Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


O`zbek tilining lug`at tarkibi



Yüklə 233,9 Kb.
səhifə2/4
tarix17.12.2022
ölçüsü233,9 Kb.
#75864
1   2   3   4
So`z tarkibini o`rganishda leksik mashqlarni tashkil etish

O`zbek tilining lug`at tarkibi
Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibi o`zbek tilining butun tarkibiy taraqqiyoti davomida shakllangan. Tildagi so`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbalari ham har xil. So`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbaidan qat’i nazar, o`zbek millatiga mansub kishilar tilida qo`llanadigan barcha so`zlar o`zbek tilining lug`at boyligini tashkil etadi. Demak, tildagi barcha so`zlar yig`indisi lug`at tarkibini tashkil etadi. Tilning lug`at tarkibi qanchalik boy bo`lsa, unda fikrni mukammal ifodalash imkoniyati mavjud bo`ladi.
Tilning lug`at tarkibi jamiyat taraqqiyoti jarayonida boyib boradi va o`zgarib turadi, ya’ni ayrim so`zlar ehtiyojning yo`qligi yoki uning o`rnini bosadigan so`zning yuzaga kelishi bilan iste’moldan chiqib ketadi, yangi tushunchalarni ifoda etadigan so`zlar kirib keladi.
Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibini quyidagi turkum so`zlar tashkil etadi:
1. Kundalik turmushda ishlatiladigan hamma uchun tushunarli bo`lgan so`zlar:

1) oziq-ovqatga doir narsalarning nomlari: yog`, guruch, mosh, loviya, piyoz, kartoshka, sabzi, polov, arpa, bug`doy, un, shakar, non;


2) narsa-buyum, qurol nomlari: bolta, tesha, randa, arra, kosa, tovoq, taroq, daftar, ruchka, kitob, qalam, mashina, samolyot, poezd, elak, chakich, belkurak, ketmon, qamchi, pichoq;
3) tabiiy borliqqa oid nomlar: quyosh, er, oy, yulduz, osmon, chaqmoq, zilzila, shamol, qor, yomg`ir, bulut, tuman, o`t, suv, daryo, tog`, tosh, daraxt, kecha, kunduz, tun, yorug`lik, oy, yil;
4) tirik mavjudot va ularning tana a’zolari nomlari: kishi, odam, er, xotin, chol, kampir, qari, yosh, dehqon, bog`bon, shifokor, o`qituvchi, do`st, dushman, mehnatkash, qush, hayvon, buzoq, mol, sigir, ot, mushuk, ilon, toshbaqa, chivin, qo`l, oyoq, bosh, tish jigar, qorin, ichak, kurak, burun, lab, ko`z;
5) qarindoshlikka oid nomlar: ota, ona, buva, buvi, momo, amaki, amma, xolla, tog`a, aka, opa, singil, uka, o`g`il, qiz;
6) jamiyatga oid nomlar: vatan, mamlakat, yurt, xalq, armiya, davlat, tuzum, jamiyat, tashkilot, hokimiyat, sud, prokrotura;
7) harakat bildiruvchi so`zlar: yurmoq, turmoq, o`tirmoq, yotmoq, uxlamoq, uyg`onmoq, yuvmoq, bormoq, kelmoq, kulmoq, yig`lamoq, gapirmoq, o`smoq;
8) miqdor bildiruvchi so`zlar: bir, ikki, uch, to`rtinchi, oltinchi, o`ninchi, ming, o`n ming, ko`p, oz, picha, sal;
9) olmoshlar: men, sen, biz, siz, u, ular, ana, manna shu, o`sha, ana shu, kim, nima, qaysi, qachon, qaer, hamma, barcha;
10) holat va belgi nomlari: yaxshi, yomon, kuchli, qo`rqoq, to`g`ri, egri, baland, past, katta, kichik, achchiq, chuchuk, shirin, oq, qora, qizil, sho`x, eski, yangi, o`tkir, o`tmas, asta, sekin, tez;
2. Jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq holda tilda paydo bo`layotgan yangi so`zlar, iboralar: bakalavr, magistr, magistratura, menejment, broker, fermer.
3. Iste’moldan chiqib ketgan va ketayotgan so`zlar: pud, botmon, mingboshi, jallod, sekretar, revolyutsiya, oblastь, rayon, ministr.
4. Kasb-hunarga doir so`zlar: ag`darma chok, bigiz, sakmanchi (qo`zilarga qarovchi chorvador), dehqon (kulolchilikda ishlatiladigan tosh o`g`ircha), randa, oxorcha, tahlilchi va boshqalar.
5. Fan-texnikaga doir atamalar: ega, kesim, gap, so`z turkumi, ot, tovush, atom, zaryad, chumchuq, hujayra, qo`shuv, oluv, bo`luv, ko`paytiruv, fizika, professor, dotsent, xirurg.
6. His-tuyg`ularni ifodalaydigan so`zlar: ura, yasha, hormang, rahmat, barakalla, oh, voh, uh, ehhe, likillamoq, jimir-jimir.
7. SHevaga oid so`zlar: satil (chelak), so`ri (ishkom, supa), kura (xo`tik), et (go`sht), sipsa (supurgi), kosa (piyola).
8. Jargon va argolar: oftobi olam, olam panoh, loy, yakan (pul), danab (xotin), kalmata (so`z), otar (to`y), qiviz (non) va boshqalar.

Yüklə 233,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin