Dilfuza Kulchayeva Guldu ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi 2-bosqich magistri annotatsiya


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 454,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü454,26 Kb.
#176587
1   2   3   4   5   6
boshlang-ich-sinflarda-tarbiya-fanini-o-qitishning-ilmiy-metodik-asoslari

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 325 www.ares.uz 
qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo„llash orqali mustaqil va mantiqiy 
fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini 
o„quv jarayonida qo„llashga bo„lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday 
bo„lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o„quvchilar faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o„rgatilgan bo„lsa, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o„zlari qidirib topish, mustaqil 
o„rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o„zlari keltirib 
chiqarishga o„rgatadi. O„qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim 
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo„naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda 
«
Aqliy hujum», 
«Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», 
«6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda 
ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay
»
kabi 
zamonaviy texnologiyalar qo„llanmoqda.
XULOSA 
Boshlang„ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o„yinlardan, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o„quvchilarni mustaqil 
fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga 
ularni darslarda o„rganganlarini hayot bilan bog„lashga, qiziqishlarini oshirishga 
yordam 
beradi. O„qituvchilarning 
bunday 
zamonaviy 
talablar 
asosida 
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg„or pedagogik hamda 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya 
jarayonini sifatini kafolatlaydi. 
Bizning fikrimizcha, ta'limiy o„yinlarga qo„yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 
1. Ta'limiy o„yinlar o„quvchilar yoshiga mos bo„lishi kerak; 
2. O„yinlar o„tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo„lishi lozim; 
3. Ta'limiy o„yinlarni o„tkazish vaqti aniq belgilanishi shart; 
4. Ta'limiy o„yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lishi 
kerak; 
5. Ta'limiy o„yinlarning o„tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. 



Yüklə 454,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin