Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


sanala oladimi? Yo'q, chunki, she’riy yo'l bilan yozilgan epik va



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

sanala oladimi? Yo'q, chunki, she’riy yo'l bilan yozilgan epik va
dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo'l bilan yozilgan lirik asarlar
ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlaming
hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi
kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan
qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsi plari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan
tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili
hozircha eng maqbuli ko'rinadi. Ya’ni biz badiiy asarlarni turlarga
ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik
asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar)
tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda
badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo'shimcha asos sifatida
qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni
to'ldiradi: lirikada subyektning noplastik obrazi, buning ziddi o'laroq
dramada obyektning plastik obrazi, eposda esa obyekt va subyektning
qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «subyektning noplastik
obrazi» yaratiladi, deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi


obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asami o‘qiganimizda, lirik qahramon
holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga
kelganligini, uning his-kechinmalariga turtki boMgan voqelik
fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq
lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni
obyektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz.
Dramada biz obyektning plastik obrazini ko'ramiz - qahramonlar

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin