Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunitiv Reja


Shaxsning kommunikativ xususiyatlari –



Yüklə 45,29 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü45,29 Kb.
#133805
1   2   3   4
Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunitiv

Shaxsning kommunikativ xususiyatlari – bu insonning muloqot sohadagi uning ijtimoiy muhiti uchun ahamiyatli bo’lgan xulq – atvor xususiyatlarning barqaror tavsifidir. Muayyan shaxs boshqa insonlar bilan birgalikdagi faoliyatning ko’pqirrali tizimida ishtirok etadi va bu muloqotida mavjud bo’ladigan xilma – xil shaxsiy uslublarlarning jamlanishi va mustahkamlanishini belgilab beradi.
Shuningdek muloqot subyektida uning kommunikativ imkoniyatlarini belgilab beruvchi muayyan kommunikativ potensial mavjud bo’ladi.
Shaxsning kommunikativ xususiyatlari, kommunikativ potensial shaxs tuzlimasini tashkil etuvchi komponentlar, ichki tuzilmalar bilan aloqadorlikda bo’ladi va muloqot sohasida inson xulq – atvoriga hamda umumiy tarzda shaxsning barcha komponentlariga o’z belgisini qo’yadi (ta’sir o’tkazadi).
Psixologiyada shaxsning kommunikativ xususiyatlarini o’rganish uchun aynan shas va muloqot muammosi borasidagi tadqiqotlar boshlang’ich baza bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, shaxs muammosini tadqiq etishga Rossiya olimlari ham, xorij olimlari ham (A.F. Lazurskiy, G. Olport, R. Kettel va h.k.) jiddiy hissa qo’shishgan.
Muloqot muammosini konseptual tarzda qayta ishlash eng avvalo muloqotga insonning psixik rivojlanishi, uning ijtimoiylashuvi va individuallashishi, shaxsiyati shakllanishi uchun muhim shart sifatida qaragan B.G. Ananev, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, V.M. Myasishev, S.L. Rubinshteyn nomlari bilan bog’liq. Muloqotni turli xil yondashuvlar nuqtai – nazaridan to’liq tahlil V.V. Rijov ishlarida amalga oshirilgan. U psixologiyada muloqotni, faoliyatni, umuman psixik hodisalari tadqiq etishining yangi tamoyili – muloqot va faoliyat birligi tamoyili paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Yoki juda bo’lmaganda ular murakkab o’zaro aloqadorlikda. Uning fikricha, shu sababli muloqotning o’zi hamkorlik qilayotgan insonlarning ularning birgalikdagi faoliyatida, hamkorligida yaxlit tizim yaratishga yo’naltirilgan maxsus faoliyati hisoblanadi.
Umumiy tarzda shaxsning kommunikativ xususiyatlarini tadqiq etishga uch yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: analitik, polikomponent va tizimli.
Analitik yondashuv doirasida shaxsning alohida kommunikativ xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotchilar alohida kommunikativ xarakteristkalarni o’rganishda asosan kirishimlilik, empatiya va o’ziga ishonganlikka to’xtalishgan.
Kirishimlilik shaxsning muloqot muvaffaqiyatini belgilovchi zaruriy sifati hisoblanadi. Empatik kechinmalar muloqot, shaxsning o’zaro ta’siri muammolariga aloqadorlikda o’rganiladi. Bizning davrimizda empatiyani aniq ta’riflash masalasi bo’yicha alohida kelishuv mavjud emas. Ammo, Rossiya va xorij psixologlari empatiya shaxslarning o’zaro ta’sirlashishlaridagi zaruriy xususiyat ekanligini ko’p marotaba ta’kidlashgan. Shuningdek shasning kommunikativ xususiyatlari orasida o’ziga ishonganlik ham muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunga kelib ishonganlikni o’rganish va tasvirlashda butunlau farqli pozitsiyalar qayd etilgan ko’plab nashrlar mavjud. Ammo shu paytgacha ushbu fenomen mohiyati bo’yicha yagona tushuncha mavjud emas.
Kirishimlilik, empatiya, o’ziga ishonganlik bilan bir qatorda shaxsning kommunikativ qobilyatlari ham keng tarzda o’rganilgan. Kommunikativ qobilaytlarni o’rganish kommunikativ xususiyatlarni tadqiq etishda polikomponent yondashuvning muhim qadami bo’lgan.
