy bo‘lgan hisob va hisobot masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy
ko‘rsatmalar ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha metodologik rahbarlik ham Moliya
vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib
boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan
kelishilgan holda buxgalteriya
hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va
hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi,
buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi.
Buxgalteriya hisobi — bu, kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim
korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini
uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya
hisobining
maqsadi foyda- lanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgal-
teriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat.
Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari korxona ishlab chiqarish xo‘jalik
faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar- dan tashkil topadi:
1.
Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o‘z vaqtida aks ettirish va nazorat qilish.
2.
Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish.
3.
Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish.
4.
Korxona rahbari va ma’muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni zarur hisobot
ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: