toshlar», «tiz cho‘kkan») urg‘uli pozitsiyaga o ‘tkaziladi, ikkinchidan, «dengiz» va «tiz» so‘zlari qofiyalanadi. Sintaktik sathdagi ogMshlaming yana biri ellipsis boMib, unda gap boMaklaridan biri (ko'proq bosh boMaklar) atayin tushirib qoldiriladi. Masalan: Bulbullarmi?! Yetar! Gullarmi?! BoMdi! So‘z navbati - yurakka... (X. Davron) Keltirilgan parchada kesim tushirib qoldirilgan va buning natijasida «yurakka» so ‘zi mantiqiy urg‘u oladi, sh e’rning dastlabki misralaridagi ohangning saqlanishiga erishiladi. Shunga o ‘xshash, she’riy misralaming atayin tugatilmay qo‘yilishi yana bir sintaktik figura - jim qolishni yuzaga chiqaradi:
Men sendan ketmoq istayman Yomg‘irdek emas, - Yomg‘ir yana qaytib keladi. Men sendan ketmoq istayman Shamoldek emas, - Shamol yana qaytib yeladi. Men sendan ketmoq istayman Muhabbat kabi... (X. Davron) She’ming dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyingi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so‘nggi ikki satrda shoir bu yo‘ldan bormaydi - jim qoladi, izohni she’rxonning o‘zi o'zicha shakllantirishi zarur bo‘ladi. She’r misralarida bir xil yoki bir-biriga juda yaqin sintaktik konstruksiyalarning takrorlanib qo‘llanishi - sintaktik parallelizm ham she’ming ohangdorligini, ta’sirchanligini oshiruvchi figuralardan sanaladi: Yo‘lin yo‘qotsa odam - muhabbatga suyangay, G ‘ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay, Chorasiz qolsa odam - muhabbatga suyangay... (A. Ochilov) Sintaktik parallelizmning boshqa bir turi xiazm deb atalib