yetakchi o‘rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko‘rinishidir. Sillabik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar miqdorining tengligi o‘lchov asosi sanalib, bu tizim bo‘g‘inlari sifat jihatidan sezilarli farqlanmaydigan tillarga
xosdir. Masalan, o‘zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq- qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg‘u ham turg‘un (asosan, so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun ham sillabik she’r tizimi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘proq muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik she’r sistemasi polyak, serb va xorvat she’riyatlarida ham yetakchi o‘rin tutadi. Shu o'rinda she’r tizimi tilning tabiatiga mos boMishi
zarurligining yorqin misolini keltirib o‘tish joiz. Rus she’riyatida polyak she’riyati ta’sirida XYIII asrgacha sillabik she’r tizimi qo'llangan. Urg‘usi turg‘un boMgan bu tizim urg‘u o‘mi muqim boMmagan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she’riyatida uzoq yashay olmadi. Tonik she’riyatda misralardagi urg‘ular miqdori oMchov asosi qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘gMnlar miqdori ahamiyatsiz, urg‘ular miqdori teng boMsa kifoya. Bilasizki, so‘zlar turli bo‘gMnlardan tarkib topadi, ulaming ayrimlari urg‘u olmaydi. Demak, tonik she’ming misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi jihatidan nasriy nutqqa o‘xshab ketishi mumkin. Tonik she’riyatning alohida bir ko‘rinishi sifatida sillabo-tonik she’r tizimini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu she’r tizimi XYIII asr o‘rtalaridan boshlab rus she’riyatida qaror topa boshlagan va hozirda unda yetakchi