(mumtoz poetikada tardu aks), unda bir misradagi sintaktik qurilma ikkinchisida teskari tartibda takrorlanadi: «Meni ham bir yigit shunday sevsaydi Sevib o ‘ldirsaydi meni ham shunday» (X. Davron) She’riy sintaksisda eng keng qo‘llaniluvchi vositalardan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha sathlariga xos hodisa bo‘lib, she’riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori, s o ‘z takrori, anafora, epifora, m a’no takrori, m a’noning
kuchaytirilgan va susaytirilgan takrori, misra takrori, band takrori) ko'rinishlari faol qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar takrori alliteratsiya deb yuritiladi. Alliterasiyaning vokal alliteratsiya (unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari mavjud. So'z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta’kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va shular asosida she’ming ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, X.Davron bir she’rida yozadi: Oppoq edi boshda bu dunyo, Ko'cha oppoq, kechalar oppoq. Qanday yaxshi ekan bolalik, Oppoq ranglar bilan yashamoq... Bir bandning o'zida «oppoq» so'zi to'rt marta takrorlanmoqda. Bolalik sog'inchi ifodalangan she’rda «oppoq» so'zining ta’kidlab takrorlanishi bejiz emas - lirik qahramonning sog'inchi aslida o'sha oqlik, musafifolik, beg'uborlik sog'inchidir. Bu o'rinda «oppoq» so'zining ta ’kidli takrori lirik qahram on kechinm asining ifodalanishiga va ayni paytda, o'sha sog'inchning o'quvchiga yuqtirilishida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Anafora (misralar boshida bitta so'zning takrorlanishi) bilan epifora (misralar oxirida bitta