DIDAKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI
O‘qitish nazariyasi bilimlar, ma’lumotlar va dalillarning katta zaxirasiga ega,
ularning bir qismi tizimlashtirilgan, tartibga solingan. O‘qitish jarayonining
strukturaviy
komponentlari -
maqsadli rag‘batlantirish-motivlashtirish mazmuni,
harakati, o‘qitishning shakl va metodlarining ajratilishi alohida ahamiyat kasb
etadi. Mana shu komponentlaming ajratilgani o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning
birgalikdagi faoliyati qonuniyatlarining tabiatini chuqurroq tushunish imkonini
beradi. Pedagogik yechimlarni tanlash nazariyasini ishlab chiqishning metodologik
asosi o‘qitish jarayonining mavjud barcha qonuniyatlarini hisobga olish fikri bilan
muntazam aloqada bo‘ladi. Boshqacha aytganda, o‘qitish jarayonining mavjud
hamma qonuniyatlarini, albatta, kompleks holda hisobga olish bilangina ta’lim
masalalarini to‘g‘ri hal qilish mumkin. Pedagogik va psixologik shart-sharoitlarni
aniqlash asosida o‘qitishning optimalligi mezonlarining asoslari tarkib toptirilgan
va ularning eng ahamiyatlilari quyidagilardan iboratdir: o‘qitish optimal bo‘lishi
uchun har bir o‘quvchi o‘zining haqiqiy o‘qish imkoniyatlariga muvofiq darajada o
‘zlashtirishi, tarbiyalanishi va kamol topishi shart; o‘qitish optimal bo‘lishi uchun
o‘quvchilar va o‘qituvchilar darsdagi va uydagi ishlar vaqtining o‘zlari uchun
gigiyenik jihatdan belgilangan normasiga ega bo‘lishi kerak. Rejalashtirishni
optimallashtirishning asosiy yo‘llari o‘qitishning vazifalarini ta’lim berish,
tarbiyalash va kamol toptirish bilan birgalikda loyihalashga kompleks yondashish
hamda o‘qitish vazifalarini u amalga oshadigan tizimning xususiyatlarini hisobga
olgan holda muayyanlash-tirishdir. Ishni rejalashtirishning quyidagi usullaridan
foydalaniladi:
o‘qitish mazmunining qo‘yilgan vazifalarini eng muvaffaqiyatli hal qilishni
ta’minlaydigan optimal variantini tanlash; - o‘qitish jarayonida qo‘yilgan
vazifalarni belgilangan vaqt ichida muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlaydigan
metod va vositalarni tanlash;
masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishni, shu jumladan, o‘quvchilarga tabaqali
yondashishni ta ’minlaydigan tashkiliy shakllarini tanlash.
Hozirgi paytda ta’limning muhim jihatlari, masalan, ta’limning mazmunini
ishlab chiqish va tanlash, muammoli - kamol toptiruvchi o‘qitish, o‘quvchilarning
o‘qishini faollashtirish, o‘qitish metodlari va ularning tarkibiy qismlari;
o‘quvchilar o‘quv-bilim faoliyatining metodlari; o‘quv materialini tashkil qilish,
strukturalashtirish va hokazolar jadal o‘rganiImoqda. Ta’lim mazmunining ishlab
chiqilgan nazariyasida quyidagi muhim qoidalar talqin qilingan:
ta ’lim mazmunida jamiyatning ma’naviy va moddiy elementlari, shu
jumladan, tabiat, jamiyat va inson haqidagi bilimlar, ijodiy faoliyat tajribasi,
insonning munosabatlari, boshqarish faoliyati, xulqi va hayoti ifodalanishi lozim;
ta’limning mazmuni umumiy, politexnik va kasb-korlik komponentlarining
birligini aks ettirishi kerak;
ta’limning mazmuni o‘quvchilarning yoshidan va jamiyatning rivojlanish
darajasidan kelib chiqadi;
ta’limning mazmunidagi ajratilgan to ‘rt komponent hajmi va mazmuni
bo‘yicha o‘zaro aynan muvofiq bo‘lishi kerak.
Maktab rivojlanishining hozirgi bosqichida ta’limni kompyuterlashtirish
masalasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchilarni zamonaviy
hisoblash texnikasidan foydalanishga doir bilim va malakalar bilan qurollantirish,
o‘quv jarayonida kompyuterlaming keng qo‘llanishini ta’minlash jamiyatda bozor
iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. Mana shu vazifani
amalga oshirish yuzasidan pedagogika fanida o‘rta maktabga elektron hisoblash
mikroprotsessor texnikasini tatbiq etishning ikkita asosiy yo‘nalishi ishlab
chiqilmoqda. Bularning birinchisi - maktabdagi ta ’limning mazmuniga
o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligining komponenti sifatida dasturlashtirish
asoslarini va hisoblash texnikasini joriy etish; ikkinchisi - maktabda elektron
hisoblash mashinalaridan ta’minlash ta’limining vositasi sifatida foydalanishdir.
Pedagogika fani maktablarning EHM lardan foydalanishdagi tajribalarini
o‘rganishi va umumlashtirishi: yalpi kompyuter savodxonligiga javob beradigan
yagona dasturlashtirish umumta’limiy kursini yaratish; dasturlashni o‘rgatish
boshlanadigan muddatni va kursning hajmini belgilashi, maktabda o‘rganiladigan
algoritm tilini tanlash, ta’limning mashina bazasidan foydalanish asoslarini ishlab
chiqishi va boshqa vazifalarni ado etishi kerak. Ta’lim nazariyasiga muammoli -
kamol toptiruvchi o‘qitishni joriy etish, shuningdek, o‘quv jarayonini
tabaqalashtirish va individuallashtirish yo‘llarini izlash bo‘yicha faol ishlar olib
borilmoqda. Muammoli kamol toptiruvchi o‘qitishning nazariyada ishlab chiqilgan
asosiy g‘oyalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:
ta’limiy bilishni ilmiy bilishga muvofiq modellashtirish g‘oyasi, ya’ni
muammoli vaziyatni vujudga keltirish - farazni olg‘a surish - farazni asoslash
farazni hal qilish - uni tasdiqlash yoki rad etishdek zarur bo‘g‘inlarni o‘z
ichiga olgan muammoli o‘qitish;
o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda
tadqiqotchilik yo‘sinidagi ko‘nikma va malakalami o‘stirish g‘oyasi.
Muammoli o‘qitish nazariyasida qator qonuniyatlar ifodalandi va eksperiment
yo‘li bilan asoslandiki, ulardan muammoli dars o‘tish bilan muammoli
o‘rgatishning birligi va bir-birini taqozo etishi, o‘quvchilaming tayyorligi darajasi
bilan muammoli o‘rgatish darajasining muvofiqligi kabi qonuniyatlarni ajratish
mumkin. Didaktikada ishlab chiqilgan o‘quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish nazariyasi muammoli - kamol toptiruvchi o‘qitish nazariyasiga juda
yaqindir. Faollik nazariyasining asosiy g‘oyasi ham maxsus tashkil etilgan ta’lim
muhitida (o‘qitishning mazmuni, shakllari va metodlari bilan) o‘quvchilarning
faolligini tobora oshirib borishdan iboratdir. Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi
o‘quv jarayonida bilimlami o‘zlashtirish, ularni qayta ishlash va qo‘llashning
(muammoli vareproduktiv) usullarini o‘rganish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘zini
o‘zi boshqaradigan faollikdan iboratdir. Mazkur qonuniyatlar asosida amaliy
jihatdan muhim ahamiyatga molik nazariy qoidalarni ifodalash mumkin.
Faollashtirish vositalari tizimi, ta’limning mazmuni, o‘qitishning shakl va
metodlari o‘qitishning asoslangan, maqsadga muvofiq o‘z-o‘zini boshqaradigan
jarayon sifatida tashkil qilishni ta’minlashi uchun ular quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
- ta’limning hamma bosqichlarida o‘quvchilarda o‘qitishning ichki
motivlarini qo‘zg‘atish va rivojlantirish;
- o‘quvchilarda o‘z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‘yish va kelgusidagi
faoliyatlarini rejalashtirishga rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
- o‘quvchilarda axborotlarni qayta ishlashga doir ta’limiy va aqliy
ko‘nikmalaming shakllanishini ta’minlash;
- o‘quvchilarning o‘quv-bilish maqsadlariga erishish uchun jismoniy va
axloqiy, irodaviy kuchlarini oshirish;
- ta’lim jarayonida nazorat va o‘z -o‘zini boshqarish orqali o‘quvchilarning
o‘z o‘quv-bilish faoliyatini baholashini ta’minlash. Shu qoidalarga rioya qilinsa,
ta’lim samaradorligi yana-da ortadi.
Ta’lim jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy darajasi va madaniyati, uning siyosiy va
mafkuraviy strukturasi mazmunini belgilaydigan masalalarni hal qiladi. Shuning
uchun oiladagi yoki jamoadagi, maktabdagi, ishlab chiqarishdagi maqsadga
muvofiq yoki tasodifiy tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘ladi, chunki har
qanday tarbiya ijtimoiy munosabatlaming subyekti hisoblanadi. Inson tug‘ilgan
paytidan boshlab u yoki bu ijtimoiy guruhga mansub bo‘lib, mehnat aloqalarining
ma’lum tizimida tegishli yuridik huquqlardan foydalanadi. Jamiyatdagi o‘zaro
munosabatlar majmuyining mazmuni va xarakteri shaxs kamol topishining
umumiy yo‘nalishini hal qiluvchi yo‘sinda belgilaydi. Ota-onalar va pedagoglar
tarbiya metodlarida o‘ziga xos o‘rin tutsalar ham, ularning maqsadlarini, istaklarini
va intilishlarini pirovard natijada jamiyat belgilaydi, uning u yoki bu ijtimoiy
guruhlari, hayotning umumiy sharoitlari, uning manfaatlari va ideallari belgilaydi.