B.G. Ananev, A.G. Kovalev, A.N. Leontev, V.N. Myasishev, B.M. Teplov, SL. Rubinshteyn ishlari sharofati bilan qobilyat muammosiga ilmiy yondashuv konteksti: uni albatta faoliyat bilan aloqadorlikda ko’rib chiqish aniqlashtirilgan.
Xorij va rus psixologiyadagi adabiyotlar tahlili ko’rsatadiki, “kommunikativ qobilyatlar” tushunchasi hamma tomonidan bir xil qabul qilinmagan. Rus psixologlari ham, g’arb psixologlari ham ko’p hollarda “kommunikativ kompetentlik” atamasini qo’llashadi. Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish va mukammallashtirish muammosiga zamonaviy yondashuv shundan iboratki, bunda ta’limga shaxsiy harakatlar asosida o’zini rivojlantirish va o’zini mukammallashtirish sifatida qaraladi. Kommunikativ kompetentlik deganda esa boshqa insonlar bilan zaruriy aloqalarni o’rnatish va mustahkamlash qobilyati tushuniladi. Kompetentlik tarkibiga kommunikativ jarayon samarali kechishini ta’minlovchi bir qator bilim va ko’nikmalar jamlanmasi kiritiladi.
Olimlar kommunikativ kompetentlikka shaxslararo o’zaro ta’sir vaziyatining muayyan doirasida samarali kommunikativ harakatlarni tashkil etish uchun zarur bo’lgan ichki zahiralar tizimi sifatida qarashadi.
Kommunikativ qobilyatlar – bu shaxsning muloqotda namoyon bo’luvchi individual – psixologik xususiyatlari, shuningdek insonlar bilan muloqot samaradorligini belgilab beruvchi ko’nikma va malakalardir.
Kommunikativ qobilyatlar eng ko’p darajada ijtimoiy shartlangandir.
Kommunikativ qobilyatlar tadqiqotlarini umumlashtirgan holda startegik va taktik qobilyatlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Staregik qobiliyatlar. Bu qobilyatlar shaxsning kommunikativ vaziyatni tushunish, unga to’gri mo’ljal ola bilish va shunga mos ravishda muayyan xulq – atvor strategiyasini shakllantirish imkoniyatlarini ask ettiradi.
2. Taktik qobiliyatlar. Bu qobilyatlar shaxsning kommunikatsiyada ishtirokini ta’minlab beradi. Ularni ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:
Birinchi guruhga muloqot jarayonida shaxsiy xususiyatlardan kommunikativ foydalanish ko’nikmasi kiradi. Bunga intellekt xususiyatlari, nutq rivojlanish xususiyatlari, xarakter, iroda, emotsional soha xususiyatlari, temperament xususiyatlari va h.k.larni kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga muloqot va aloqa texnikasini egallash kiradi. Biz bunga shaxs sifatlarining to’liq kompleksini kiritamiz:
- muloqotda o’z xulq – atvorini boshqarish qobilyati;
- muloqot jarayonida boshqa insonning shaxsiy xususiyatlarini tushunish va hisobga olish, boshqa shaxsini modellashtirish ko’nikmalari bilan aloqador bo’lgan, shuningdek, guruhning ijtimoiy – psixologik xarakteristkasini bilish va tushunish qobiliyati va har bir guruhdagi o’rni va rolini tushunish qobilyati bilan bog’liq bo’lgan perseptiv qobilyatlar kompleksi;
- aloqa o’rnatish, uni mustahkamlash, uning darajasini o’zgartirish, unga kirish va undan chiqish, muloqotda tashabbusga egalik qilish va uni taqdim etish qobilyati;
- psixologik munosabatlarda o’z nutqini optimal tashkil etish qobilyati.
Shunday qilib, yuksak darajada rivojlangan, barqaror kommunikativ qobilyatlarni kommunikativ xususiyatlar sifatida qabul qilish mumkin. Kommunikativ qobilyatlar – bu nafaqat shaxsning kommunikativ tuzilishidagi kichik tuzilmalardan biri. Bundan tashqari kommunikativ tuzilmada unga shaxs kommunikativ xususiyatlarining xilma – xil tizimining yaxlit spektri ham kiradi.
Kommunikativ qobilyatlar, kommunikativ kompetentlikdan tashqari psixologik adabiyotlarda ko’p hollarda “kommunikativ ko’nikma”, “muloqot malakalari” kabi tushunchalarga duch kelishimiz mumkin.
Ko’rib o’tganimizdek, psixologlar asosan alohida komunikativ xarakteristkalar tadqiqotiga murojaat etishgan. Kommunikativ qobilyatlarni, xarakterning kommunikativ xislatlarini, kommunikativ ko’nikmalarni tadqiq etishni kommunikativ xususiyatlarni polikomponent o’rganishga kiritishimiz mumkin.
Temperamentga bog’liq bo’lgan shaxsning komunikativ sifatlariga insonning inson bilan verbal va noverbal o’zaro ta’sir xususiyatlari kiradi. Temperament bilan shaxsning ta’sirchanlik, emotsionallik, impulsivlik va xavotirlilik kabi xususiyatlari bog’liq. (G. Ayzenk, V. N. Voronin, L. V. Jemchugova, A. I. Ilina, A. I. Krupnov, V. D. Nebilitsin, I.P. Pavlov, K. Yung).
Xarakterning kommunikativ xislatlari – shaxsning voqe’likka munosabatida aks etuvchi va muloqotda namoyon bo’luvchi muhim xususiyatlarining o’ziga xos individual birikmasidir (R.S. Nemov). Insonlar bilan muloqotda xarakter xulq –atvor usuli, insonlarning harakat va muomalasidan ta’sirlanish usullarida namoyon bo’ladi. L.V. Jemchugova, A.I. Krupnov, V.SH. Maslennikov, V.P. YUdin tadqiqotlari natijalarini umumlashtirgan holda har qanday muloqot uchun zarur bo’lgan xarakter xislatlarining uch asosiy guruhini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) kirishimlilik - odamovilik;
2) xushmuomalalik, xushchaqchaqlik, o’ziga ishonch;
3) tirishqoqlik, tashabbuskorlik, rostgo’ylik.
Shaxsning irodaga bog’liq bo’lgan kommunikativ xususiyatlari. M.I. Dyachenko, T.V. Zarinova, A.G. Kovalev, V.I. Selivanov tadqiqotlari quyidagi sifatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi:
- serg’ayratlik, qat’iyatlilik (birinchi yoki bazaviy irodaviy sifatlar);
- dadillik, jasurlik, o’ziga ishonish, o’zini tuta olish, maqsadga intiluvchanlik, ma’suliyatlilik (ikkinchi sifatlar);
- ma’suliyatlilik, intizomlilik, izchillik.
Kommunikativ funksiya bajaruvchi emotsiyalar: fikrlar, taa’ssurotlarni bo’lishish istagi, simpatiya, hurmat, yoqtirish tuyg’ulari (V.K. Vilyunas, YA. Reykovskaya, L.M. Vekker). Tipik emotsiyalar tizimi va dinamikasi insonni shaxs sifatida xarkaterlaydi
Xorijda va Rossiyada shaxsning kommunikativv imkoniyatlari bo’yicha chop etilgan adabiyotlarni tahlil qilish bizga shaxsning kommunikativ xususiyatlari rivojlanishining еtti asosiy bosqichini belgilash imkonini berdi:
I - bosqich – insonlarga yaqinlik, ishonchning shakllanishi, muloqotga nisbatan ehtiyojning birinchi darajasi shakllanishi (A. Vallon, M.P. Denisov, S.YU. Mesheryakova, S.S. Xarin, N.L. Figurin, R.Spitz).
II – bosqich - nutqning paydo bo’lishi (M.I. Lisina), muloqotga nisbatan ehtiyojning ikkinchi darajasi (L.I. Bojovich) va axloqiy rivojlanishning birinchi darajasi shakllanishi (A.V. Zaporojets), o’z – o’zini anglashning boshlanishi (Piaje).
