ma’lumot.
6.
Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.
Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining
harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.
Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa
pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning
ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi.
Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga
asosan amalga oshiriladi;
1.
To‘lov topshiriqnomasi.
2.
To‘lov talabnomasi.
3.
Inkassa topshiriqnomalari.
4.
Pul cheki.
5.
Pul badallari haqidagi e’lon.
To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z
schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu
shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish
to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob- lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi
blankda topshiriq- noma taqdim etadi.
Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli,
muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.
Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
—
bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan
oldin;
—
tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li
bilan;
—
yirik bitimlarda qisman to‘lovlar.
To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk
jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank
orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to‘lovlarni ta’minlash
zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni
oluvchi unga xizmat
ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash
talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
To‘lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o‘rtasida
yuklab jo‘natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun,
boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan
hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy
hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan
kunning ertasiga to‘lanadi.
To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi
talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga
olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.
Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari
talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi
korxonalar schyotlaridagi
mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi:
budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablag‘larni
hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning
farmoyishlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha.
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilarning
to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida
amalga oshiriladi.
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan
oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar,
xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun naqd
pullarni bank cheki asosida
korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul
summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki
sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt,
oluvchining nomi,
shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning
hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi,
u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini
hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: