ta’lim jarayoni – o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.
o`quv fani – ta’lim muassasalarida o`qitilishi yo`lga qo`yilgan hamda o`zida muayyan fan sohasi bo`ycha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo`ycha o`zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada “idrok etish”, “o`zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo`lgan tushunchalar ham qo`llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to`ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
So`nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim–shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko`rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish–idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko`nikma–olingan bilimlarga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig`indisi;
4)