III – bosqich — samimiylik, kirishimlilik, axloqiy rivojlanishning ikkinchi darajasi shakllanishi, axloqiy jihatdan o’z – o’zini anglashning davom etishi, “emotsional desentratsiya”ning namoyon bo’lishi (Piaje), eksatraversiya – intraversiya, emotsionallik va nevrotiklikning mustahkamlanishi (YA.L. Kolominskiy), mustaqillik, maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilikning boshlang’ich nuqtasi sifatida “ichki pozitsiya”ning rasmiylashtirilishi (L.I. Bojovich), xarakter, samimiylik, o’ziga ishonch, muloqot uslublari shakllanishining davom etishi (G.M. Breslav).
IV – etap – kuzatilgan xulq – atvor shakllarining shaxsning namoyon bo’luvchi sifatlari shaklida mustahkamlanishi, tashabbus, iroda mustaqilligining paydo bo’lishi, muvaffaqiyatga erishish yoki omadsizlikdan qochish motivlari va ixtiyoriy boshqaruvning vujudga kelishi, kommunikativ qobilyatlarning shakllanishi (muloqot jarayonida o’z xulq – atvorini boshqarish qobilyati, aloqa o’rnatish va uni mustahkamlash, muloqotda tashabbusni o’z ixtiyoriga olish va mustahkamlash qobilyati).
V - bosqich – o’zini anglashga ehtiyojning namoyon bo’lishi, o’z – o’zini mukammalshtirishga intilish (V.G. Stepanov), xarakter xislatlari va shaxslararo xulq – atvorning asosiy shakllari barqarorlashuvi, shaxslararo idrok va insonlar baholash etalonlarining paydo bo’lishi (A.A. Bodalev), tashkilotchillik qobilyatlarining (ishga oid aloqalar o’rnata olish, kelishish, majburiyatlarni o’zaro taqsimlash ko’nikmalari) shakllanishi.
VI – bosqich - yoshga oid introvertlikning vujudga kelishi, axloqiy jihatdan o’z – o’zini anglashning paydo bo’lishi, axloqning paydo bo’lishi va rivojlanishi, shaxsning axloqiy jihatdan o’z – o’zini (yo’lini) belgilab olishi (T.V. Snegireva).
VII – bosqich - murakkab ijtimoy ustanovkalar, muloqot madaniyati shakllanishining yakunlanishi. Shaxsning asosiy kommunikativ xususiyatlarining mustahkamlanishi.
Shunday qilib, shaxsning kommunikativ xususiyatlari rivoji alohida bo’limlar shakllanishi yuz beradigan bir qancha tadrijiy bosqichlardan o’tadi. Shaxsning kommunikativ xususiyatlari ontogenetik rivojlanish mahsuli hisoblanadi. Ular tug’ma bo’lishi mumkin emas va ular har doim shaxsning rivojlanishi va tarbiyalanishi jarayonida shakllanib boradi.
Bolalarni yoshlikdan avvalo oilada, so‘ngra ta’lim maskanlarida muloqotga o‘rgatib boriladi. Muloqotga o‘rgatishning usullaridan biri mashg‘ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani bog‘cha sharoitida tarbiyachi turli mashg‘ulotlar o‘tkazib muloqotga o‘rgatadi. Avval elementar o‘zini tutish, kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib toptiriladi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxsga ijtimoiy - psixologik treninglar tashkil qilish orqali muloqotga o‘rgatiladi. Shaxsning o‘zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda bo‘lmasdan faoliyat sub’ekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to‘laqonli rivojlana olmaydi. Tajribali psixolog A. A. Bodalev fikricha, hatto o‘yin faoliyatida bola muloqotda bo‘ladi. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o‘rgatish masalasi birinchi o‘rinda turadi. Qolaversa mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonni dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi.
Shaxsning irodaviy sifatlarini rivojlantirish orqali ham uni muloqotga o‘rgatish oson ro‘y beradi.
Jamoa muhitini shakllantirishda ikkinchi tomon ham bor - bu jamoa a’zolarining ruhiy madaniyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda o‘quvchilarga ularning insoniy muloqot, inson shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar”,”men boshqalarning ko‘zi bilan”) to‘g‘risidagi mulohazalarini rag‘batlantiruvchi axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish mumkin. Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o‘rgatish shunga taalluqlidir.
N. P. Anikeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsni to‘laroq ochib berishi, uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya - rollarni tanlash albatta insonning o‘z mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o‘z-o‘zini tanqid qila olishiga, xulq - atvorining puxtaligiga, o‘zining chetdan ko‘ra bilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq, himoyalanganroq bo‘lish uchun o‘zidagi eng yaxshi narsalarni yashirishga, buzishga majbur etadi. Erta o‘smirlik paytida yig‘it va qizlar yakkalik holatini boshdan kechiradi. O‘zi haqidagi va atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va mazmunli muloqotni tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot sohasida yorqin namoyon bo‘ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga, introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog‘liq ekstroversiya xususiyatlari ustun bo‘lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar, tanishishlar doirasiga moyil bo‘ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar orttiradilar, shovqin - suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar - bu asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o‘z ichki dunyolariga berilishga, kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko‘p tashvishlanadilar, ular yaqinlarning tor doirasini ma’qul ko‘radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o‘qining o‘rtalarida joylashgan kishilar psixologiyada sentrovertlar degan nomni olgan. Ular me’yorida kirishimli, me’yorida yolg‘izlikka moyildirlar.
Adabiyotlardagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, shaxs rivojlanishida u yoki bu faktorni ustun qo’yish nihoyatda turfa xil talqin qilingan. Biologik yondashuv namoyondalari shaxsning rivojlanishida еtakchi o’rinni shasning genetik moyilligi band etadi deya hisoblashgan (A. Cessel, D. B. Dromley, H. Eysenck). Ijtimoiy yondashuv tarafdorlari esa shaxs shakllanishiga еtakchi ta’sirni ta’lim va tarbiya o’tkazadi deya hisoblashgan (A.S. Makarenko, I.M. Sechenov, V.A. Suxomlinskiy). V.A. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya shaxs shakllanishida irsiylik ham, muhit ham, ularning murakkab o’zaro aloqasi ham katta rol o’ynaydi deya qayd etishgan.
Pedagogik – psixologik adabiyotlarni tahlil qilish va pedagogik tajribalardan ma’lum bo’ladiki, bolalar muloqotda qiyinchilik his qiladilar. Ushbu qiyinchiliklar kattalar bilan muloqotda ham, tengdoshlar bilan muloqotda ham shaxsning kommunikativ xususiyatlari yaxshi rivojlanmaganligi, muloqot qilishga no’noqlik oqibatida kelib chiqadi. Shu sababli shaxsning kommunikativ xususiyatlari rivojlanish darajasiga ta’sir etuvchi еtakchi faktorlarni aniqlash zarurati paydo bo’ladi.
Shaxsning kommunikativ xususiyatlari rivojlanishi faktorlarini o’rganish jarayonida bolaning barcha yosh bosqichlarida to’laqonli rivojlanishi uchun oila va oilaviy tarbiya birinchi darajali ahamiyatga ega. Muloqot bola rivojlanishining asosiy sharti sifatida ota – ona va bola munosabatlarida amalga oshiriladi, bu munosabatlar esa uning shaxsi shakllanishiga belgilovchi ta’sir o’tkazadi.
Xorij va Rossiya adabiyotlarida ota – ona munosabatlari faktoriga katta e’tibor qaratiladi. Shu bilan birgalikda еtarli tarzda tadqiq etilmagan bir qancha aspektlar ham mavjud. Eng avvalo bunga ota – ona munosabatlarining darhol o’z ichiga muvaffaqiyatga erishish motivi, faollik va o’ziga ishonganlikni oluvchi kommunikativ xususiyatlar kompleksiga ta’sir o’tkazishi kiradi. Shaxsning aynan mana shu kommunikativ xususiyatlari kompleksi bola rivojlanishining kelgusi tendensiyalarini belgilab beradi.
Ammo shaxslararo muloqotning uzoq muddatli tadqiqotlari davomida shaxsning shaxslararo muloqotni amalga oshiruvchi ichki imkoniyatlari tizimini aniqlashtiruvchi ko’rsatkichlar ajratib ko’rsatilmagan. V.V. Rijov fikricha, aynan mulqotni subyekti guruh bo’lgan faoliyat sifatida o’rganish ijtimoiy, umumiy subyekt muloqotda muayyan individ, muayyan shaxsning ishtiroki nimani ifodalashi haqidagi savolni o’rtaga qo’yadi. Bu savol shaxsning muloqotga kirishish imkoniyatini ta’minlovchi psixologik, individual – psixologik sifatlar, ko’nikmalar, qobilyatlar va h.k.lar haqidagi savoldir.
Bugungi kunda psixologiya fanida nafaqat nazariy planda shasning muloqotda namoyon bo’luvchi sifatlarining ko’pqirrali, ko’p darajali, polifunksional ahamiyati haqidagi fikr ko’p marotaba ta’kidlanmoqda.
Kommunikativ xususiyatlardan tashqari V.V. Rijov, V.A. Kolsova, A.A. Bodalev va boshqalar o’z tadqiqotlarida shaxsning muloqotda namoyon bo’luvchi xususiyatlarini aniqlashga yo’naltirilgan “shaxsning kommunikativ potensiali” tushunchasidan foydalanishmoqda.
Kommunikativ potensial – bu muloqotning u yoki xarakterini ta’minlovchi ijtimoiy – psixologik xususiyatlar tizimi. Shaxsning kommunikativ potensialini tashkil etuvchi, mustahkamlangan va barqarorlikka ega bo’lgan ijtimoiy – psixologik xususiyatlar shaxsning kommunikativ xususiyatlari orqali o’tadi. Shaxsning kommunikativ potensialini o’zi dinamik, rivojlanib boruvchi va xususiyatlarni umumlashtiruvchi tizim hisoblanadi.
Rus psixologiyasida “shaxsning kommunikativ potensiali” tushunchasi bilan parallel tarzda ko’pincha “shaxsning kommunikativ imkoniyatlari” atamasi uchraydi. Shu sababli muloqot ishtirokchilarining va birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining shaxsiy xususiyatlarini tushunish va hisobga olish qobilyatida aks etuvchi shaxsning kommunikativ xususiyatlariga mantiqiy tarzda guruhning ijtimoiy – psixologik xarakteristkasini bilish va tushunish qobilyati hamda har bir guruhdagi o’rni va rolini tushunish qobilyatini ham qo’shimcha qilish zarur.
Shaxsning kommunikativ potensiali tushunchasi bilan bir qatorda ko’plab tadqiqotchilar o’z ishlarida “shaxsning kommunikativ yadrosi” ta’rifidan ham foydalanishadi.
A.A. Bodalev tasavvuri bo’yicha, “shaxsning kommunikativ yadrosi” tushunchasi shaxs uchun xarakterli bo’lgan uning turli xil inson va jamoalar bilan bevosita yoki qandaydir texnik vosita yordamidagi aloqasida namoyon bo’luvchi xulq – atvor, munosabat, aks etish birligidir.
Boshqa insonlar va jamoalar bilan muloqotga kirishar ekan, inson muayyan yo’nalganlikni ko’rsatadi. Birga olingan (ko’ringan) sifatlar jamlanmasi shaxsning kommunikativ yadrosini tashkil etadi.
Shunday qilib, shaxsning kommunikativ potensiali tarkibiy qismi sifatida “kommunikativ qobilyat” tushunchasi, “kommunikativ imkoniyat”, “kommunikativ xususiyat”, “kommunikativ potensial”, “shaxsning kommunikativ yadrosi” tushunchalari shaxsning muloqot muvaffaqiyati uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini o’rganishda tizimli yondashuvni aks ettiradi.
“Shaxsning kommunikativ xususiyatlari” atamasi psixologiyada kamdan – kam hollarda qo’llaniladi va asosan kasbiy faoliyat bilan aloqadorlikda foydalaniladi.
Shunday qilib, keltirib o’tilganlardan ko’rishimiz mumkinki, rus psixologiyasida ham, xorij psixologiyasida ham shaxsning muloqot uchun zarur xususiyatlarini belgilash uchun yagona atama mavjud emas. Ko’rib o’tganimizdek, tizimli yondashuv doirasida: “kommunikativ imkoniyat”, “kommunikativ potensial”, “kommunikativ qobilyat” va h. k. tushunchalardan foydalaniladi. Lekin ushbu tushunchalarda aniq farq mavjud emas. Misol uchun, kommunikativ qobilyat va kommunikativ ko’nikma hamda kommunikativ malaka, shuningdek, kommunikativ xususiyat va xislatlar, kommunikativ potensial va kommunikativ imkoniyat tushunchalari sinomim sifatida qo’llaniladi.



Yüklə 45,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin