I.KIRISH
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
ustuvor vazifalarga
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro
standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shartsharoitlar
yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son
qarori
qabul qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha qo‘mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting)
hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017-yilning
yanvar — iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o‘rganish
bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida
nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy
amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani
oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga
joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi,
shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi
zamonaviy talablarga javob
bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining
yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga
qo‘yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining
istiqbolda
kadrlar
tayyorlashga
buyurtmalarini
shakllantirish,
bitiruvchilarga
qo‘yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim
dasturlarining o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun
ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti. Shu bois talabalarning
malakaviy amaliyoltlarga qanshishi ularga biriktirilgan amaliyot
rahabrlari tomonidan
qattiq nazoratga olingan va ulaga yetarli malakaviy bilimlar berib borilmoqda.
Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar
manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir.
Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini
ko‘tarishdan iborat, chunki iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va
ma’suliyat bilan
mehnat qilish hisoblanadi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini
keskin oshirish, o‘z qobiliyatini to‘liq
sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi
kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning
haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin. Bu juda murakkab
masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs - ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida
bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga bog‘liq
holda uning shaxsiy
manfaatlari (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar
bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar o‘rtasidagi
iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ularning maqsadlari, mehnat
intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so’nggi o’tgan yillar davomida bosib
o’tilgan yo‘l, xalqimizning kuch-qudrati buyuk bunyodkorlik ishlariga qodir ekanligini
isbotlamoqda. Bugungi kundagi ilmiy-tехnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p
sonli tarmoqlari qatorida ta‘lim sohasiga ham zamonaviy tехnologiyalami joriy etishni va
uni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni taqozo etmoqda. Bu masalani bugungi kunda
qanchalik dolzarb ekanligini Prеzidеntimiz Sh.M.Mirziyoyеvning quyidagi fikrlari ham
tasdiqlamoqda:
Dostları ilə paylaş: