so'zning takrorlanishi) ham mohiyatan so'z takrorining xususiy ko'rinishlaridir. Shunga monand, mumtoz she’riyatimizdagi radif va hojib ham so'z takrorining bir turi bo'lib, ular qat’iy belgilangan o'rinda - qofiyadan keyin va qofiyadan oldin takrorlanishi bilan farqlanadi. She’riy misralarda aynan bir so'zning emas, balki ma’noni kuchaytirib takrorlashga asoslangan usul gradatsiya deb yuritiladi. Masalan, Iqbolning she’ridan olingan tubandagi parchada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim, dilsizlar dillarimizni, toshbo‘ron qilsalar, vayron qilsalar, tikonlar qoplasa yo‘llarimizni... E’tibor bering: toshbo‘ron vayronalikka olib keladi, vayrona esa tikonzorga aylanishi bilan xarakterlanadi - ma’noning kuchaytirilgan takrori bu o‘rinda lirik qahramon kechinmalaridagi dinamikani berish bilan birga o ‘quvchida ham tuyg‘uni kuchaytirib, kechinmani chuqurlashtirib boradi. Tabiiyki, biz she’riy nutqning tuzilishiga xos barcha xususiyatlar, barcha usul va vositalarga mufassal to‘xtalish imkoniga ega emasmiz. Demak, berilgan yo‘nalish asosida bu haqdagi tasavvur va bilimlaringizni boyitish sizning zimmangizga tushadi. Buning uchun sizdan she’mi mutaxassis sifatida o‘qish, ya’ni yuragingizni «jiz» etkizgan she’rga mutaxassis sifatida qarash, o‘sha she’r nimasi bilan ko‘nglingizga o‘tirishganiyu shoir qaysi usul va vositalar bilan dilingizga yo‘l topa bilganini anglashga intilishingiz talab qilinadi. Tayanch so‘z va iboralar: Ritm ritmik bo'lak bo'g'in, turoq, misra, band ritmik vosita