Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


nomi «maqsur» (mafoiyl), taqti’si: v -



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

nomi «maqsur» (mafoiyl), taqti’si: v -
8. Hazf zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining
nomi «mahzuf» (faulun), taqti’si: v - -
9. Jabb zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining
nomi «ajabb» (faal), taqti’si: v -
10.
Xatm zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining
nomi «axtam» (faul), taqti’si: v
11
. Batr zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining
nomi «abtar» (fa’), taqti’si: -
12.
Zalal zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining
nomi «azall» (fo’), taqti’si: ~
Ko'ramizki, birgina hazaj bahrining o'zida o'nlab tarmoqlar yuzaga
kelishi mumkin. Zihofga uchragan ruknlaming mavjudligi she’r
ohangining o'ziga xos bo'lishiga, ya’ni aruzning ritmik jihatdan rang-
barang bo'lishiga xizmat qiladi.
Aruzda yozilgan she’r vaznini aniqlash uchun bayt asos qilib
olinadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn nomi — sadr,
oxirgisi — aruz, ikkinchi misrasidagi birinchi rukn — ibtido, oxirgisi
— zarb deb nomlanadi. Sadr bilan aruz, ibtido bilan zarb orasidagi
ruknlar hashv deb yuritiladi. Shunga ko'ra amzda murabba’,
musaddas va musamman vaznlari ajratiladi. Agar baytda to'rtta rukn
bo'lsa — murabba’, oltita rukn bo'lsa, — musaddas, sakkizta rukn


bo‘lsa, musamman vazni yuzaga keladi. Buni taqti’ bilan quyidagicha
ko'rsatish mumkin:
mafoiylun / mafoiylun
mafoiylun / mafoiylun — murabba’ vazni;
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musaddas vazni;
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musamman

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin