real xatti-harakatda bo'ladilar, ulami jonli inson sifatida ko'rsatiladi. Ayni paytda, dramada subyekt obrazi yo'q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so'z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o'y-qarashlarini va h.k. har vaqt sezib turamiz, biroq muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko'z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning obyektivlashtirilgan tasviri yo'q). Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsi pini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko'proq xos bo'lgan (ya’ni belgilovchi bo'lmagan) xususiyatlar haqida ham to'xtalish mumkin. F.pik. lirik va dramatik asarlar o'zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Lirik asarlar, ma’lumki, asosan tizma (she’riy) nutq shaklida mavjud. Ayni paytda, sochma(nasriy) nutq shaklida yozilgan lirik asarlar borligini ham unutmaslik kerak. Masalan, Cho'lpon, Fitrat, Mirtemir, I.G'afurov singari ijodkorlaming nasriy she’rlari (ular «mansuralar», «sochma» atamalari bilan ham yuritiladi) adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. Shuningdek, adabiyotimizda nasriy yo'lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud bo'lib, ularga Cho'lponning «Oktyabr qizi», A.A’zamning «O'zim bilan o'zim» singari asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Epik asarlar asosan sochma nutq shaklida yaratiladi. Shu bilan birga,