malaka–ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5) ta’lim–o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo`naltirilgan jarayon;
6) ta’lim metodlari–ta’lim jarayonida qo`llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni–shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari–ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o`quv qo`llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o`qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni–o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni–davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo`ycha o`zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;