«aruz tizimi» deyilganda misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming ma’lum tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she’riy sistema» tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlami o‘z ichiga oladi. Ma’lum boMdiki, «she’r tizimi» she’r tuzilishining asosini, asosiy
qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she’riyatidagi «she’riy tizim» o‘sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she’r tizimlarining hammasida asosiy oMchov birligi sifatida bo‘g‘in olingan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari she’riyatida mavjud she’riy sisternalar bo‘g‘inning miqdori (sillabik she’r tizimi), urg‘uli yoki urg‘usizligi (tonik), cho‘ziq yoki qisqaligi (metrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlami o'lchov asosi qilib oladi. Metrik she’r tizimi misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she’r tizimi unlilari cho‘ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko‘proq xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema sifatida shakllanib, o‘shandayoq uning nazariy asoslari, qat’iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v ) mora deb nomlanib, u eng kichik oichov birligi sanalgan. Cho‘ziq hijo (-) ikki moraga (v v ) teng deb qaralgan. Shuning o‘ziyoq metrik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar soni turlicha bo‘lsa-da, ulaming talaffuz vaqti teng bo‘lganligini va ayni shu narsa izometriyani (izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi. Sharq she’riyatida