≪
Ijtimoiy tarbiya
≫
iborasidan ancha tor ma’noda shaxsga ta’sir ko‘rsatishning
maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarda amalga oshiriladigan, oiladagi va yaqin atrof-
muhitdagi tarbiyadan farqli jarayonni ifodalash uchun foydalaniladi. Ta’lim va
tarbiya tushunchasining qaysi biri kengroq ma’noga ega ekanligi xususidagi bahs
samarasizdir, chunki hamma gap ularning qaysi maqsadda qo‘llanishidadir.
Adabiyotlarda ko‘p uchraydigan
≪
ta’lim
≫
va
≪
tarbiya
≫
so‘zlarini pedagogik
jarayonning qarama-qarshi tomonlarini ifodalash uchun qo‘llanishi unchalik to‘g‘ri
emas. Binobarin, ta’lim bilim berishning maqsadga muvofiq jarayoni sifatida
doimo muayyan shaxslarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning yo‘nalishi
esa, hatto, ta’limning mazmuni va saviyasi bilan rasman bir xil bo‘lsa ham prinsip
jihatdan turlicha: - insonparvar, demokratik yoki totalitar bo‘lishi mumkin. Ta’lim
tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan chuqur pedagogik jarayon sifatidagi
tarbiya haqida gapirish uning faqat bir tomonini - kasbiy jihatini ko‘rsatishni
bildiradi. Tarbiya hamma vaqt xalq orasidagi hodisa, ijtimoiy hayotning doimiy
kategoriyasi hisoblangan. Tarbiyaning ijtimoiy tabiatini anglash davlat va xalq
tarbiyasi, jamiyat va shaxs tarbiyasi o‘rtasidagi maqsadga muvofiq va tasodifiy
tarbiya o‘rtasidagi tafovutni, tarbiyaviy ta’sir obyektining g‘oyat murakkab
tugunini bilish imkonini beradi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq yo‘sinda
shakllantirish, unda fazilatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya tarbiyani
amalga oshiruvchilar kutadigan natija mavjudligini talab qiladi. U ikki turdagi
faoliyatni, ya’ni shakllanuvchi va shakllantiruvchi faoliyatni bajaruvchilar
tarbiyaning tashkilotchilari, shakllanuvchi faoliyatni bajaruvchilar esa tarbiyaning
yolg‘iz yoki jamoaviy obyektlari hisoblanadi. Tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
uning ikki tomoni - obyektiv va subyektiv jihatlari mavjudligidir. Uning
shakllantiruvchi faoliyatlarini bajaruvchilar o‘zlari xohlasa-xohlamasa tarbiyaning
obyekti ekanligida ko‘rinadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, obyektiv shakllanuvchi
va shakllantiruvchi faoliyatlar hamda ularning elementlari o‘rtasida, shuningdek,
har bir faoliyatning elementlari o ‘rtasida ichki obyektiv bog‘lanish va
munosabatlar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shakllantiruvchi va shakllanuvchi
faoliyatning subyektiv tomoni u yoki bu faoliyatni bajaruvchilar - subyektlar
hisoblanadi va tarbiyaning natijalari ularning ichki holatiga, egallagan shaxsiy
xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hamda qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiya ba’zan to‘plangan bilimlarni, faoliyat tajribalarini yosh avlodga berishning
yo‘li sifatida, ba’zan erishilgan ma’naviy madaniyatni qayta tiklash va
rivojlantirishning omili sifatida va ba’zan ijtimoiy munosabatlaming alohida shakli
sifatida ta’riflanadi.Tarbiyaning maqsadi uning ko‘zlangan natijasidir. U jamiyat
rivojlanishining ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi va jamoatchilik hamda davlat
hujjatlarida
ifodalanadi,
pedagogik
ta’limotlar
va
nazariyalarda
muayyanlashtiriladi hamda batafsil yoritiladi. Sinfiy jamiyatda tarbiyaning
maqsadi hukmron sinflar tomonidan belgilanadi va bayon qilinadi. Masalan,
quldorlik davrida tarbiyaning maqsadi qullarni bo‘ysundirish va bostirib turishga
layoqatli jangchilar hamda lashkarboshilarni; feodalizm davrida feodal ritsarlar;
burjuaziya davrida ishbilarmonlar va biznesmenlarni tayyorlashdan iborat bo‘lgan.
Tarbiyaning maqsadi - shaxsni har tomonlama va uyg‘un kamol toptirish, uning
ma’naviy, axloqiy-estetik qadriyatlarini shakllantirish, yuksak darajada uyushgan
va shakllangan jamoalami vujudga keltirishdir. Tarbiyaning maqsadlarini oxirgi va
oraliq, umumiy va muayyan, asosiy va yo‘l-yo‘lakay maqsadlarga tasniflash
mumkin. Maqsad bilan bir qatorda, hal qilinishi maqsadga erishishni
ta’minlaydigan vazifalar ham turadi. Masalan, tarbiyaning umumiy maqsadini
ro‘yobga chiqarish, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun aqliy,
axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, estetik, mehnat va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga
oshirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |