DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
80
Xullas, odamzod uchun o‘zi va o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning
xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq
muammolar azalazaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bolib
kelmoqda. Suqrotning «O‘zligingni angla», «O‘zingni bilsang, olamni bilasan»
degan hikmatli so‘zlari har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi.
Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug‘
mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan.
Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita
daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bolmasa, unga foyda keltirmasa,
jamiyatning oglrini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu
ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bolgan fanlarni, ilmlar va bilimlar
tizimini yaratgan. Bu borada «Odam», «inson», «shaxs» tushunchalari qollaniladi
va ularni kundalik hayotda qariyb bir xil ma’noda ishlatish hollari uchraydi.
Ammo ular orasida ilmiy jihatdan muayyan farqlar ham yo‘q emas. «Odam»
tushunchasi biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan tirik
jonzotga, odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa jonzotlardan farq
qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, ijtimoiy mehnat qila olish
qobiliyati va boshqalardir. «Inson» tushunchasi esa odam zotini muayyan
darajadagi ijtimoiy xususiyatlar va jihatlarni o'zlashtirib olganligi bilan bogliq
kamolot darajasini ifodalaydi. Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham asosiy
xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan ma’naviy-axloqiy kamolotga
yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson va shaxsga nisbatan rang-
barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni uchratish mumkin.
«Inson» tushunchasi va uning falsafiy talqini. Inson avvalo tiriklikning eng
oliy mo‘jizasi, boshqa jonzotlardan ajralib turuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida,
tabiiy-tarixiy qadriyatdir. Insonni ontologiya /grekcha — borliq, nazariya,
ta’limot/ va antropologiya /grekcha — inson, ta’limot/ nuqtayi nazaridan, ya’ni
insonni borliqning bir qismi sifatida talqin qilish /ontologiya/ va uni vujudga
kelishi, ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishi bilan bog‘liq tadqiqotlar
/antropologiya/ hamon davom etmoqda. Inson — tarixiy taraqqiyot jarayonida
turli xislatlar, sifatlar va xususiyatlarga ega bolgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni
qiyofasida aks ettirgan ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatdagi asosiy qadriyatdir.
Shu bilan birga u olamga ijtimoiy munosabatda bolish, odamlar bilan muomala
va aloqaga kirishish, mehnat qilish asosida moddiy va madaniy boyliklarni
vujudga keltirish, tafakkuri, his-tuyg‘ulari, fikrlarini tili vositasida ifodalash kabi
xususiyatlarga ega bolgan umumijtimoiy vujud hamdir. Inson jamiyatsiz
yashayolmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bolmaydi. Har qanday jamiyat