asta-sekin o‘zgarishidir. O‘qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni
bilimlar haqiqiyligini yagona obyektiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan
amaliyotga taqqoslash zarurligidan kelib chiqadi. Bilish murakkab dialektik
jarayon bo‘lib, jonli mushohadadan abstract tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish
yo‘lidir. Dunyoni bilishning,
haqiqatni bilishning, obyektiv reallikni bilishning
dialektik yo‘li shu. Bilish nazariyasi in’ikos nazariyasi ham deyiladi. O‘qituvchi
maktab o‘quvchilarini yangi bilimlami faol idrok qilishga, uni hayotda qo‘llay
olishga tayyorlaydi. Bu tasodifiy hodisa bo‘lmay, о‘quv jarayonining mantiqi
shuni taqozo etadi. O‘quvchilarning o‘qituvchi sabog‘ini o‘zlashtirish jarayoni
bilimlarni idrok qilish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qo‘llash
bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Bilimlami o‘zlashtirish voqelikdagi narsa va
hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bilish faoliyatidagi ikkinchi
bosqich – bilimlarni tushunish va umumlashtirish. Uchinchi bosqich - bilimlarni
mustahkamlash va qo‘llashdir. O‘qituvchi
faoliyatining muvaffaqiyati, avvalo, u
ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan iborat umumiy didaktik
prinsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Didaktik prinsiplar
ta’limning bevosita bilish nazariyasidan, shuningdek, maktabdagi ta’limning
maqsadlari va ilmiy mazmunidan, o‘quvchilar jamoasining yoshi va psixologik
xususiyatlaridan kelib chiqadigan qonuniyatlarni aks ettiradi. O‘qitish prinsiplari
qandaydir doimiy va o‘zgarmaydigan narsa emas. Ularning ayrimlari boshqacha
sharoitga bog‘liq holda o‘zining nomini saqlab,
yangi mazmun kasb etadi va
ba’zilari, masalan, A.Y.Komenskiy olg‘a surgan
≪
tabiatga muvofiqlik prinsipi
≫
singari o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi; yana boshqalari esa yangi sharoitda
jamiyatning o‘qitish jarayoniga qo‘yadigan ma’lum talablarini to‘laroq aks ettirishi
sababli yetakchi prinsipga aylanadi. Chunonchi, hozirgi paytda o‘qitishning
tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi prinsiplari alohida ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, mana shu prinsiplar o‘qitish jarayoniga o‘zining qandaydir yangiligini
qo‘shadi, uni nimalar bilandir to‘ldiradi. Lekin tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi
ta’limga intilish yangilik emas. Uni mamlakatimiz pedagogikasi tarixida ilk bor
Forobiy, Beruniylar asoslab berishgandi. Masalan, Beruniyning fikricha,
tarbiyalovchi ta’lim ayni paytda kamol toptiruvchi ta’lim ham hisoblanadi: u
kuzatuvchanlik, fikrlash, nutq, xotira va xayolning rivojlanishini ta’minlaydi, shu
tariqa insonni hayotdagi mehnatga tayyorlaydi. Mazkur prinsiplar yangi bo‘lmasa
ham, maktab rivojining turli bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda
har xil yo‘sinda va to ‘liq bo‘lmagan hajmda amalga oshgan. Buning hammasi
jamiyat tomonidan maktab oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq
bo‘lgan. Hozirgi dasturlar ma’lumotning nazariy saviyasiga talablarni oshirishga,
maktabda o‘qishning dastlabki kunlaridan boshlab
bolalarda ijodiy fikrlashni
rivojlantirishga, ularga fanlarning nazariy asoslariga doir tushunchalarni hosil
qilishga,
umumlashtirish
va
mantiqiy
mulohaza
yuritish
malakalarini
shakllantirishga qaratilgan. Ularda ham ilgarigi dasturlardagi kabi nazariy
bilimlarni o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bilan
bog‘lashga jiddiy e’tibor berilgan. Shuningdek, ta’limning tarbiyalovchilik ro‘lini
yana-da kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu esa ongli ravishda o‘zlashtirilgan
qoidalar, dalillar va nazariyalar о‘quvchilaming e’tiqodiga hamda dunyoqarashiga
aylanishi kerakligini bildiradi. O‘quvchilarga faol va muntazam mehnat qilish
odatini yana-da ko‘proq singdirish, ularda bilimlarga ishtiyoq uyg‘otish va bu
bilimlarni umumiy foyda uchun qo‘llashga intilishni tarbiyalash zarur.
Tarbiyalovchi ta’lim o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy me’yorlarni egallashlarini
ham ta’minlashi kerak. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarning aqliy
kamol topishi va to‘g‘ri tarbiyalanishi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Buning
uchun pedagoglarning ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi ham nihoyatda zarur.
Ma’lumki, o‘qitish jarayoni o‘qituvchining va u rahbarlik qiladigan
o‘quvchilarning izchil faoliyati majmuyidan tashkil topadi. Bunda o‘quvchilar
faoliyatining muvaffaqiyati o‘qituvchining oqilona rahbarligiga va yo‘naltiruvchi
ishlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ana shu ishlar, xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonunda
maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar mohiyati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Aslida, hozirgi paytda yetakchilik qilayotgan tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi
ta’lim prinsiplari o‘quv
jarayoniga, shu jumladan, ta’limning asosiy shakli
bo‘lmish darsga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi lozim. O‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan
talablar jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ham doim bir xil bo‘lmagan.
Bu hol jamiyat rivojlanishining qonuniyatlaridan va uning eng muhim vazifasi -
yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitishdan kelib chiqqan. Hozirgi kunning talabi
o‘quv jarayonini o‘quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, balki ijodiy
tafakkurni ham shakllantiradigan yo‘sinda tashkil qilishdir. Psixologlarning
ta’kidlashicha, tafakkur doimo muammo yoki masaladan, ajablanish yoki tushuna
olmaslikdan, ziddiyatdan boshlanadi. Ana shular tufayli ta’limiy muammolar
asosida o‘qitishda muammoli yondashish tushunchasi pedagogika nazariyasi va
amaliyotiga faol kirib keladi. Bu muammoning mohiyati o‘quvchilarga ma’lum
bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan tushunish hamda tushuntirish uchun ilgarigi
bilimlar kifoya qilmaydigan yangi dalillar, hodisalar o‘rtasida didaktik ziddiyatdir.
Bu ziddiyat ijodiy o‘zlashtirishga turtki va shu bilan birga, harakatlantiruvchi kuch
hisoblanadi. Biz o‘qitishdagi muammolilikni o‘quvchilarning o‘quv muammosini
anglashi va hal qilishiga qaratilgan bilish faoliyatini tashkil etish, deb tushunamiz.
O‘qitishdagi muammolilikning muhim belgisi masalani qo‘yishdan ko‘ra
muammoli vaziyatni yaratish ko‘proq zarurligidir. Bunda mazkur vaziyatni hayotiy
dalillar va hodisalar asosida yaratishni nazarda tutish muhimdir. Chunki,
muammoli vaziyat qancha tabiiy shaklga ega bo‘lsa, o‘quvchilarni faollashtirish va
muammoni hal qilishda qatnashishga jalb etish imkoniyati shuncha keng bo‘ladi.
O‘qitishdagi muammolilik an’anaviy didaktikaning
asosiy prinsiplari va
qoidalarini inkor qilmaydi, balki ularga tayanadi. O‘qitishga muammoli
yondashishni qoilashdan maqsad hozirgi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarda ijodiy
fikrlashni faol rivojlantirishga yordam beradigan metodlar va usullar bilan
to‘ldirishdir.
Umuman
aytganda,
o‘quv
jarayonini takomillashtirishdan
ko‘zlanadigan asosiy maqsad uning sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Shunga
ko‘ra o‘qituvchining faoliyatida qanday yangilik vujudga kelishi kerak? Avvalo, u
materialni shunchaki bayon etmasligi va o‘quvchilarga tayyor xulosalar hamda
umumlashmalarni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o‘rganiladigan obyektga
jalb qilishi, undan muammo topishi yoki imkoni bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zlarini
mazkur obyektdagi muammoni mustaqil holda o‘ylashga rag‘batlantirishi,
muammoli vaziyatni yaratib, ularning diqqatini safarbar qilishi,
tafakkurni
faollashtirishi, ta’limdagi loqaydlikni bartaraf etishi, o‘quvchilarga o‘zlaricha
mulohaza yuritib, zarur xulosalar va umumlashmalar chiqarishda yordam berishi,
ularni kuzatishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga, ijodkorlikka o‘rgatishi, ya’ni u
o‘z tarbiyalanuvchilarini olgan bilimlari bilan kuzatilgan hayotiy dalillar va
hodisalarga taqqoslash, shu asosda to‘g‘ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishga
odatlantirishi kerak. Mana shularning hammasi ta’lim jarayoniga zamonaviy
mazmun baxsh etadi.
Dostları ilə paylaş: