tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi, H.Sharipovning «Bir savol», Muhammad Alining «Boqiy dunyo» she’riy romanlari she’riy yo'lda bitilgan epik asarlardir. Turli adabiy turga mansub asarlar o‘zaro badiiy vaqt hissi nuqtai nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar «hozir ko‘ngildan kechayotgan» his-tuyg‘ulami tasvirlashi bilan xarakterlanadi. Deylik, A.Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azali yozilganiga 500 yildan ziyod vaqt bo'ldi. Shunga qaramay, uni o‘qigan she’rxonda lirik qahramon kechinmalari ayni hozir ko‘nglidan kechayotgandek tuyuladi, g‘azalni qachon o‘qishidan qat’i nazar, o ‘quvchi lirik qahramon kechinmalarini u bilan birga «hozir» ko‘nglidan kechiradi. Demak, shoir bilan u tasvirlayotgan kechinma, she’rxon bilan u tanishayotgan va o'ziga yuqtirayotgan kechinma orasida har vaqt «men — hozir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo‘ladi. Buning ziddi o'laroq, epik asarda «o‘tmishda boMib o‘tgan» voqealar qalamga olinadi, zero, zamonda kechib bo'lgan voqealamigina hikoya qilib berish mumkin bo'ladi. Hatto olis kelajak qalamga olingan fantastik asarlarda ham muallif bo'lib o'tgan voqealami hikoya qiladi, o'quvchi go'yo bo'lib o'tib bo'lgan voqealar bilan tanishadi. Demak, epik asarda yozuvchi bilan u tasvirlayotgan badiiy voqelik, o'quvchi bilan u tasawurida qayta tiklayotgan badiiy voqelik o'rtasida hamisha «men - o'tmish» tarzidagi vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi nuqtai nazaridan dramatik turga mansub asarlar o'ziga xos xususiyatga ega. Dramatik asarda tasvirlanayotgan voqea go'yo «hozir sodir bo'layotgan voqea» kabi taassurot qoldiradi. Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo'lgan «Shoh Edip»ni o'qiganimizda, uning voqealari tasawurimizdagi «sahna»da hozir