munosabatini bildiradi, baski, asarida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy g'oyalami oldinga suradi, asari bilan o‘z zamonasiga muayyan ta’sir o'tkazish maqsadini ko'zlaydi. Biroq aktual mazmun uni aktual etgan ijtimoiy-tarixiy asoslaming yo'qolishi barobari yo'qolib boradi — asarning boshqa qatlamlari aktuallashadi. Shu bois ham konkret badiiy asar turli davr o'quvchilari tomonidan turlicha tushunilishi mumkin bo'ladi. Masalan, A.Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida o'z davrining ijtimoiy muammolari (millat fojialarining ildizi, milliy ozodlik masalalari)ga munosabat bildirib, davri uchun benihoya muhim g'oyalami singdirishga intilgan edi. Keyinroq, deylik, 60-yillarda asar mazmunining bu qirrasi tushib qoladi-da, uning boshqa qatlami (ota- ona orzusi, sevgi va vafo) aktuallashdi, 80-yillar oxirida esa ijtimoiy- tarixiy sharoitning asar yaratilgan davrdagiga mohiyatan yaqinligi yana o'z davridagi aktual mazmunning aktuallashuviga olib keldi.
Tub estetik qatlam esa asar yaratilgan davrgagina qaratilgan emas — u davr kontekstidan alohida ham tushunilaveradi. Buning omili, ilgari aytilganidek, badiiy ijod onlarida san’atkor o‘z davridagina emas, katta VAQT qo‘ynida yashashi bilan izohlanadi. Shu bois ham unda mangu muammolar, mangu qadriyatlar o ‘z aksini, ifodasini topadi. Asarning umrboqiyligini ta’minlovchi jihat ham aslida shudir. Hali zamonlar o ‘tar, lekin Qodiriy romani kelgusi avlodlami ham hayratga solaveradi, zero, unda mangu muammolar («otalar va bolalar» muammosi, «ma’rifat va jaholat», «ezgulik va yovuzlik» va b.) o‘lmas umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan badiiy tadqiq qilingan va baholangan. Odatda, aktual qatlam yuzada boMadi, shu bois ham