Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1.falsafiy tushunchalar;
2.xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
2) dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish - idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlaming takomillashib, boyib borish jarayoni;
4) ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
5) о’quv fani - ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo’lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta’lim mazmuni — davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirish”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo’llaniladi. Didaktikaning tushunchalari terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’dirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, taiim, bilim, ko‘nikma, rnalaka, taiim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, taiim jarayonini tashkil etish, taiim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, taiim natijasi.
So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalami ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish - idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib,boyib borish jarayoni;
3) ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigindisi;
4) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlami berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
6) ta’lm metodlari - taiim jarayonida qoilanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari - ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qollanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni - davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi ( O‘qish, bilim olish maqsadi) -- ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish - ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta’lim tizimi - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
Didaktika tamoyillari
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan “principium” - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) - ta’limni tashkil etishga qo‘yilgan me’yoriy talablami ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki hoiatini belgilovchi qarashlari.
Didaktika tamoyillarining tarixi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt sarflamay aniq yetishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib borib, didaktika prinsiplar majmui yaratilishiga sababchi bo’lganlar. Avval ham aytganimizdek, yaqin vaqtlargacha pedagogikadagi qonun, qonuniyat va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida ishlatilib yoki bularning bittasiga - yo qonun, yo qonuniyat, yo prinsipga ustunlik berilib kelingan. Ammo ko‘p yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, qonuniyat turg‘un boiib, ular asosida yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib ham turishi mumkin ekan. Ba’zi eski tamoyiilar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili yo‘q bo‘lib ketib, o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan.
Xulosa.
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday qoida o'rnashib qolganki, ular tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning ehtiyojlarini ifoda etar ekan. Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanning rivojlanishi hamda taTim-tarbiya jarayonida yangi qonuniyatlarning aniqlanishi, shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalar natijasida pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan. Ko‘p yillik izlanishlar va bahslar natijasida pedagogikada quyidagi dars o‘tishning umumiy tamoyillar tizimi ishlab chiqilgan:
1) onglilik va faollik - bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib egallashlik;
2) ko‘rgazmalilik - «yuz marotaba eshitgandan bir marotaba ko‘rgan yaxshi» tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli-tuman ko‘rgazma qurollardan samarali foydalanish;
3) tizimlilik va muntazamlilik - bilimni ma’lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib borish;
4) mustahkamlik - bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yo‘li bilan berish;
5) tushunarlilik - bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish;
6) ilmiylik - bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga berish;
7) nazariya va amaliyot birligi - bilim berishda nazariy bilimlaming amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqdigini ko‘rsatib berish. Bu tamoyillar pedagogik jamoatchilik tomonidan umumiy tamoyillar deb qabul qilingan.