Hijodan keyingi ritmik bo‘lak - juzvni alohida ajratish o‘zbek
aruzi uchun unchalik zarur bo‘lmasa-da, ularga ham qisman to‘xtalib
o‘tamiz. Yuqorida aytilganidek, uchta juzvning birinchisi sabab deb
nomlanadi. Sabab o'z ichida ikkiga bo'linadi:
1)
sababi hafif bir harakatli va bir sokin harfning qo'shilishidan
yuzaga keladi, ya’ni bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi: ko'z, so'z, yuz (-);
2)
sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo'shilishidan hosil bo'ladi,
ya’ni ikki qisqa hijoga teng bo'ladi: o'zi, ko'zi, so'zi (v v);
Dostları ilə paylaş: